5-Nazorat ishi shakli: Masala


-Nazorat ishi shakli: Masala


Download 67.37 Kb.
bet2/6
Sana20.07.2023
Hajmi67.37 Kb.
#1661308
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-nazorat ishi

5-Nazorat ishi shakli: Masala

  1. Ketma-ket ulangan ikkita lampochkadan 0,2 A tok o‘tmoqda. Iste’molchilarning qarshiligi 5 Ω va 10 Ω bo‘lsa, har bir lampochkadagi kuchlanishni, zanjirdagi qarshilikni va to‘liq kuchlanishni toping.

  2. Qarshiliklari 40 Ω va 80 Ω bo‘lgan ikkita lampochka o‘zaro parallel ulangan. Zanjirning shu qismidagi to‘liq qarshiligi qancha bo‘ladi? Agar lampochkalardagi kuchlanish 8 V bo‘lsa, har bir lampochkadagi tok kuchini va zanjirdagi to‘liq tok kuchini toping.

  3. Ikkita elektr lampochka 220 V kuchlanishli tarmoqqa ketma-ket qilib ulangan bo‘lib, ulardan 0,2 A tok o‘tmoqda. Agar birinchi lampochkaning qarshiligi ikkinchisinikidan 4 marta katta bo‘lsa, har bir lampochkadagi kuchlanishni toping.

  4. Qarshiligi 5 va 20 Ω bo‘lgan ikkita o‘tkazgich parallel ulanib, 40 V kuchlanishli zanjirga qo‘shilgan. Har bir o‘tkazgich orqali o‘tadigan tok kuchini aniqlang.

  5. Qarshiliklari 20, 40 va 60 Ω bo‘lgan uchta iste’molchi parallel ulangan. Iste’molchilar ulangan zanjir qismining qarshiligini toping.

  6. Qarshiliklari 220 va 440 Ω bo‘lgan ikkita lampochka o‘zaro parallel ulangan. Zanjirning shu qismidagi to‘liq qarshiligi qancha bo‘ladi? Agar lampochkalardagi kuchlanish 220 V bo‘lsa, har bir lampochkadagi tok kuchini va zanjirdagi to‘liq tok kuchini toping

  7. Cho‘ntak fonari lampochkasidagi kuchlanish 4,5 V, tok kuchi 0,2 A bo‘lsa, 1 minutda qancha elektr energiya sarflanadi?

  8. Qarshiligi 50 Ω bo‘lgan sim spiraldan 4 A tok o‘tmoqda. Shu spiraldan 1 minut davomida qancha issiqlik miqdori ajralib chiqadi?

  9. 220 V ga mo‘ljallangan elektr choynakning quvvati 500 W ga teng. Choynak tarmoqqa ulanganda undan qancha tok o‘tadi va uning elektr qarshiligi qanchaga teng?

  10. Elektr zanjirga har birining qarshiligi 50 Ω dan bo‘lgan 3 ta lampochka parallel ulangan. Zanjir qismining to‘liq qarshiligini toping.



Download 67.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling