5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Yangi dars bayoni: Qo'l yuritmali tikuv mashinasi. Tikuv mashinasini ishga tayyorlash va ipsiz tikish


Download 1.39 Mb.
bet47/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Yangi dars bayoni: Qo'l yuritmali tikuv mashinasi. Tikuv mashinasini ishga tayyorlash va ipsiz tikish
Hozirgi kunda tikuv mashinalarining ko'plab turlari mavjud bo`lib, ularning ishga tushirilishiga qarab uch turga ajratish mumkin:

  1. Qo'l yuritmali tikuv mashinalari.

  2. Oyoq yuritmali tikuv mashinalari.

  3. Elektr yuritmali tikuv mashinalari.

Har qanday tikuv mashinasi bir necha qismlardan tuzilgan va ular har xil metallar qotishmasidan tayyorlangan. Tikuv mashinasining (1-rasm) qismlari va asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat: 1 platforma, 2 — baxya rostlagichi, 3— qo'l yuritma korpusi, 4—ip o'ragicha, 5— maxovik, 6—yeng, 7—ip tortgich, 8— tepkini ko'taruvchi richag, 9—yuqori ipni tortish rostlagichi, 10— nina yuritgich, 11—moki moslamasi, 12—qisish tepkisi, 13—nina plastinkasi, 14—platforma qutisi.
Qo'l yuritma (2-rasm).
Uning korpusi 1 da katta— 3 va kichik —5 tishls g'ildiraklar bo'ladi. Katta g'ildirakka yog'och yoki plastmassa dasta —7 li richag — 4 o'rnatiladi va u g'ildirakni aylantira-di. Tishli g'ildiraklar harakatni po'lat tizgin—6 orqali maxovikka uzatadi.Richagni katta tishli g'ildirakdagi uya—2 ga, qo'l yuritma korpusini maxsus vint—8 bilan mashina korpusiga mahkamlanadi. Maxovik valni aylantiradi va mashina ishlaydi.




Tikuv mashinasida ishlashda xavfsizlik qoldalari .
I. Sanitariya-gigiyena qoldalari:
1. Mashina ignasiga old yoki chap tomonidan yorug'lik tushib turishi kerak.

  1. Tikuvchining stuli ignaning to'g'risida bo'lishi lozim.

  2. Tikuvchi tirsagi mashina stoliga to'g'ri kelishi kerak.

  3. Odam tanasi mashina stolidan 10-15 sm narida bo'lib, gavdani to'g'ri tutib, boshini sal egib o'tirishi lozim.

5. Ignadan ko'zgacha oraliq 30-35 sm bo'lishi lozim (3-rasm).



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling