5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet12/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Yangi dars bayoni.
Sabzavotlardan turli xil taomlar salatlar tayyorlash mumkin. Sabzavotlarda inson organizmi uchun kerakli vitaminlar, oqsillar, minerallar ko`p bo`lganligi sababli uni iste`mol qilamiz.
Sabzavotlardan taom ya`ni salat tayyorlayotganimizda mana shu vitaminlarni, oqsillar va minerallarni o`z holicha saqlab qolgan holda taom ya`ni salat tayyorlashimiz kerak. Aks holda sabzavotlardagi vitaminlar parchalanib ketishi mumkin. Kartoshka bo`tqasini tayyorlashdan oldin o`quvchilarga sabzavotlarni qaynatish qoidalarini o`rgatish kerak. Buning uchun :
Sabzavotlarni qaynatish qoidalari
Sabzavotlardan tayyorlanadigan taomlar ovqatlanishda muhim ahamiyatga ega. Ular organizmda oson va tez hazm bo'ladi. Sabzavotli taomlar ovqat hazm qilishda, ichak faoliyatini yaxshilashda katta yordam beradi.
Sabzavotlarni qaynatib, qovurib, dimlab pishirish mumkin.
Sabzavotlarni qaynatib pishirishda quyidagilarga amal qilish zarur:

  1. Sabzavotlarni qaynatib taom tayyorlanadigan bo'lsa, ularni biroz tuzli qaynab turgan suvga solinadi va past olovda pishiriladi. Shunda ularning to'yimliligi, foydali moddalari yo'qolmaydi va vitaminlari parchalanib ketmaydi.

  2. Lavlagi va sabzi tuzsiz suvda qaynatiladi, tuzli suv ularning ta'mini buzadi.

  3. Sabzavotlarni qaynatishda suv ularni 1-1,5 sm ko'mib turishi kerak. Agar suv ko'proq bo'lsa, ularning to'yimli moddalari kamayib ketadi.

  4. С vitamini yo'qolishining oldini olish uchun sabzavotni usti yopiq idishda qaynatish kerak.

Kartoshka bo'tqasini tayyorlash
Amaliy mashg'ulot uchun zarur bo'lgan asbob va idishlar: kartoshkani qaynatish uchun qozoncha, 2 l li tog'oracha, blender yoki kartoshkani ezish mos-lamasi, likopchalar, qoshiq, sanchqi.
Kerakli masalliqlar: 300 g kartoshka, 40 g sut, 10 g sariyog'.
Ishni bajarish tartibi:

  1. Kartoshkaning po'sti archilib, yuvilib, bo'laklarga bo'linadi va tuzli suvda qaynatib pishiriladi.

  2. Kartoshka pishganidan so'ng, suvi to'kilib, issiqligida eziladi.

  3. Ezilgan kartoshkaga sekin-asta qaynatilgan sut va sariyog' solib aralashtiriladi, tuzi rostlanadi. Bunday kartoshka bo'tqasini alohida taom sifatida ham, quyuq taomlarga garnir sifatida ham berish mumkin.

  4. Dasturxonga tortishda bo'tqani likopchaga solinib, qoshiq bilan «naqsh» qilib pardozlanadi va ustiga sariyog', oshko'klar sepiladi.


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling