5 ona tili docx
Nima qilmoq?, nima bo‘lmoq?
Download 226.46 Kb. Pdf ko'rish
|
5 - ona tili
16
Nima qilmoq?, nima bo‘lmoq? so‘roqlariga javob bo‘lib, harakat-holatni bildiruvchi so‘zlarga FE’L deyiladi. Fe’llar zamon, shaxs-son, bo‘lishli- bo‘lishsizlik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi qo‘shimchalarga ega bo‘ladi. M-n: yozmadim so‘zida -ma qo‘shimchasi bo‘lishsizlik, -di qo‘shimchasi zamon, -m qo‘shimchasi esa shaxs-son ma’nolarini bildiradi. Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so‘zlanib turgan paytga munosabati fe’l zamonlari, shunday ma’noni ifodalovchi qo‘shimchalar esa zamon qo‘shimchalari deyiladi. Fe’llarda uchta zamon bor: 1) o‘tgan zamon; 2) hozirgi zamon; 3) kelasi zamon. -di, -ib (fe’l unli bilan tugasa -b), -gan edi, -gan ekan qo‘shimchalari ish-harakatning nutq jarayonidan oldin sodir bo‘lganini yoki bo‘lmaganini bildiradi. Ularga o‘tgan zamon fe’llari deyiladi. O‘tgan zamon fe’llari uchala shaxsda tuslanadi. M-n: bordim, bording, bordi, bordik, bordingiz, bordi (-lar) -yap, -(a)yotir, -moqda qo‘shimchalari bilan kelib, ish-harakat va holatning nutq jarayonida yuz berayotgani yoki bermayotganini bildirgan fe’llarga hozirgi zamon fe’llari deyiladi. -a /-y, -(a)r, -ajak, -moqchi qo‘shimchalari bilan kelib, ish-harakat va holatning nutq jarayonidan keyin yuz berishi yoki bermasligini bildirgan fe’llarga kelasi zamon fe’llari deyiladi. Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning so‘zlovchi, tinglovchi yoki o‘zgaga tegishli ekanini bildiruvchi qo‘shimchalarga shaxs-son qo‘shimchalari deyiladi. So‘zlovchi 1-shaxs, tinglovchi 2-shaxs, o‘zga 3-shaxs hisoblanadi. Qanday?, Qay holda?, qancha?, qachon?, qayerda?, Nima sababdan?, Nima maqsaddan? singari so‘roqlarga javob bo‘lib, harakatning holati, o‘rin, payt, sabab, daraja-miqdorini bildirgan so‘zlar RAVISH sanaladi. Ravish, asosan, fe’lga bog‘lanadi va gapda hol vazifasida keladi. Download 226.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling