5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet86/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning milliy hunarmandchilik turlariga oid bilimlarini kеngaytirish.
Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni o`zlari qiziqqan kasb-hunarga yo`naltirib borish.
Darsning jihozi: Darslik, to`qimachilik iplari, qaychi, to`qish asboblari.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: Savol-javob, suhbat, guruhlarda ishlash, amaliy mashg`ulot.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy davr.
2.Ma`naviyat daqiqasi.
3.Qiziqarli savol –javoblar.
Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi.
O`tilgan darslar bo`yicha savol-javoblar o`tkazish.
1.Ilmoq yordamida qanday buyumlarni to'qish mumkin?
2.Halqa qanday hosil qilinadi?
3.Ilmoqda zanjir qanday to'qiladi?
4.Chala ustuncha qanday to'qiladi?
5.Xomaki halqasiz ustunchalar qanday to'qiladi?
Yangi mavzu bayoni: Ko'zoynak uchun g'ilof to'qish.
Ko'zoynak g'ilofini to'qish uchun jun, paxta, ipak va sun'iy tolali iplardan va 2-3 raqamli ilmoqlardan foydalanish mumkin.
Asbob va moslamalar: 50 g jun tolali ip va 3 raqamli ilmoq. Ishning tartibi:

  1. 16 ta havoyi halqadan iborat zanjir to'qib olinadi.

  2. Ikkinchi qatorda xomaki halqasiz ustunchalar to'qiladi.

  3. Qatorning oxiriga kelganda ishni teskari tomonga o'girmasdan birinchi to'qilgan zanjir atrofida aylantirib xomaki halqasiz ustuncha­lar bilan to'qiladi.

  4. Shu tariqa ko'zoynak g'ilofi aylana tarzda 15-18 sm uzunlikda to'qiladi (ko'zoynak uzunligiga mo'ljallanadi).

  1. G'ilofning kirish qismiga qopqog'ini to'qish uchun g'ilofni aylana qismining yarmini konus shaklida to'qib tugatiladi, ya'ni 16 ta halqa har qa­torda 2 tadan kamaytirib boriladi.

  1. Ishning so'ngida g'ilofning qopqog'i yopiq tu-rishi uchun 10 ta zanjir to'qilib petlya hosil qilinadi.

  2. Ko'zoynak g'ilofining ikkinchi tomoniga ilmoqdan foydalanib tugma to'qilishi yoki bezak sifatida ip rangiga moslab tugmacha tikib qo'yilishi

mumkin (1-rasm).

8. Ko'zoynak g'ilofi qattiqroq bo'lishi uchun tayyor g'ilof ichiga g'ilof kengligiga va ko'zoynak uzunligiga moslab yumshoq karton qo'yish mumkin.


NI-8 uchun savollar: 1. Ko’zoynak g’ilofini to’qish uchun kerakli asbob va moslamalar. 2. Ko’zoynak g’ilofini to’qish tartibi. 3. Ko’zoynak g’ilofini bezash. 4. Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. 5. Ish o’rnini tashkil etish va yig’ishtirish.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling