5-mavzu. “Vertical Thinking” (Vertikal fikrlash) va “Lateral Thinking”
Download 63.2 Kb. Pdf ko'rish
|
1-seminar sirtqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Din falsafasi.
- Din antropologiyasi.
- «teologik yondashuv»
Din psixologiyasi. Bu ilm sohasi, zamonaviy
psixologiya bilan birgalikda shakllangan va uning bir tarmog‘i holiga aylangan. Din psixologiyasi, avvalo insonga oid bo’lgan diniy hayotning turli jihatlarini psixologik jihatdan o‘rganadi. Ya’ni din psixologiyasi dinning psixologik jihatini, shaxsning diniy tajribasini va bu tajribaning turli ko’rinishlarini bayon qilishga harakat qiladi. Din falsafasi. Din sotsiologiyasi, psixologiyasi kabi asosiy mavzusi “din” bo’lgan din falsafasi, “din”ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot asnosida aqliy va betaraf yo‘l tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir Yaratuvchi kuch ehtiqodiga falsafiy bir asos topishga harakat qiladi. Shu tufayli ham Din falsafasi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchilarning maqsadi dinning haq yoki botil ekanligi masalasi bilan mashg‘ul bo‘lish emas, diniy hukmlarning mantig‘i va mohiyatini ochib berishdir. Bu maqsad bilan ular, eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan bog‘liq dalillarning tanqid yoki tahlilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki asossiz ekanligi masalasini ko‘rib chiqadi. Din antropologiyasi. Dinlarning inson bilan aloqasining turli jabhalarini o‘rganuvchi soha. U din psixologiyasi va sotsiologiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Uning asosi qadimgi miflarga borib taqaladi. Dinning paydo bo‘lishi bevosita insoniyatning yaralishi bilan bog‘liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O‘zini tanitdi, natijada inson ilk dinga e’tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda «teologik yondashuv» deb nomlanadi. Bugun mavjud bo‘lgan har qanday din o‘zining tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bog‘lashini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Adam va Yeva, zardushtiylikda – Govmard, sintoiylikda – imperator Mikado va boshqalar. Mazkur ta’limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan . Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda Download 63.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling