5-sinf adabiyot 1-chorak yangi darslik asosida Adabiyotning asosiy quroli bu-?


Download 16.14 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi16.14 Kb.
#140569
Bog'liq
@qiziqarli ona tili 5 adabiyot 1-chorak test


5-SINF ADABIYOT 1-chorak yangi darslik asosida

1.Adabiyotning asosiy quroli bu-?

A.Badiiy so’z B.Iboralar C.Shevalarimiz D.She’rlar

2.Olam ahli ,bilingizkim ,ish emas dushmanlig’,

Yor o’lung bir-biringizgaki,erur yorlig’ ish.

Quyidagi misralar qaysi buyuk mutafakkirimizniki?

A.Zahiriddin Muhammad Bobur B.Alisher Navoiy C.Nodira D.Abdulla Avloniy

3.Ertaklar,hikoya va ocherklar,qissa va romanlar birlashib,so’z san’atining qanday turini hosil qiladi?

A.Yozma adabiyot B.She’riyat C.Nasr D.Dramaturgiya

4.Oltovlon ola bo’lsa ,

Og’zidagini oldirar.

To’rtovlon tugal bo’lsa ,

Tepadagini endirar. Ushbu maqol nima haqida?

A.Ahillik,mehnatsevarlik

B.Birlik,o’zaro ittifoqlik

C.Mehnatsevarlik,birlik

D.Chidamlilik,bardoshlilik

5.Topishmoqlar qaysi xususiyatiga ko’ra bir yoki bir necha predmetli bo’lishi mumkin?

A.O’zida yashiringan predmetlar miqdorilarining ifodalanishiga ko’ra

B.Tuzilishiga ko’ra

C.Narsalarning sifati,belgilari soniga ko’ra

D.Qanday shaklda yozilganligiga ko’ra

6. Topishmoqlar o’zining yaratilish davriga ko’ra qanday turlarga bo’linib,bir-biridan farqlanadi?

A.An’anaviy va yangi,zamonaviy topishmoqlar

B.Zamonaviy topishmoqlar

C.Ertak-topishmoq va topishmoqli ertak

D.An’anaviy topishmoqlar

7.Imom al-Buxoriy qachon va qayerda dunyoga kelgan?

A.810-yil 20-iyunda Buxoro shahrida

B. 810-yil 21-iyunda Buxoro shahrida

C. 820-yil 21-iyunda Buxoro shahrida

D. 820-yil 20-iyunda Buxoro shahrida

8. Ezop kimning saltanatida xazinabon darajasiga ko’tarilgan?

A.Vavilon shohi Krez saltanatida

B.Lidiya shohi Likurg saltanatida

C.Vavilon shohi Likurg saltanatida

D.Firigiya mamlakatida

9. XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida yashab o’tgan ,,Zarbulmasal’’ nomli asari bilan o’zbek adabiyotida masalchilik rivojiga ulkan hissa qo’shgan adib?

A.Abdulla Avloniy B.Hamza Hakimzoda Niyoziy

C.Abdurauf Fitrat D.Muhammad Sharif Gulxaniy

10.,,Uch og’a-ini botirlar’’ ertagida otasi og’a inilarga uch narsani uqtiradi:

,,To’g’ri bo’ling –bexavotir bo’lasiz.

Maqtanchoq bo’lmang-xijolat tortmaysiz .

Dangasalik qilmang- … ‘’

Nuqtalar o’rniga mos javobni belgilang.

A.Baxtsiz bo’lmaysiz B.Pulsiz bo’lmaysiz

C.Xijolat tortmaysiz D. Xavotirsiz bo’lasiz

11. .,,Uch og’a-ini botirlar’’ ertagida ,,shu nonni taxlagan kishining otasi novvoy ekan,taxlovchi novvoyning o’g’li ekan’’-degan fikrlar kimning tilidan aytilgan edi?

12.Ezopning qanchaga yaqin masala qadim davrlardayoq jamlanib, ,,Ezop masallari’’ nomi ostida kitob qilingan va donishmandlik o’gitlari sifatida butun dunyoga tarqalgan?

13.Kichik sahna asarlari bo’lmish intermediyalar,yirik drama,komediya,tragediya singari sahna asarlari adabiyotning qaysi turiga mansub?

14.,,Behuda chiranish belni chiqaradi’’- degan maqol Ezop masallarining qaysi biriga mos keladi?

15.Surxondaryo,Samarqand,Farg’ona taraflarda ertak atamasi qanday nomlanadi?

A.Cho’pchak B.Ushuk C.Matal D.Varsaki


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

B

C

B

B

A

B

C

D

A

11.Kenja botir

12.500 ga yaqin

13.Dramaturgiya

14.,,Burgut ,zag’cha va cho’pon’’



15.Matal

@QIZIQARLI ONA TILI KANALI UCHUN MAXSUS
Download 16.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling