5-mavzu: yarimo‘tkazgichlarni elektrofizik xususiyatlari. Qattiq jism zonalari teoriyasi elementlari
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Ma\'ruza (El&Sxema1 Sirtki ta\'lim uchun)
tashuvchilar deb ataladilar. Quyidagi ruxsat etilgan zona valent zona deb ataladi.
Absolyut nol temperaturada (0 K) yarim o‘tkazgichning valent zonasidagi barcha sathlar elektronlar bilan to‘lgan, o‘tkazuvchanlik zonasidagi sathlar esa elektronlardan xoli bo‘ladi. Absolyut noldan farqli temperaturalarda yarimo‘tkazgichda elektron – kovak juftliklarining generatsiya va rekombinatsiyasi hamda kiritmalar atomlarining ionlashuvi va neytrallashuvi sodir bo‘ladi. Bunda elektronlar W energiyali u yoki bu energetik sathlarni egallaydilar. Muvozanat holatda (T=const) o‘tkazuvchanlik elektronlari va kovaklarining o‘zgarmas konsentratsiyalari yuzaga keladi. 5.2-rasmda metall, yarimo‘tkazgich va dielektrikning T= 0 Kdagi zona diagrammalari keltirilgan. Metallarda o‘tkazuvchanlik zonasi valent zonasiga kirishib ketgan bo‘ladi. Dielektriklarda esa ta’qiqlangan zona kengligi bir necha elektron- voltni (elektron – volt, bu elektron 1 V potensiallar farqidan olgan energiyasi) tashkil etadi. Eng keng qo‘llaniladigan yarim o‘tkazgichlarning taqiqlangan zona kengligi 0,5(2,5 eV ni tashkil etadi. 5.2 - rasm. Metall, yarimo‘tkazgich va dielektrikning T= 0 Kdagi zona diagrammalari Energetik sathlarning egallanganlik holati kristallarning elektr o‘tkazuvchanligida namoyon bo‘ladi. Tashqi man’ba hisobiga kristallda elektr tokni yuzaga keltirish uchun elektr maydon hosil qilinadi. Bu maydon elektronlarni tezlatadi va ularni energiyasini oshiradi. Zona diagrammasi tilida bu jarayon elektronlarni qo‘zg‘atilishi deyiladi. Bunda elektronlar dastlabki egallab turgan energetik sathidan zonaning boshqa yuqoriroq sathiga ko‘chadi. Elektronlar bilan butkul to‘lgan zonadagi elektronlar o‘z energiyalarini o‘zgartira olmaydilar va shu sababli elektr toki hosil qilishda ishtirok eta olmaydilar. Demak, T=0 K da yarim o‘tkazgichning elektr o‘tkazuvchanligi nolga teng. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling