5-sinf muqaddima
O'SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI
Download 241.5 Kb.
|
5-sinf savol-javob va savollar
O'SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI.
1. 5-20 sm ko'tarilib o'sadigan o'simliklar?------Momaqaldirmoq, qo'ytikan. 2. 70-100 yil umr ko'radigan daraxt?-----O'rik, yong'oq. 3. 800 yil umr ko'radigan daraxt?------Chinor. 4.Archa, sarv qancha umr ko'radi?-----1000 yil. 5.Baland tog'lardagi archa bo'yi?-----0,5-1 metr. 6.Baobab daraxti qancha umr ko'radi?------4000-5000 yil. 7.Bargi qor tagida qishlab qoladigan o'simliklar?-------Bug'doy, gulxayri, qoqio't,achambiti, qurttana. 8.Barglari ancha barvaqt to'kiladigan o'simliklar?------Jiyda, zarang, bodom, terak,akatsiya, tikan daraxt, aylant. 9.Bir yillik yovvoyi o'simliklar qaysilar?------Oq sho'ra, jag'-jag', machin, qora ,ituzum, baliqko'z. 10.Bo'yi bir metrga yetadiga bir yillik o'simliklar?-----Kanakunjut, makkajo'xori,kanop. 11.Butalar nima?------Poyasi yog'ochlashgan, bo'yi 2-3 metrdan oshmaydigan bir yoki bir necha poya hosil qiladigan ko'p yillik o'simlik. I2.1kki yillik o'simliklarni ko'rsating?-------Lavlagi, sabzi, sholg'om, karam. 13.Iliq kuz oylarida ham gullashda davom etadigan yovvoyi o'simliklar?-----Zubturum, qoqio't, sachratqi, qo'ypechak. 14.Jag'-jag' hayotiy shakliga ko'ra qanday o'simlik?-----Bir yillik o't. 15.Ko'p yillik o'tlar (16 ta) qaysilar?------Beda, ajriq, g'umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko't, sallagul, qoqio't, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz,shashir. 16.Ko'p yillik o'tlar nima?-------Yer usti qismi qishda qurib, o'sish kurtaklari yer ostida qishlaydigan o'simliklar. 17.Madaniy butalar qaysilar?------Anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin. 18.Momaqaldirmoq hayotiy shakliga ko'ra qanday o'simlik?------Bir yillik o't. 19.Qaysi madaniy o'simliklar iliq kuz oylarida ham gullashda davom etadi?---- Atirgul, xrizantema, kartoshkagul. 20.Qo'ytikan hayotiy shakliga ko'ra qanday o'simlik?-------Bir yillik o't. 2I.Sigirquyruq hayotiy shakliga ko'ra qanday o'simlik?------Ikki yillik o't. 22.Soxta kashtan qancha umr ko'radi?-------2000 yil. 23.Yarim butalar nima?------Poyasining yuqori qismi qishda sovuqdan qurib,ketadigan ko'p yillik o'simliklar. 24.Yarim butalarni ko'rsating?-----Izen, keyreuk, teresken, sarsazan, shuvoq. 25.Yovvoyi butalar qaysilar?------Irg'ay, singirtak, na'matak, zirk, bodomcha,uchqat. Download 241.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling