5 ona tili docx


Nima qilmoq?, nima bo‘lmoq?


Download 226.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/29
Sana28.02.2023
Hajmi226.46 Kb.
#1237709
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
5 - ona tili

16
Nima qilmoq?, nima bo‘lmoq? so‘roqlariga javob bo‘lib, harakat-holatni
bildiruvchi so‘zlarga FE’L deyiladi. Fe’llar zamon, shaxs-son, bo‘lishli-
bo‘lishsizlik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi qo‘shimchalarga ega bo‘ladi.
M-n: yozmadim so‘zida -ma qo‘shimchasi bo‘lishsizlik, -di qo‘shimchasi zamon,
-m qo‘shimchasi esa shaxs-son ma’nolarini bildiradi.
Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so‘zlanib turgan paytga munosabati
fe’l zamonlari, shunday ma’noni ifodalovchi qo‘shimchalar esa zamon
qo‘shimchalari deyiladi. Fe’llarda uchta zamon bor:
1) o‘tgan zamon; 2) hozirgi zamon; 3) kelasi zamon.
-di, -ib (fe’l unli bilan tugasa -b), -gan edi, -gan ekan
qo‘shimchalari ish-harakatning nutq jarayonidan oldin sodir bo‘lganini yoki
bo‘lmaganini bildiradi. Ularga o‘tgan zamon fe’llari deyiladi.
O‘tgan zamon fe’llari uchala shaxsda tuslanadi.
M-n: bordim, bording, bordi, bordik, bordingiz, bordi (-lar)
-yap, -(a)yotir, -moqda qo‘shimchalari bilan kelib, ish-harakat va holatning nutq
jarayonida yuz berayotgani yoki bermayotganini bildirgan fe’llarga hozirgi
zamon fe’llari deyiladi.
-a /-y, -(a)r, -ajak, -moqchi qo‘shimchalari bilan kelib, ish-harakat va holatning
nutq jarayonidan keyin yuz berishi yoki bermasligini bildirgan fe’llarga kelasi
zamon fe’llari deyiladi.
Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning so‘zlovchi, tinglovchi yoki o‘zgaga
tegishli ekanini bildiruvchi qo‘shimchalarga shaxs-son qo‘shimchalari deyiladi.
So‘zlovchi 1-shaxs, tinglovchi 2-shaxs, o‘zga 3-shaxs hisoblanadi.
Qanday?, Qay holda?, qancha?, qachon?, qayerda?, Nima sababdan?, Nima
maqsaddan? singari so‘roqlarga javob bo‘lib, harakatning holati, o‘rin, payt,
sabab, daraja-miqdorini bildirgan so‘zlar RAVISH sanaladi.
Ravish, asosan, fe’lga bog‘lanadi va gapda hol vazifasida keladi.

Download 226.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling