5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet17/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Yangi dars bayoni:
Buterbrod- yengil taomlar turiga kiradi. Uni tonushta uchun tayyorlash maqsadga muvofiq bo`ladi. Buterbrod uchun bulochka,kolbasa, pomidor,bodring, pishloq, tuxum, ko`katlar kerak bo`ladi. Buterbrod tayyorlash uchun bulochkani o`rtasidan pichoq bilan ikkiga bo`lib (yorib) olamiz, orasiga bir bo`lak kolbasa , pomidor, solib bulochkani yopamiz. Buterbrod tayyorlash uchun har kim uydagi sharoitdan kelib chiqqan holda yondashishi mumkin.
Amaliy mashg'ulot. Oquvchilar o`zlari uchun tayyorlab olgan asbob uskunalardan va masalliqlardan foydalanib buterbrod tayyorlashadi. Issiq ichimliklarni tayyorlash. Choy va qahvani damlash usullari
Ovqatlanishda issiq ichimlik sifatida choy, qahva, какао ichiladi. Choy qadimdan shifobaxsh, tetiklantiruvchi ichimlik sifatida mashhur bo'lib kelgan. Choy tarkibida kofein moddasi bo'lib, u kishi organizmida asab sistemasiga, yurak faoliyatiga ta'sir etib organizmni tetiklashtiradi, charchoqni yo'qotadi. Choyning qora va ko'k choy turlari mavjud. Choy tarkibiga kiruvchi moddalar sovuq suvda erimaydi. Shu sababli choy qanchalik qaynoq suvda damlansa, uning chiqishi shunchalik yaxshi, hidi o'tkir bo'ladi. Agar choyni choynakka bir yo'la to'ldirib qay­noq suv quyib damlansa, quraq choy tarkibidagi moddalaming faqat 10-15% i erib suvga o'tadi va choy yaxshi chiqmaydi.
Damlangan choyni +70° dan sovitmay, piyolalarga yoki stakanlarga quyib dasturxonga tortiladi. Choy bilan birga qand, murabbo, asal, sut, limon beriladi. Bulardan tashqari, choy bilan birga qandolat mahsulotlari, pirojniy, tort, pecheniylar ham berish mumkin.
O'zbek xalqi ham boshqa xalqlar singari choyni yaxshi ko'radi. Issiq choy yilning hamma fasllarida ham ko'ngilga tegmaydi. O'zbek dasturxonida ertalabki nonushtaga ko'pincha oq choy, shirchoy ham tayyorlanadi.
Qahva tropik mamlakatlarda o'sadigan qahva daraxti mevasidan olinadi. Qahva o'tkir ichimlik bo'lib, kishining asab va yurak faoliyatiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Qahva tarkibida kofein moddasidan tashqari oqsil, uglevodlar, mi­neral tuzlar, hushbo'y hid beruvchi moddalar mavjud. Ular savdoga butun don ko'rinishida, yanchilgan va tez eriydigan kukun holida chiqariladi. Qahva ichimligini tayyorlash uchun maxsus qahva qaynatgichlardan foydalaniladi. Dasturxonga tortishda ham maxsus qahva servislaridan foydalaniladi. Qahvani damlashning va dasturxonga tortishning bir necha xil usullari bor.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling