5-Nazorat ishi shakli: Masala
Download 67.37 Kb.
|
5-nazorat ishi
5-Nazorat ishi shakli: Masala Ketma-ket ulangan ikkita lampochkadan 0,2 A tok o‘tmoqda. Iste’molchilarning qarshiligi 5 Ω va 10 Ω bo‘lsa, har bir lampochkadagi kuchlanishni, zanjirdagi qarshilikni va to‘liq kuchlanishni toping. Qarshiliklari 40 Ω va 80 Ω bo‘lgan ikkita lampochka o‘zaro parallel ulangan. Zanjirning shu qismidagi to‘liq qarshiligi qancha bo‘ladi? Agar lampochkalardagi kuchlanish 8 V bo‘lsa, har bir lampochkadagi tok kuchini va zanjirdagi to‘liq tok kuchini toping. Ikkita elektr lampochka 220 V kuchlanishli tarmoqqa ketma-ket qilib ulangan bo‘lib, ulardan 0,2 A tok o‘tmoqda. Agar birinchi lampochkaning qarshiligi ikkinchisinikidan 4 marta katta bo‘lsa, har bir lampochkadagi kuchlanishni toping. Qarshiligi 5 va 20 Ω bo‘lgan ikkita o‘tkazgich parallel ulanib, 40 V kuchlanishli zanjirga qo‘shilgan. Har bir o‘tkazgich orqali o‘tadigan tok kuchini aniqlang. Qarshiliklari 20, 40 va 60 Ω bo‘lgan uchta iste’molchi parallel ulangan. Iste’molchilar ulangan zanjir qismining qarshiligini toping. Qarshiliklari 220 va 440 Ω bo‘lgan ikkita lampochka o‘zaro parallel ulangan. Zanjirning shu qismidagi to‘liq qarshiligi qancha bo‘ladi? Agar lampochkalardagi kuchlanish 220 V bo‘lsa, har bir lampochkadagi tok kuchini va zanjirdagi to‘liq tok kuchini toping Cho‘ntak fonari lampochkasidagi kuchlanish 4,5 V, tok kuchi 0,2 A bo‘lsa, 1 minutda qancha elektr energiya sarflanadi? Qarshiligi 50 Ω bo‘lgan sim spiraldan 4 A tok o‘tmoqda. Shu spiraldan 1 minut davomida qancha issiqlik miqdori ajralib chiqadi? 220 V ga mo‘ljallangan elektr choynakning quvvati 500 W ga teng. Choynak tarmoqqa ulanganda undan qancha tok o‘tadi va uning elektr qarshiligi qanchaga teng? Elektr zanjirga har birining qarshiligi 50 Ω dan bo‘lgan 3 ta lampochka parallel ulangan. Zanjir qismining to‘liq qarshiligini toping. Download 67.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling