5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Tikuv mashinasida ishlashdagi sanitariya-gigiyena, xavfsizlik texnikasi qoidalari


Download 1.39 Mb.
bet31/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Tikuv mashinasida ishlashdagi sanitariya-gigiyena, xavfsizlik texnikasi qoidalari

  1. Ish o'rniga yorug'lik oldi yoki chap tomondan tushishi lozim.

  2. O'rindiqni mashina ignasining to`g`risiga qo`yib, boshni sal oldinga egib o'tirish kerak.

  3. Tikuvchi bilan mashina orasi 10-15 sm bo'lishi kerak.

  4. Sochlar ro'mol ostiga yig`ishtirilgan bo`lishi kerak.

  5. Mashinalar, asbob-uskunalarni yaroqliligini tekshirib turish kerak.

  6. Mashinada ishlayotganda qo'l holatini to'g'ri bo'lishiga e'tibor berish kerak.

  7. Ishlayotgan mashinani moylash, ustidan narsalarni uzatish mumkin emas.

O'simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar, ularning xususiyatlari. Tikuvchilik jarayonida ishlatiladigan gazlamalar tolaviy tarkibiga ko'ra tabiiy va kimyoviy tolali gazlamalarga bo'linadi. Tabiiy tolali gazlamalarga paxta, zig'ir, jun, ipak tolalaridan olinadigan gaz­lamalar kiradi.
Paxta milliy boyligimiz. Paxta tolasidan juda ko`p maxsulotlar olinadi. Shular qatorida gazlamalardan chit, surp, batist, bo`z va boshqalar kiradi.
Paxta namni tez shimadi va tez quriydi. Yorug'lik ta'sirida pax­ta pishiqligini asta-sekin yo'qotadi. 150°C da dazmollaganda quruq paxta tolalari o'zgarmaydi, temperatura bundan oshganda biroz sarg'ayadi, qo'ng'ir tusga kiradi va 250°C da ko'mirga aylanadi. Paxta tolalari sarg'ish alanga berib yonadi, kulrang kul hosil qiladi. Paxta to­lali gazlamalar kuydirilganda kuygan qog'oz hidi keladi.
Zig'ir tolasi paxtaga qaraganda ancha qattiq bo'ladi. Zig'irning xossalari paxtanikiga o'xshash namni tez shimadi va tez quriydi, issiqni yaxshi o'tkazadi, paypaslab ko'rilganda qo'lga sovuq unnaydi. Qizigan dazmol ta'siriga yaxshi chidaydi, xuddi paxtaga o'xshab yonadi.
Paxta va zig'ir tolasidan to'qilgan gazlamalarning xususiyatlari. Paxta tolasidan to'qilgan ip gazlamalar yengil, yumshoq, chidamli bo'ladi. Ulardan tayyorlangan kiyimlar chiroyli, qulay, havoni yaxshi. o'tkazadigan, oson yuviladigan bo'ladi. Tez tozalanadi, yuqori haroratga chidamlidir. Bu gazlamalar sitilmaydi, yuvilganda bo'ylama ipi bo'yicha kirishadi, tez g'ijimlanadi va yaxshi dazmollanadi.
Zig'ir tolasidan to'qilgan gazlamalar paxta tolasidan to'qilgan ip gazlamalarga qaraganda chidamliroq, ular bo'ylama va ko'ndalang ipi bo'yicha kam cho'ziladi, qattiq, og'ir va qalinroq bo'ladi. Zig'ir to­lasidan to'qilgan gazlamalarning usti silliq, sitiluvchan bo'ladi, tez g'ijimlanadi va oson dazmollanadi.
Paxta tolasidan buyumlarni tikishda qo'llaniladigan iplar ham tayyorlanadi. Iplar bir necha turlarga bo'linadi: mashina ipi, bezak ipi, tikiladigan iplar (ipak va mulina), to'qish iplari .
Mashina ipi bilan kiyimlar tikish Ip turlari mumkin. Mashina iplari: oddiy va ipakli, kapronli, lavsanli iplardir. Bir qancha tolalardan ip tayyorlanadi. Tolalar maxsus mashinalarda yigiriladi, oqartiriladi, bo'yaladi, kraxmallanadi va g'altaklarga o'raladi.
Bizning sanoatimizda 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 100 va 120 raqamli iplar ishlab chiqariladi, ipning nomeri oshgan sari o'zi ingichkalashadi. G'altakka o'ralgan iplarning uzunligi 200, 500, 1000 metrgacha yetadi. Iplar oq, qora va rangli bo'ladi, tuzilishi bo'yicha sur ip, jilosiz ip, yaltiroq iplardir.
Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Gazlama bilan ishlash xonasida xavfsizlik texnikasining asosiy qoidalarini ayting.

  2. O'quv xonalarida qanday sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinadi?

  3. Gazlama bilan ishlash xonasida ichki tartib-qoidalarni ayting.

  4. O'quvchining ish o'rni qanday yoritiladi?

  5. Tabiiy tolali gazlamalarga nimalar kiradi?

  6. O'simlik tolasidan (paxta va zig'ir) tayyorlangan gazlamalar, ularning xususiyatlari haqida ma'lumot bering.

  7. Paxta tolali gazlamaning zig'ir tolali gazlamadan farqini tushuntiring.

  8. Sanoatimizda ishlatiladigan iplar haqida ma'lumot bering.


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling