5-mavzu: Traktor dvigateli
Reja:
1. Dvigatelning vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni;
2. Dvigatelning asosiy mexanizm va tizimlari;
3. Dvigatellarning tasniflanishi.
Tayanch iboralar: dvigatel, ichki yonuv dvigateli, krivoship-shatun mexanizmi, gaz taqsimlash mexanizmi, dvigatel tizimlari, ish jarayoni, dvigatel turlari.
5.1.Dvigatelning vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni
Dvigatel – bu issiqlik, elektr, gidravlik kabi energiyalarni mexanik ishga aylantirib beradigan mashinaga aytiladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chikarishida asosan zamonaviy traktorlardan foydalaniladi, ularda issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradigan ichki yonuv dvigatellari qo‘llaniladi.
Ichki yonuv dvigateli quyidagicha tuzilgan. U asosiy blok karterdan 1(1.5-rasm) tashkil topgan bo‘lib, uning ichiga ssilindr gilьzasi 2 o‘rnatiladi.ssilindrning yuqori qismi maxsus murakkab holatda tuzilgan qopqoq7 bilan mustahkam berkitilgan.
|
1.5 -rasm. Ichki yonuv dvigatelini tuzilishi: 1-blok karter; 2-silindr;
3-porshen; 4-shatun;5-tirsakli val; 6-ostki qopqoq; 7-ustki qopqoq; 8-kiritish yo‘lagi; 9- chiqarish yo‘lagi; 10-klapanlar;11-purkagich; 12-porshen sirg‘alari; 13-maxovik.
|
Unda yoqilg‘i aralashmasini kiritish 8 va yongan gazni tashqariga chiqarish 9 yo‘laklari yasalgan bo‘lib, bu yo‘laklarning teshiklari germetik usulda ochib yopadigan berkitgichlar (klapanlar) 10 hamda benzin yoki gaz aralashmasini yoqadigan uchqun chiqargich yoki dizel yoqilg‘ini purkaydigan purkagich 11 bilan jihozlangan.
Silindr 2 ichiga porshen 3 kiritilgan bo‘lib, ussilindr ichida ilgarilanma-qaytma xarakat (porshen yo‘li S)qiladi. Ularning orasidagi tirqishlardan siqilgan havoning o‘tib ketmasligini ta’minlash maqsadida porshenga ketma-ket bir necha sirg‘alar 12 o‘rnatilgan.
Porshen ostki tomonidan shatunga 4, u esa o‘z navbatida tirsakli valga 5 biriktirilgan. Tirsakli valning bir tekis aylanishini ta’minlash uchun unga maxovik 13 o‘rnatilgan.Blok karterning ostki qismi moylash suyuqliklari quyiladigan ostki qopqoq 6 bilan germetik berkitilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |