5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash
II-bo‘lim. Berilgan hududni vertikal rejalashtirish
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu. Tuproq ishlarining hajmini hisoblash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vertikal rejalashtirish
II-bo‘lim. Berilgan hududni vertikal rejalashtirish
5.5. Vertikal rejalashtirish sxemasi Shaharsozlik maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan hududning tabiiy relefi ko‘p hollarda loyihalash, qurish va obodonlashtirishning talablarini yetarli darajada qoniqtirmaydi. Tabiiy relefni ma’lum bir talablarga moslashtirish vertikal rejalashtirish yordamida amalga oshiriladi. Vertikal rejalashtirish – bu joyning mavjud bo‘lgan relefini sun’iy tarzda o‘zgartirishdir. Vertikal rejalashtirish shahar hududlarini injenerlik jihatdan tayyorlash va obodonlashtirish bo‘yicha muhim bo‘lgan tadbirlardan biri deb hisoblanadi va uni albatta amalga oshirish zarurdir. Shunday qilib, vertikal rejalashtirishning asosiy maqsadi qurilish va injenerlik obodonlashtirish talablarini qoniqtiradigan shahar hududlarini yaratishdan iboratdir. Shahar hududlarini vertikal rejalashtirish binolar va inshootlarni joylashtirish, ko‘chalar va o‘tish joylarini o‘tkazish hamda yer osti muhandislik tarmoqlarini o‘tkazish uchun yaxshi sharoitlarni yaratish demakdir. Vertikal rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Shahar hududlaridan yer usti suvlari ya’ni yomg‘ir, qor va muz erishidan hosil bo‘ladigan suvlar oqizilishini tashkil etish. 2. Hamma turdagi transport vositalari hamda piyodalarning xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun ko‘chalar, maydonlar va chorrahalarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan nishabligini ta’minlash. 3.Binolarni joylashtirish va yer osti muxandislik tarmoqlarini o‘tkazish uchun qulay sharoitlarni yaratish. 4. Noqulay fizik- geologik jarayonlar (hududlarni suv bosishi va ularning yer osti suvlari ta’sirida cho‘kishi, yer sirtida yoriqlar hosil bo‘lishi) ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hollarda relfni qulayligini tashkil etish. 5. Relefga mumkin qadar me’moriy ko‘rkam shakl berish. Loyihalanayotgan (rejalashtirilayotgan) hudud yuzasini shunday belgilash kerakki, natijada mavjud bo‘lgan relef, go‘zal va nozik o‘simliklar hamda ko‘kalamzorlar, hosildor tuproq qatlamini maksimal saqlab qolishga erishilsin. Shuning uchun vertikal rejalashtirish shahar ko‘chalari, yo‘llari o‘tgan va maydonlar joylashgan hududlarda, shuningdek, binolar va inshootlar qurilishi uchun mo‘ljallangan uchastkalarda olib boriladi. Hududning rejaviy belgilanishi ya’ni hududni rejaviy rejalashtirish belgilarini o‘rnatish yer ishlarining minimal hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi, bunda nolli balans, boshqacha qilib aytganda, qurilish vaqtida tuproq olinadigan va tuproq to‘ldiriladigan qismlarning tenglashishi hisobga olinadi. Shaharning eng baland qismi va uning elementlari yechimining birinchi bosqichi bu vertikal rejalashtirish sxemasini tuzish demakdir. Vertikal rejalashtirish sxemasi shahar yoki turar-joy tumani bosh rejasiga kiritilgan geodezik o‘lchash (топосёмка) ishlari asosida ishlab chiqiladi. Vertikal rejalashtirishning bu bosqichida kichik tumanlar va shahar boshqa elementlarining umumiy balandlik bo‘yicha joylashishining asosiy, eng maqsadga muvofiq yechimlari, tashqi suvlarni (atmosferadagi qor–yomg‘ir suvlari) oqizilishini tashkil etish va shahar ko‘chalari hamda yo‘llarini o‘tkazishda aniqlanadi. Vertikal rejalashtirishning sxemasini tuzish vaqtida ko‘chalar o‘qlarining chorrahadagi kesishish nuqtalarida va relefning ko‘chalar trassasi bo‘yicha keskin o‘zgargan joylarida loyihaviy (qizil) belgilar va ko‘chalar orasidagi loyihaviy bo‘ylama nishabliklar aniqlanadi (7- rasm). Ikki nuqta orasidagi bo‘ylama nishablik (i bo’ylama ) deb mazkur nuqtalar belgilari farqining ( h) ular orasidagi gorizontal masofa ( )ga nisbatiga aytiladi: 𝑖 bo'ylama = 𝛥ℎ ℓ (5.11) Nishablarning qiymatlari kasr sonlar yoki foizlarda aniqlanadi (0,004; 0,02; yoki 0,4 %; 0,2 %). Bir qator hollarda bo‘ylama nishablar promillarda aniqlanadi (4 ‰; 20 ‰). Vertikal rejalashtirish sxemasini ishlab chiqishda dastavval mavjud bo‘lgan relefning sath belgilari (qora belgilar) zarur bo‘lgan nuqtalarda topografik xaritadan aniqlanadi. Bu nuqtalar orasidagi masofalar reja bo‘yicha masshtabga muvofiq holda qabul qilinadi. So‘ngra ko‘chalar bo‘ylama nishabining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan minimal va maksimal nishablarga mos kelish yoki kelmasligi ShNQ 2.07.01-03* [9] (2- jadval) bo‘yicha tekshiriladi va loyihaviy bo‘ylama nishab aniqlanadi. Ko‘chalar va yo‘llarning chetki ariq (lotok)lar bo‘yicha eng kichik bo‘ylama nishabi asfaltbeton va sementbeton qoplamalar uchun normal suv oqizilishini tashkil etishdan kelib chiqqan holda 0,005 m dan kam bo‘lmagan qiymatlarda qabul qilinadi. Hududlarning nishabligi mavjud bo‘lgan sharoitlarga har doim ham mos kelavermaydi (ya’ni yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan maksimal yoki minimal nishablarga). Bunday vaziyatlarda ko‘chalarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan bo‘ylama nishablari ba’zi bir uchastkalardan tuproqni kovlab olish va boshqa uchastkalarga tuproqni to‘kish orqali hosil qilinadi. Olingan loyihaviy sath belgisi va mavjud bo‘lgan relefning sath belgisi orasidagi farq yordamida ishchi sath belgisi aniqlanadi, boshqacha qilib aytganda, tuproq chuqur joylarga to‘kiladi yoki baland joylardan kovlab olinadi, bu jarayonlarni mos ravishda “+” yoki “–” ishoralar bilan belgilash qabul qilingan. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling