5-sinf 1-modul. Uyga vazifa matn yozish yoki hujjatdagi matnni o‘zgartirish orqali elektron hujjatlar yaratish jarayonidir
Download 25.08 Kb.
|
5-sinf 1-modul. Uyga vazifa
5-sinf 1-modul. Uyga vazifa 1. ... - matn yozish yoki hujjatdagi matnni o‘zgartirish orqali elektron hujjatlar yaratish jarayonidir A) Matn bilan ishlash; B) Tugmalar; C) Dasturiy taʼminot; D) Ikonka; 2. Kompyuterlar ixtiro qilinishidan oldin odamlar matn yozish uchun qanday qurilmalardan foydalanishgan? A) Abakdan; B) Yozuv mashinkasidan; C) Serobyandan; D) Paskalinadan; 3. Klaviaturadagi tugmalarni bosganingizda ekranda paydo bo‘luvchi harf va so‘zlar jamlanmasi. A) Ikonka; B) Tugmalar; C) Matn; D) Kegl; 4. Kompyuterda turli vazifalarni bajaruvchi dastur, masalan, matn bilan ishlash dasturi. A) Apparat ta'minoti; B) Dasturiy ta'minot; C) Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari; D) Dasturlash; 5. Tasvir, so‘z yoki tasvir va so‘zdan iborat belgi. A) Ikonka; B) Logotip; C) Brend; D) Tugmalar; 6. Kompyuterning ekrandagi kursorni harakatlantiruvchi qurilmasi. A) Quyoncha; B) Sichqoncha; C) Mushukcha; D) Tulkicha; 7. Tahrirlanayotgan matnni rang bilan ajratish. A) Qora qilish; B) Ranglash; C) Ko'rsatish; D) Belgilash; 8. Microsoft Word hujjati sahifasining yuqori chap burchagidagi o‘chib-yonib turgan chiziqcha nima deb ataladi? A) probel; B) matn kursori; C) sichqoncha; D) chiziqcha; 9. Matn so‘zlari bosh harfda kiritish uchun klaviaturadan qaysi tugmani bir marta bosib qo'yish kifoya? A) Caps Lock; B) Ctrl; C) Shift; D) Alt+Shift; 10. Klaviaturaning pastki qatorida joylashgan eng uzun tugma. U so‘zlar orasiga probel qo‘yish uchun ishlatiladi. A) Space; B) Caps Lock; C) Ctrl; D) Shift; 11. Hujjat matnini yozish jarayonida tinish belgilaridan foydalaniladi, eng keng tarqalgan tinish belgilarga qaysi tugmalar kiradi? A) Apostrof va undov; B) Vergul va tire; C) Nuqta va vergul; D) So'roq va nuqta; 12. Matn kursorini keyingi qatorga tushiruvchi klaviaturadagi tugma. A) Ctrl; B) Shift; C) Space; D) Enter; 13. ... ekranda aks etuvchi belgi boʻlib, u sichqoncha qayerdaligini koʻrsatadi. A) Qora qilish; B) Ranglash; C) Ko'rsatish; D) Belgilash; 14. Kiritilgan matnni koʻrish imkonini beruvchi kompyuter qismi nima deyiladi? A) Ekran; B) Kursor; C) Ko'rsatish; D) Belgilash; 15. Harf, raqam, maxsus belgi, tinish belgisi kabilar nima deb ataladi? A) Belgi; B) Bosh harf; C) Ko'rsatish; D) Belgilash; 16. Katta harf bilan yoziladigan va odatda gapning boshida keladigan harf nima deb ataldi? A) Belgi; B) Bosh harf; C) Ko'rsatish; D) Belgilash; 17. Vergul, nuqta va soʻroq belgisi kabi belgilar qanday belgilarga kiradi? A) Belgi; B) Bosh harf; C) Ko'rsatish; D) Tinish belgilar; 18. Matnga o‘zgartirish kiritish deganda nimani tushunasiz? A) Matnni saqlash; B) Matnni sozlash; C) Matnni chop etish; D) Matnni tahrirlash; 19. Matndagi bitta so‘zni to‘liq belgilash uchun sichqonchaning chap tugmasi necha marta bosiladi? A) Ikki marta; B) Tinimsiz bosiladi; C) Uch marta; D) Bir marta; 20. Rang bilan matn fonini bo‘yash orqali matnni ajratib ko‘rsatish nima deyiladi? A) Tahrirlash; B) Belgilash; C) Oʻchirish; D) Matnni sozlash 21. Matndagi bitta abzatsni to‘liq belgilash uchun sichqonchaning chap tugmasi necha marta bosiladi? A) Bir marta; B) Ikki marta; C) Bosilmaydi; D) Uch marta; 22. Kursordan oldingi harfni o‘chirish uchun klaviaturadan qaysi tugma bosiladi? A) Backspace; B) Delete; C) Enter; D) Spase; 23. Matnni olib tashlash nima deb ataladi? A) Tahrirlash; B) Oʻchirish; C) Belgilash; D) Backspace; 24. Ekranda ochilib, buyruqlar ro‘yxatini taqdim etuvchi oyna. A) Menyu; B) Paste; C) Copy; D) Clipboard; 25. Kompyuterning vaqtincha xotirasi. Kesib yoki nusxa olingan har qanday matn qayta joylangunga qadar shu yerda saqlanadi. A) Operativ xotira; B) Clipboard; C) Bufer; D) Kesh-xotira; 26. Vaqtincha xotiraga nusxalangan matnni sahifaga qayta joylash. A) Paste; B) Clipboard; C) Cut; D) Copy; 27. Sahifa yuqorisidagi maydon. Unda menyu bo‘limlarini topish mumkin. A) Clipboard; B) Tasma; C) Print; D) Insert; 28. Hujjatda matn kiritilayotganda so‘zlarning imlosini tekshirish uchun qaysi tugmadan foydalanamiz? A) library & Spelling; B) Spelling & Grammar; C) Review & Spelling & Grammar; D) Spelling & library; 29. Qaysi amal bajarilganda sahifangizdan matn oʻchib ketmaydi? A) Copy; B) Paste; C) Cut; D) Backspace; 30. Belgilagan matnni vaqtincha xotiraga saqlab olish uchun qaysi buyruq bajariladi? A) Copy; B) Paste; C) Cut; D) Backspace; 31. Hujjatni chop etish uchun qaysi tugmadan foydalaniladi? A) Print; B) File; C) Save; D) Cut; 32. Ekranda ochiluvchi va sizga variantlar tanlashni taqdim etuvchi maydon nima deb ataladi? A) Oyna; B) File; C) Save; D) Cut; 33. Yozilayotgan matnning biror qismini tasodifan yo‘qotib qo‘ymaslik uchun matn bilan ishlash jarayonida qaysi tugmani muntazam bosib turish kerak. A) Edit; B) Copy; C) Paste; D) Save; 34. Avval saqlangan hujjatning nomini o‘zgartirmoqchi bo'lsak qaysi tugma tanlanadi? A) Rename; B) Save; C) Copy; D) Remove; Download 25.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling