5. O’zbekistonni rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada rivojlantirish yo’nalishlari
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning amaliy natijalari tahlili
Download 51.75 Kb.
|
Bozor iqtisodiyoti haqida tushuncha, uning mazmuni, vazifalari va tuzilishi
4. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning amaliy natijalari tahlili
Iqtisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uch ko’rinishi ko’rsatiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Aynan bozor munosabatlarining amal qilish darajasiga qarab kapitalizm, sotsalizm kabi tuzumlarni ajratishgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishi uchun umumiy sharoiti bo’lib hisob- lanadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor munosabati mulkchilikning xilma-xilligini taqazo etadi. Chunki har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning ikki turini bir-biridan farqlash kerak.Bular: erkin (klassik yoki sof) bozor iqtisodiyoti va hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Xususan, O’zbekiston ham mustaqilligining ilk yillaridanoq bozor iqtisodiyotiga o’tishni o’z oldidagi muhim vazifalardan biri deb hisobladi. Bunda O’zbekiston o’zining o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to’ntarishlarsiz, ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iborat yo’lni tanladi. Bu yo’ldagi ishlarni amalga oshirish uchun o’z iqtisodiy, siyosiy, madaniy ahvolimizni inobatga olgan holda tuzilgan modelimiz bo’lishi lozim edi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida yurtimiz iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda, jahon standartlariga to’liq javob beradigan “O’zbek modeli” yaratildi. Bu yo’l haqida birinchi prezidentimiz Islom Karimov o’zining “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir” nomli kitobida shunday fikr bildirgan: “O’zbekistonda qabul qilingan, “O’zbek modeli” ijtimoiy yo’naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustivorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga asoslangan o’ziga xos yo’li”5. 2-jadval Yurtimizda mazkur tartib asosida o’tkazilayotgan islohotlar o’z natijasini bermoqda. Xususan, 2019-yilda yalpi ichki mahsulot 5,6 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari 19,0 foizga, chakana savdo aylanmasi 5,0 foizga, xizmatlar 5,1 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2,5 foizga, boshqa xizmatlar 5,0 foizga oshdi (2-jadval). 3-jadval 2017-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarining qiyosiy tahlili sanoat tarmog’i ulushining 30,0 % gacha oshishi (2018-yilda - 26,5%, 2017-yilda - 22,2 %) va qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi tarmog’i ulushining 28,1 % gacha (2018-yilda - 31,5 %, 2017-yilda - 34,0 %) kamayishi bilan bog’liq bo’lgan tarkibiy o’zgarishlarni qayd etish imkonini beradi 3-jadval. Shuningdek, hisobot yilida YaIM (YaQQ) tarmoqlari tarkibida qurilish tarmog’i ulushining 6,4% gacha o’sishi (2018-yilda - 6,1 %, 2017- yilda - 5,7%) va xizmatlar sohasi ulushining 35,5 % gacha pasayishi (2018-yil - 35,9%, 2017-yilda - 38,1%) kuzatildi (4-rasm). 2019-yildagi iqtisodiy o’sish sur’ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog’liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 90,9 % ini tashkil etdi va 5,6 % ga o’sdi (YaIM mutloq o’sishiga ta’siri 5,0 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 9,1 % ni tashkil etdi va mos ravishda 5,6 % darajasida o’sish qayd etildi (YaIM mutloq o’sishiga ta’siri 0,6 f.p.) (5-rasm). 2019-yil yakunlariga ko’ra, qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida 2,5 % darajasida ijobiy o’sish qayd etildi. Mazkur tarmoqning YaIM mutloq o’sish sur’atiga ta’siri 0,7 f.p.ni tashkil etdi. Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida ijobiy o’sish sur’atlari dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 3,7 % ga va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 1,7 % ga o’sishi bilan bog’liq. 2019-yilda sanoat tarmog’ining qo’shilgan qiymatida 6,6 % ga o’sish qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishining YaIM mutloq o’sish sur’atiga ijobiy ta’siri 1,6 f.p.ni tashkil qildi. Sanoat tarmog’idagi ijobiy dinamika asosan ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat tarmog’i qo’shilgan qiymatining 9,4 % (2018-yilda - 7,9 %, 2017-yilda - 4,2 %) ga o’sishi hisobiga ta’minlandi. O’tgan ikki yil davomida sezilarli o’sishdan so’ng, taqqoslama narxlarda tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog’i qo’shilgan qiymati hajmining 1,0 % ga pasayishi kuzatildi (o’sish 2018-yilda - 26,5 %, 2017-yilda - 17,6 %). O’zbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan ko’ra kechroq boshlagan bo’lsa-da, o’tish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olishi mumkin, deb hisoblaydi Jahon banki mutaxassislari. Rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beruvchi yirik xalqaro moliya tashkiloti yaqinda O’zbekiston iqtisodiyotiga bag’ishlangan yangi hisobotini taqdim etdi. Unda o’tgan 2018 yil va joriy 2019 yilning birinchi yarmida mamlakatda yuz bergan makroiqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy o’zgarishlar hamda yaqin 2 yil – 2021 yilgacha bo’lgan istiqbollar keng sharhlanadi. O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish sur'atlari sekin, ammo ijobiy bo’lib qolmoqda. Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (to’siqlarni) bartaraf etish va yuqori o’sish potensialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi. Meva-sabzavotchilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, to’qimachilik va kimyo sanoati shunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilishi zikr etilgan jarayonlarni yanada qo’llab-quvvatlaydi. 2019–2020 yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli inflatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021 yilga borib u pasayishi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga ko’ra, tashqi savdo balansining salbiy saldosi yuqoriligicha qoladi. Sababi, O’zbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun ko’plab mashina va uskunalarni import qilishni davom ettiradi. O’zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o’tishini ta’minlovchida yana bir muhim dasturlardan biri bu O’zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidir6. Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo’nalishi – “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish” bo’yicha amalga oshirilishi belgilangan ishlar yoritilgan. 2017-yilda so’mning erkin ayirboshlanishi ta’minlanganligi, tashqi savdoni liberallashtirish va samarador bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida boj stavkalari ikki barobar pasaytirilishi natijasida iqtisodiy o’sishning ta’minlanishi ham aynan Harakatlar strategiyasi orqali amalga oshirildi. Ma’lumki, o’tgan yilning o’zida Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, alohida tuman va shaharlarni rivojlantirish bo’yicha qirqdan ortiq dastur qabul qilindi, har bir tuman uchun 2077 ta yirik loyiha tasdiqlandi. Shuningdek, 11 ta iqtisodiy zona tashkil etildi va umumiy qiymati 419,5 mln. dollarlik 108 ta loyiha amalga oshirilmoqda. O’tgan yili qulay investitsion muhit va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish hamda eksportni qo’llab-quvvatlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Birinchidan, hamkor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlardagi yondashuv o’zgartirildi. Oliy darajadagi tashriflar chog’ida Xitoy bilan 23 mlrd. dollar, Rossiya bilan 16 mlrd. dollar, Janubiy Koreya bilan 10 mlrd. dollar, Turkiya bilan 3,5 mlrd. dollar, Qozog’iston bilan 2,2 mlrd. dollar, Qirg’iziston bilan 455 mln. dollar miqdorida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha ikki tomonlama shartnomalar imzolandi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan to’laqonli munosabatlar tiklandi, bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka 190 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Turli yo’nalishlarda 20 dan ortiq loyiha ishlab chiqildi. Yevropa investitsiya banki, Fransiya rivojlanish agentligi bilan hamkorlik o’rnatildi. O’zbekiston yangi tuzilgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining teng huquqli a’zosiga aylandi. Ikkinchidan, tashqi savdodagi barcha sun’iy to’siqlar olib tashlandi. Xususan, oldindan to’lovsiz va kafolat majburiyatisiz eksport qilish tartibi joriy etildi. Ortiqcha va eskirgan ruxsat beruvchi talablar bekor qilindi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilish mexanizmlari soddalashtirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2017-yilda 26 mlrd. 907 mln. AQSh dollarini, jumladan eksport 13 mlrd. 893 mln. 600 ming AQSh dollarini, import 13 mlrd. 13 mln. 400 ming AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekistonda erkin bozor iqtisodoyotining tashkil etilishi yurtimizning iqtisodiy darajasini oshirishga va aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodi- yotining eng muhim sifatlaridan biri xususiy mulkchilikning ustuvorligini ta’minlab, yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e’tibor berilmoqda, bu esa o’z navbatida aholini ish bilan ta’minlash, ularning tadbirkorlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan keyin ham yurtimizda bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirishmiz, dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida biz ham o’z mahsulotlarimizni jahon bozoriga chiqarishimiz lozim. Download 51.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling