5-seminar mashg’ulot. Dunyo iqlimidagi global muammolar (2soat) Umumiy ma’lumot. Ozon qatlamlarining yemirilishi


Atmosfera havosi ifloslanishining inson organizmiga ta’siri


Download 22.6 Kb.
bet4/4
Sana23.04.2023
Hajmi22.6 Kb.
#1386608
1   2   3   4
Bog'liq
5-seminar

Atmosfera havosi ifloslanishining inson organizmiga ta’siri. Bir kishi bir sutka davomida 25 kg havo bilan nafas olishini hisobga olsak, havo tarkibidagi zararli chang, quruq va zaharli gazlar kishi organizmida to’planib boradi, asta-sekin inson organizmining zaiflashadi va kishi organizmi turli infektsiyalarga yetarli darajada qarshilik ko’rsata olmaydigan bo’lib qolishi natijasida har xil kasalliklarni (astma, ko’z kasalliklari, jigar tserrozi, qon bosimi, rak, bronxit, o’pka kasalligi, yo’tal) ko’payishi bilan birga nafas olish yo’llarini, yurak - qon tomiri tizimini shikastlanishiga olib keladi.
O’zbekistonda atmosferaning zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi aholi sog’ligiga, uning nasliga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Atmosfera ifloslanishi natijasida har xil kasalliklar ko’payib, tug’ilayotgan bolalar o’limi ko’rsatkichi yuqoriligicha qolmoqda.
Atmosfera ifloslanishining suv resurslariga ta’siri. Atmosferaning ifloslanishi Yer yuzidagi suv resurslariga ham salbiy ta’sir etmoqda. Tabiatda suv almashinuvi doimiy bo’lib, daryo va ko’llarni, yer osti suvlarini to’yintiradi. Atmosfera qanchalik ifloslangan bo’lsa, ularning bir qismi yog’inlar orqali yer usti suvlarini shuncha ifloslamoqda. (minerallashuvi va qattiqlik darajasi ortmoqda). Buning natijasida, xususan, O’zbekiston daryolari suvlarining sifati pasayib, ichimlik suv sifatida foydalanish talablariga javob bermay qoldi.
Atmosfera ifloslanishining o’simlik va hayvonlarga ta’siri. Sanoat korxonalaridan, transportdan, tog’ - kon sanoatidan, maishiy - kommunal xo’jalikdan, qishloq xo’jalik mashinalaridan chiqayotgan va atmosferaga qo’shilayotgan chang, kul, qurum, tutun, zaharli gazlar yana qaytib Yer yuzasidagi o’simlik barglariga, tuproq va suv orqali esa ildiziga o’tadi, daraxtlar kam hosilli bo’lib qoladi.
Hayvonlar esa iflos havodan nafas olganda organizmida zaharli changlar va gazlar yig’ilib, ularning kasallanib, o’lishiga sabab bo’ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni oqitish metodikasi. O’quv qo’llanma.T., 2005.
2. D.Sharipova, D.P.Xodiyeva, M.K.Sharipov. Tabiatshunoslikni va uni o’qitish metodikasi. darslik.T.. “ Barkamol fayz media” nashiriyoti. 2018.
3. D.Yormatova. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. T.:”Aloqachi” nashriyoti, 2008.
4. M.N.Valixonov., J.M.Nabixonov Tabiatshunoslikning zamonaviy konsepsiyasi. T.:”TDU” nashriyoti, 2007.
5. A.Hamidov A.To‘xtayev va boshqalar. Botanikadan o‘qituvchilar uchun qo‘llanma. Toshkent “O‘qituvchi” 1999 yil.
Download 22.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling