5-sinf uchun diktant matni Belbogʻ
Download 20.08 Kb.
|
diktant matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-sinflar uchun diktant matni Muqaddas burch
5-sinf uchun diktant matni Belbogʻ Oʻsha paytlar yosh bola edim.Koʻzimda oʻt chaqnab turardi.Oʻyindan boshqa tashvishim yoʻq edi. Baʻzi narsalarga aqlim ham yetardi. Bir kuni onam chaqirib qoldi.Qoʻllarida nimadir bor edi. Qand boʻlsa kerak.Yoʻq. Boshqa narsa ekan. Borganimdan soʻng uni belimga bogʻlab qoʻydilar. Onamdan buning nima ekanligini soʻradim. —Bu belbogʻ seniki.Otangda ham bor, bobongda ham bor, uning bobosida ham boʻlgan. Baxting shunda, belbogʻingni yecha koʻrma! —dedilar onam. Shu-shu bu belbogʻ menga aziz boʻlib qoldi. Uni hech kimga ishonmadim. Chang-dogʻ tegmasin deb asradim. Iplari soʻkilmasin, deb juda hushyor boʻldim. Yoshim ulgʻaygan sari uni ham yaxshi koʻraverdim. Birovga berishni xayolimga ham keltirmadim. Endi u orim, nomusim, gʻururimga aylangandi. Unda otamning qoʻllari, onamning nurli siymosi, yaqinlarimning tafti bor.Shukur, belbogʻim —orim, faxrim, bor-budim oʻzimda. Belbogʻimdagi “Vatan” degan yozuvni koʻzlarimga surtaman. (133 soʻz. Behzod Fazliddin, “Hikoyalar”) 11-sinflar uchun diktant matni Muqaddas burch Bu dunyoda aziz-u mukarram etib yaratilgan inson boshqa mavjudotlarga nisbatan koʻproq tuhfaga ega. Ulardan biri har birimiz uchun ona sutidek muqaddas boʻlgan ona tilimizdir.Hali murgʻaklik paytimizdan boshlab bu tilda munis onalarimiz allasini tinglab, tilimiz tarovatini his etgan boʻlsak ne ajab? Ulgʻaygan sayin olamni koʻzimiz, ongimiz va tilimiz orqali anglay boshlaymiz. Tuygʻularimizni shu til yordamida ifoda etamiz. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy taʻbiri bilan aytadigan boʻlsak, til—insoniylikning bosh fazilati. Unda millatning ruhi, butunligi namoyon, orzu-umidlari mujassam. Hazrat Navoiy bobomiz tilimizning jonkuyar targʻibotchisi sifatida uning dongʻini dunyoga taratdi. Ona tilimiz dovrugʻini asarlari orqali yetti iqlimga yoydi. Alisher Navoiy ona tili boyligini shunday taʻriflaydi: “Tilimiz oʻn sakkiz ming olamdan boyroq boʻlgan shunday bir xazinaki, har bir dur-u gavhari osmon yoritqichlaridan ham porloqroq, shunday bir gulzorki, har bir guli chaman lolalaridan goʻzalroʻq”. Tildan ravon fikr – millatning soʻz boyligidan dalolat. Oʻzbek tili purhikmat, dono fikr va ifodalarga boy. Topib aytadigan oʻzbekona lutfdan koʻra oʻktam va qaynoq soʻz boʻlmasa kerak. Tilimizdagi loʻnda va pishiq iboralar esa har bir kishini hayratga solishi shubhasiz, tobora ravnaq topaveradi. Muhimi ona tilimizga boʻlgan munosabat faqat qonun va qarorlarda qolib ketmasligi, aksincha, mehr boʻlib jismu-jonimizni egallashi, ruhiyatimizga koʻchishi lozim. Ona tili hayot qadar muhim, jon qadar aziz. Uni doimo asrab-avaylash, qadrlash, avloddan-avlodga toʻkis yetkazish muqaddas burchimiz. (210 soʻz. Gazetadan) Download 20.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling