5-mavzu. Tuproq hosil bo’lishida iqlim va gidrologik omillarning o’rni


Download 38.33 Kb.

Sana08.07.2018
Hajmi38.33 Kb.

5-mavzu. 

Tuproq hosil bo’lishida iqlim va gidrologik omillarning o’rni 

 

5.Ma’ruza mashg’ulotining texnologiyasi 

Vaqti – 2 soat 

Talabalar soni: 20-60  nafar 

O’quv mashg’ulotining shakli  Axborot,  Venn  diagramma,  B.B.B.  texnikasidan 

foydalangan holda 



Ma’ruza 

mashg’ulotining 

rejasi 

1.  Tuproq  hosil  bo’lishida  iqlimning  o’rni 

to’g’risida ma’lumot. 

2. Tuproq hosil bo’lishida gidrologik omillarning 

o’rni. 

O’quv  mashg’ulotining  maqsadi:  Tuproq  hosil bo’lishi va uni buzilishida iqlim 

elementlari va suvning ta’sirini bilish 

Pedagogik vazifalar: 

Tuproq hosil bo’lishida iqlimning 



o’rni

 to’g’risida ma’lumot beradi; 

Tuproq hosil bo’lishida gidrologik 



omillarning o’rniga

 beriladi; 

O’quv faoliyatining natijalari: 

Talaba: 


-  Eol  jarayonlari  to’g’risida  ma’lumotlar 

manbaiga ega bo’ladi; 

- Muzliklar bilan bog'liq holda shakllanuvchi 

tabiiy geografik jarayonlarga tavsifi beradi; 



O’qitish uslubi va texnikasi 

Ma’ruza,  aqliy  hujum,  muhokama,    blits-

so’rov,  B.B.B. jadvali. 

O’qitish shakli  

Alohida,  jamoa  bo’lib  ishlash,  juftlikda 

ishlash. 

O’qitish vositalari 

Konspekt,  slaydlar,  o’quv  materiallari, 

proektor, xarita. 

O’qitish sharoitlari 

Namunadagi auditoriya. 



 

5. Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi 

 

Bosqichlar, 

vaqti 

Faoliyat mazmuni 

O’qituvchi 

Talaba 

1-bosqich. 

Kirish 

(5 min) 

1.1.  Mavzu  uning  maqsadi,  o’quv 

mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar  va 

uni o’tkazish rejasini ma’lum qiladi.  

1.1. Eshitadilar, yozadilar. 

2-bosqich. 

Bilimlarni 

Faollashtiris



(15 min) 

2.1.  Ekranga  B.B.B.  jadvalini  chiqaradi 

va unga izoh beradi  

Topshiriq  beradi:  hamma  jadvalni  chizib 

olsin  va  ma’ruza  rejasi  bo’yicha  2-

ustunni  to’ldirsin.  Talabalarni  juftlikka 

ajralishlari  so’raladi,  savollar  bo’yicha 

alohida 


fikr 

yuritish 

va 

juftlikda 



muhokama qilish va javob berish tavsiya 

etiladi.  

1) 

Tabiiy  o’sish  deganda  nimani 



tushunasiz va u qanday aniqlanadi? 

2)  Sizning  fikringizcha  ushbu  mavzu 

bo’yicha  nimani  bilish  kerak?  Blits-

so’rov o’tkazadi. B.B.B. jadvalining 3-va 

4-ustunlarini to’ldirish bo’yicha topshiriq 

beradi 


2.1. Jadvalni chizadi va 2-

ustunni 


to’ldiradi. 

Juftlikka 

ajraladilar, 

savollarni 

muhokama 

qiladilar 

va 

javob 


beradilar.  

B.B.B. jadvalining 3 va 4-

ustunlarini to’ldiradilar. 

 

3-bosqich 

Asosiy 

(55 min) 

3.1. Konspekt rejasini tarqatadi (3-ilova). 

Ma’ruza  o’qiydi,  vizual  materiallardan 

foydalanadi. 

Tushuntirish 

jarayonida 

mavzuga  oid  ma’lumotlarni  o’rtaga 

tashlab,    e’tiborni  jalb  etuvchi  va 

muammoli  savollardan  foydalanadi  (2-

ilova).  3.2.  Topshiriq  beradi  Blits  so’rov 

o’tkazadi. (3-ilova). 

3.1. Eshitadilar, 

muhokamada ishtirok 

etadilar. 

3.2. Topshiriqlarni yozib 

oladi 


4-bosqich 

Yakuniy 

(5 min) 

4.1.  Ma’ruzaga  yakun  yasaydi,  o’quv 

faoliyati 

natijalarini 

umulashtiradi, 

olingan 


bilimlarning 

kelajak 


uchun 

ahamiyatini aytib o’tadi.   

4.1. 

Eshitadilar 



va 

topshiriqni yozib oladilar 



4.2.  Mustaqil  ishlash  uchun  topshiriq 

beradi:  



 

1-ilova 

Ma’ruza matni 

Iqlim – ob-havoning statistik ko’p yillik rejimi bo’lib, u yoki bu joyning asosiy 

geografik  tavsiflaridan  biri  –  atmosfera  holatining  va  tuproqqa  ta’sir  etadigan 

atmosfera jarayonlarining asosiy miqdor ko’rsatgichidir. 

Geologik  vaqt  nuqtai  nazaridan  iqlim-  o’zgaruvchan  hadisa  hisoblanadi. 

Iqlimning o’zgarishi bilan organik dunyoning rivojlanish tarixi,demak,Er sharidagi 

tuproq  qoplamining  rivojlanish  tarixi  bilan  chambarchas  bog’liqdir.  Iqlim  Yer 

sharining  yuzidagi  tuproq  tiplariningqonuniy  joylashishida  juda  muhim  rolь 

o’ynaydi.  U  tuproq  paydo  bo’lish  jarayonlarining  dinamikasidagi  ma’lum 

tsiklining  o’rnatilishida,  ularning  o’ziga  xos  xususiyati  va  yo’nalishida  katta 

axamiyatga ega. Tuproq paydo bo’lish  

Tuproq  paydo  bo’lishiga  ta’sir  etuvchi  shart-sharoitlardan  biri  –  iqlim 

hisoblanadi. Tuproq hosil qiluvchi asosiy omil bo’lgan iqlim, o’simliklarning o’sib 

rivojlanishida  katta  rolь  o’ynaydi.  O’simliklar  qoplamining  zonal  tarqalishi  va 

tuproqdagi  biologik  jarayonlar  energiyasi  iqlimga  bog’liq.  Iqlim  elementlaridan 

hisoblangan temperatura va atmosfera yog’inlari tuproq paydo bo’lishida bevosita 

ishtirok  etib,  tuproqning  issiqlik  va  suv  rejimlarini  belgilaydi.  Ammo  muayyan 

maydonlardagi iqlim bilan bog’liq bo’lgan suv, issiqlik rejimi o’simliklar qoplami 

ta’sirida  keskin  o’zgaradi.  Natijada  tuproqning  o’ziga  xos  gidrotermik  rejimi 

yuzaga keladiki, unga tuproq iqlimi deyiladi.                                   

Tuproq  iqlimi  tuproqda  kechadigan  biokimyoviy  jarayonlarning  tezligiga 

hamda  nurash  va  ishqorsizlanish  jadalligi  singari  jarayon  va  xodisalarga  bevosita 

ta’sir  etadi.  Bu  o’zgarishlar  o’simlik  tiplari,  tuproqning  mexanik  tarkibi,    ona 

jinslar xarakteriga ko’ra turlichadir. 

Iqlim  sharoitlari  qishloq  xo’jaligi,  jumladan  dehqonchilikda  juda  katta  rolь 

o’ynaydi.  SHuning  uchun  ham  iqlim,  respublikamizning  tabiiy  resurslaridan 

biridir.  Qishloq  xo’jaligini  olib  borish  sistemasi,  bir  yilda  bir  necha  marta  hosil 

olish imkoniyatlari, ekinlarning tanlab ekilishi singarilar iqlim sharoitlariga ko’ra 

belgilanadi.  


Termik va tuproqning namlanish sharoitlariga qarab, iqlim gruppalari ajratiladi. 

Bunda  geografik  kengliklar  bo’yicha  xaroratning  bir  xilda  bo’lmasligi  e’tiborga 

olinadi.  Termik  gruppalardagi  asosiy  ko’rsatkich  vegitatsiya  davridagi  100Sdan 

yuqori bo’lgan o’rtacha sutkalik harorat hisoblanadi. Ana  shu ko’rsatkichga ko’ra 

iqlimning quyidagi asosiy gruppalari ajratiladi. 

 

Iqlim gruppalari 



O’rtach

a  yillik 

tem, 0S 

100Sdan 

yuqori 

bo’lgan 

xarorat 

yig’indisi 

Radiatsiya 

balansi 

kDj 

(sm2  yil) 

Sovuq (qutb) iqlimi  

-23 -15 

6000 dan kam  - - - 

21-42 

Mo’’tadil sovuq (boreal) 



-4 +4 

6000 – 20000 - - -  

42-84 

Mo’’tadil iliq (subboreal)  +10 



20000 – 3800 - - -  

84-210 


Iliq (subtropik) 

+15 


3800 – 80000 - - -  

210-252 


Issiq (tropik) iqlim 

+32 


80000 dan ko’p 

252-336 


  

Iqlimning termik gruppalari yer sharida mintaqalar tarzida tarqalgani uchun, 

ularni bioiqlim yoki tuproq biotermik mintaqalari deb ataladi.  

Iqlimning  termik  gruppalari  bilan  tuproqning  issiqlik  rejimi,  kimyoviy  va 

biokimyoviy  jarayonlar  tezligi  xamda  namlikka  ko’ra  o’simliklarning  biologik 

mahsuldorligining turlicha bo’lishiga bog’liq.  

Yog’inlar  bilan  namlanish  sharoitlariga  ko’ra  iqlimning  quyidagi  6  asosiy 

gruppalari ajratiladi: 

 

Iqlim gruppalari 

O’rtacha 

yillik 

yog’in miqdori, mm 

G.N.Visotskiy  –  N.I.Ivanov 

bo’yicha 

namlik 

koeffitsienti. 

Juda nam (ekstragumid) 

3000-5000 

1,33 dan ko’p 

Nam (gumid) 

1500-2000 

1,33-1 

Yarim nam (semigumid)  500-800 



1-0,55 

Yarim quruq (semiarid) 

200-400 


0,55-0,33 

Quruq (arid) 

50-150 

0,33-0,12 



Juda quruq (ekstraarid) 

10-20 


0,12 kam  

 

Iliq mintaqalarda sovuq mintaqalarga nisbatan yog’inlar ko’p bo’lib, ammo 



bu  qonuniyat  atmosfera  tsirkuliyatsiyasi,  quruqlik  va  okeanlarning  tarqalish 

nisbati,  joyning  relьefi,  dengiz  sathiga  nisbatan    balandligi,  dengiz  oqimi 

singarilarga qarab o’zgarishi mumkin. 

Gidrotermik  rejimga  qarab  iqlimning  eng  ko’p  o’zgarish  farqi  o’simlik 

qoplamiga,  biologik  va  tuproq  jarayonlarining  xususiyatlariga  va  nihoyat  qishloq 

xo’jaligining geografik tiplariga bog’liq. 



 

2-ilova 

Muhokama uchun e’tiborni jamlovchi va muammoli savollar 

 

1. Tuproq hosil bo’lishida iqlim element ( harorat, quyosh radiatsiyasi, atmosfera 

yog’in)larining ro’lini tahlil qiling.  

2. O’rta Osiyo va O’zbekistonning iqlim va tuproq xaritalarining tahliliy qiyoslab 

daftaringizga yozing. 

3.  Termik,  yog’inlar  va  tuproqning  namlanish  ko’rsatkichiga  ko’ra  iqlim  gruppalarini 



tahlil qiling. 

 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling