5-Mavzu: Turli jinsli sistemalarni ajratish. Reja


Download 23.21 Kb.
bet2/2
Sana05.04.2023
Hajmi23.21 Kb.
#1277071
1   2
Bog'liq
5-Mavzu

Filtrlash - suyuq va gazsimon aralashmalarni g‘ovaksimon to‘siq filtr yordamida ajratishdan iborat. Filtrlash bosim yoki markazdan qochma kuch ta’sirida olib boriladi va asosan suspenziya xamda changlarni to‘la tozalash uchun ishlatiladi.
Sentrifugalash - suspenziya va emulpsiyalarni markazdan qochma kuchlar ta’sirida yaxlit yoki g‘ovaksimon to‘siqlar yordamida ajratish jarayonidir.
Suyuqlik yordamida ajratish usuli deb gaz tarkibida bo‘lgan qattiq zarrachalarni biror suyuqlik ishtirokida ushlab qolish jarayoniga aytiladi. Bu jarayon og‘irlik yoki inersiya kuchlari ta’sirida olib boriladi va gazlarni tozalash uchun ishlatiladi.
Turli jinsli sistemalarni ajratishning yuqorida bayon etilgan usullari sanoatda cho‘ktirish, filtrlash qurilmalari, siklonlar, elektrofiltrlar, syentrifugalar, skrubberlar va shu kabi qurilmalarda olib boriladi
Cho‘kish tezligini aniqlash uchun aloxida olingan sharsimon qattiq zarrachalarning suyuqlik muxitda erkin cho‘kishini tekshiramiz: cho‘ktirish jarayonlari tindiruvchi qurilmalarda olib boriladi. Bu jarayonda cho‘kish tezligini xisoblash muximdir.
Zarracha dastlab tez cho‘ka boshlaydi, so‘ngra og‘irlik kuchi qarshilik kuchiga teng bo‘lgandan so‘ng o‘zgarmas tezlik bilan bir xilda cho‘kadi. Shu o‘zgarmas tezlik cho‘kish tezligi deyiladi. Kamida ikkita har xil fazalardan (suyuqpik - qatgiq jism, suyukdik - gaz va h.) tarkib topgan aralashmalar turli jinsli sistemalar deb nomlanadi. Zarrachalari o‘ta mayin yanchilgan holatdagi faza dispers yoki ichki faza deb ataladi. Dispers faza zarrachalarini o‘rab olgan muhit esa - dispersion yoki tashqi faza deb ataladi. Fazalarning fizik holatiga qarab turli jinsli sistemalar kuyidagi guruhlarga bo‘linadi: suspenziya, emulsiya, ko‘pik, chang, tutun va tumanlar
Suyuqlik va qattiq zarrachalardan tashkil topgan turli jinsli sistema suspenziya deb ataladi. Qattiq zarrachalar o‘lchamiga qarab suspenziyalar shartli ravishda kuyidagi turlarga.bo‘linadi: dag‘al (>100 mkm); mayin (0,5...100 mkm); loyqa (0,1...0,5 mkm) suspenziyalar va kolloid eritmalar Biri ikkinchisida erimaydigan, dispers va dispersion fazalardan tashkil topgan aralashma sistemasi emulsiya deb nomlanadi. Suyuqlik va unda taqsimlangan gaz pufakchalaridan tashkil topgan sistemalar ko‘piklar deb ataladi. Ko‘piklar o‘z xossalari bo‘yicha emulsiyalarga yaqin. Gaz va unda taqsimlangan 0,3...5 mkm o‘lchamli qatgiq zarrachalardan .tashkil topgan sistemalar tutunlar deb nomlanadi. Tutunlar bug‘ (yoki gaz) larning suyuq yoki qatgiq holatga kondensatsiyalanish jarayoni orqali o‘tishda hosil bo‘ladi. Undan gashqari, qatgiq yoqipg‘ilar yonishi natijasida ham paydo bo‘ladi. Gaz va unda taqsimlangan 3...70 mkm o‘lchamli qatgiq zarrachalardan tash ­ kil topgan sistemalar chang lar deb ataladi. Ko‘pincha changlar qattiq materialni maydalash, aralashtirish va ma’lum masofaga uzatish paytida hosil bo‘ladi. Dispersion gaz va o‘lchami 0,3...5 mkm bo‘lgan dispers suyukdik fazalardan tashkil topgan sisgemalarga tumanlar deyiladi. Tumanlar suv bug‘ini sovitish jarayonida, bug‘ning kondensatsiyalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Og‘irlik kuchi, inersiya (jumladan, markazdan qochma) yoki elektrostatik kuchlar yordamida turli jinsli sistemalar tarkibidagi qatgiq yoki suyukdik zarrachalarini ajratish jarayoni cho‘ktirish deb nomlanadi. Agar, jarayon faqat og‘irlik kuchi ta’sirida olib borilsa tindirish deb yuritiladi. Tindirish odatda turli jinsli sistemalarni dastlabki ajratish uchun ishlatiladi. Filtrlash - turli jinsli sistemalarni yaovaksimon to‘siq filtr yordamida ajratish jarayonidir. Bunda, g‘ovaksimon to‘siq suyuqlik yoki gazni o‘tkazib yuboradi, ammo muhitdagi qatgiq zarrachalarni ushlab qoladi. Suspenziya, emulsiya va changlarni ajratish uchun cho‘ktirish jarayoniga qaraganda filtrlash ancha samarali. Sekgrif ugalash suspenziya va emulsiyalarni markazdan qochma kuch ta’sirida ajratish jarayonidir. Bu jarayonda yaxlit yoki govaksimon to‘siqlar ham ishlatiladi. Sentrifugalash jarayonida cho‘kma va suyuq faza (fugat) hosil bo‘ladi.
Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling