5-t-ot-s-20-guruh talabasi usanov aliqulning O’zbekiston tarixi fanidan
Download 0.56 Mb.
|
AVESTO KURS ISHI TAYYOR
2.2.ОILA
Jamiyat a’zolarining yarmidan ko’pini ayollar tashkil qiladigan xotin-qizlar barcha zamonlarda moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratishda erkaklar bilan zahmat chekib kelganlar. Ko’hna Sharq tarixida ayollarning mardligi, jasorati xususida ko’plab misollar keltirilgan. Shuning uchun ham hamma ma’naviyati yuksak yurtlarda ayollar oila sardori – ona, elning teng huquqli a’zosi sifatida ezozlangan, erki muhofaza qilingan.”Avesto”da ham oila erki, xotin- qizlarning jamiyatda tutgan o’rni , onaning oiladagi mavqei masalari turli o’rinlarda, har xil munosabatlar bilan maxsus qayd etilgan, izohlangan. Zardusht ta’limoticha har bir ota-ona o’z qizini balog'at yoshi (15 yoshga) yetguncha zamonasining barcha hunarlarini bilishni, mol boqish-u ro’zg’or tutishni mukammal o’rgatishi, e’tiqodda bosiq, axloqda pokiza qilib tarbiya etish, qiz tushgan xonadonning obodonligini ta’minlashga zamin yaratadi, qaynota va qaynona, kuyov hurmatini qozonadi, yangi oila mustahkamligini ta’minlaydi. Buning uchun qiz ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan barkamol bo’lmog’i zarur. Bunda onaning roli va mavqei yuksakdir. “Avesto”ning juda ko’p o’rinlarda bevosita ayollar madhini uchratamiz. Jumladan 3-hotda “Biz barcha ayol va erkaklarning pok raftorlari va ravonlarini madh etamiz” deyilsa, Yashtlarda “Biz pok va shijoatli ayol-u erkaklarning ruhi ravonlarini madh etamiz” degan fikrlarni uchratamiz. Zardusht bo’lsa “Ayol huquqini tahqir etmoq yomon amaldir, u nodonlik belgisidir“degan. Zardusht qizini turmushga berish oldi shunday nasihat qiladi:“Ey Pruchisto, ey kenja qizim, men sening otang ekanman , mazdaparastlik dinining targ’ibotchisi Jomaspni senga jufti halollikga intixob etaman. Endi sen u bilan aqlu farosat bilan masalhat qil, bu maslahatni qabul etsang, poklik rasmi bilan aqdi nikoh bog’laymiz”. Zardusht yana quyidagicha murojaat etadi:“Endi men sizlarga shaxsan murojaat etaman: pandimga quloq soling va aytganlarimni xotirangizga muhrlab qo’ying. Halollik bilan kun kechirish yo’lida g’ayrat va shijoatli bo’ling. Har biringiz yaxshi xulqingiz bilan mehr qo’ying, tokim muqaddas er-xotinlikni xursandlik va xushbaxtlik bilan o’tkazing”. Zardushtiylarda nikoh bir umrga muhrlangan, bir erkakka ikki nikoh yoki vaqtincha nikoh ravo bo’lgan emas. Er-u xotinning bir-biriga hiyonati la’natlangan, begona erkak bilan juftlashgan ayol badnon qilinib, jazolangan va nikohdagi eri uchun “harom” hisoblangan. Bundan tashqari, “Avesto”da oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma-shosharlikga yo’l qo’ymaslik, ota-ona keksalar maslahatiga quloq solingan va ularga ravshan andisha bilan qarang. Yaxshi bilan yomonni ajratishgfa diqqat qiling. Har bir erkak va ayol fursatni boy bermay, o’zi to’g’ri yo’lni tanlasin, tokim hayoti pok xiradmand yor bilan o’tadigan bo’lsin”. Zardo'shtiylikda ko'pxotinlik qat'iy man etilgan. Ayni paytda hayotni bo'ydoq o'tkazish ham qoralangan. balog'atga yetgan qiz bola ota-ona, jamoaning ra'yini pisand qilmay, o'zidan zurriyot qoldirishni istamay, qasddan turmushga chiqmay umrguzaronlik qilib yursa, u qopga solinib, 25 darra kaltaklanish bilan jazolangan; yigit zurriyot qoldirish qobiliyati bo'la turib, ataylab uylanmay yursa, uni badnom qilinish maqsadida har doim temir kamar bog'lab yurishga majbur qilingan. Bundan tashqari, "Avesto"da oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma-shosharlikka yo'l qo'ymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq tutish xususida ham diqqatga molik mulohazalar mavjud:"Ey mardum, o'zgalarnng yaxshi maslahatlariga quloq tuting va ularga ravshan andisha bilan qarang. yaxshi bilan yomonni farqlashga diqqat qiling. Har bir erkak va ayol fursatni boy bermay, o'zi to'g'ri yo'lni tanlasin, tokim hayoti pok va xiradmand yor bilan o'tadigan bo'lsin". Jumladan, turmushga chiqish va uy bekasi bo’lishning besh turi ko’rsatilgan: 1) Podshoh xotin. Buning ma’nosi shundaki, yigit va qiz ota- onalarining roziligi bilan turmush quradilar. Bunda onalarning mavqei baland bo’ladi. 2) Ayuqxotin, ya’ni” yakkabonu “. Agar yigit biron oiladagi yagona farzand – qiziga uylansa , oldindan bu xonadonni yakkalab , merosxo’rsiz qoldirmaslikga va’da beradi, yangi oilada tug’ilgan birinchi o’g’il bobosi-yu buvisining nomiga o’tkaziladi va bola ularning merosxo’ri bo’ladi. 3) Chokar xotin. Avvalgi jufti halolidan ajralgan erkak yoki o’ziga yangi turmush o’rtog’i tanlaydi. Zardushtiylik e’tiqodicha, er yoki xotin vafotidan so’ng oldingi jufti halolligiga nikoh sohibi hisoblanadi. Binobarin, ikkinchi er yoki xotin oldingisining chokari hisoblanadi. Shuningdek, er farzand ko’rish ilinjida , birinchi xotin roziligi bilan ikkinchi marotaba uylansa, ikkinchi ayol birinchisiga nisbatan “chokarxotin” hisoblanadi. 4) O’zboshimcha xotin. Zardushtiylik dini qoidasiga ko’ra, o’g’il –qizlar 21-yashor bo’lgunga qadar erkin jufti halol tanlash huquqiga ega emas. Agar yigit qiz bilan ahdu- paymon qilib, ota-onalar roziligisiz nikohdan o’tmoqchi bo’lsa, jamoa vakillari bunday to’yni o’tkazishgan. Ammo mu’bad nikoh o’qiganda “tomonlar ota- onalarining roziligisiz turmush qurayotganlari uchun ularga tegajak merosdan mahrum etiladilar” degan jumlani qo’shib qo’ygan. Bu kelin “xudsar – o’zboshimcha xotin” nomini olgan. Sittar xotin. Agar er xotin uzoq muddat yashasalar-u zuriyot ko’rmasalar yoki ko’chaga birov tashlab ketgan bolani olib “farzandxond” qilib olishsa, bu oila ayoli “Sittar xotin” bo’ladi.9 “Avesto”da aynan shu bobga doir nikohni bekor qilish va taloq masalasi izohlanadi. Bu yerda ham er-u xotinning teng huquqli alohida e’tirof etiladi va nikoh bekor qilinishining quyidagi holatlari sanab o’tilgan: 1.Nikohdan so’ng tomonlarning birida asabiy noqishlik , telbalik alomati zohir bo’lsa, solim tomon bu nikohdan voz kechish huquqiga ega. 2.Er erkaklik qobiliyatiga ega bo’lmagan taqdirda ayol taloq qilish imkoniyatidan foydalana oladi. 3.Uch yil davomida ham er oilaning moddiy jihatini ta’minlay olmay, hatto ayolini boqa olmasa, xotin bunday erni tashlab keta oladi, ya’ni taloq qila oladi. 4.Agar tomonlar bir-birlarining boshqa er va xotin bilan zino qilganliklarini eshitsa yoki sezsa, bunday nikoh “harom” bo’ladi hamda tomonlar bir-birlarini taloq qiladilar. 5.Agar xotinning hayoti er zulmidan xavf ostida qolsa, u o’z juftini taloq qila oladi. 6.Xotin o’z eridan qoniqmay , nojuya, g’ayrishar’iy hatti- harakatlar qilsa, erkak bunday ayoldan voz kecha oladi. Erkak kishi uylanish paytida oldingi xotinini bekitsa, to’ydan keyin bu sir fosh bo’lsa, bunday nikoh botil hisoblanadi. 7.Erkak yoki ayol Zardusht dinidan yuz o’girsa, ya’ni boshqa dinini qabul qilsa, taloq vojibdir. Zardushtiylikda oila muqaddas sanalganligi uchun boshqa sabalarga ko’ra, jumladan ig’vo, tuhmat, er-u xotinning o’zaro kelishmovchilikiga , ota-ona bilan chiqisha olmaslik bahonasi bilan nikohni bekor qilishiga yo’l qo’yilmagan. Xotin qizlar orasida uchrab turadigan bo’hton, chaqmachaqarlik, xusumat gunohi azim sifatida qattiq qoralangan, gap tashuvchi , ig’vogarlar darra urish bilan jazolangan. Quyidagi fikr ayol zotining jamiyatda, oilada, insoniyat tarixida tutgan o’rniga berilgan eng adolatli bahoday to’yiladi : “ Dastalki kundayoq Ahuramazdo ayollarga buyurdi: Ey ayol! Seni e’tiqodli va pahlavon erkaklarni vujudga keltirib, mehr to’la og’ushingda parvarish et, deb yaratdim. Toki ular nodurustlik va poklik ildizini yer yuzidan yo’qotsinlar“. Shunisi ahamiyatga molikki, “Avesto“da ayollar nomi ham ramziy mohiyatga ega ekanligi izohlangan. Masalan, yodgorlik matnida xotinlar "Rita siyabonu" yoki "Oshabonu" deb atalgan. Buning ma’nosi “Poklik va rostlik nuri"dir. “Bonu“ so’zi ham “Charog’on, yorug’lik“ ma’nosini anglatadi. “Matri”, ya’ni “Ona“ so’zi “tarbiyalovchi“ ma’nosida izohlangan; “Avesto“da singil so’zi “Sovasri“ shaklida qo’llanilgan bo’lib, “muqaddam va xayrixoh “ ma’nosini anglatadi. Xullas, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ajdodlarimizning oila va xotin – qizlarni mukarram tutish haqidagi peshqadam fikrlar o’z ifodasini topgan. Eng muhimi, zardushtiylik e’tiqotidagi bobolarimiz oilani jamiyatning muqaddas bo’lagi, deb bilib, uning rivoju ravnaqi, mustahkamligi uchun kurashishgan. 3.ZАRDUSHTNING PAND NASIXATLARI Dono o’z aqlu farosati bilan nodon qalbini yorutmog’i lozim . Dono o’zgalarni o’z bilimidan bahramand etmog’i zarur . Ey mardum! Shunday kishi gapiga quloq tutginki, u donishmand va rostlik tarafdori bo’lsin. Kim farosatli , oqil va to’g’ri bo’lsa, parvardigori olam uning homiysidir . Keksalar gapiga quloq soling va andisha bilan mulohaza yuritib, yaxshi bilan yomonni o’zingiz ajratib oling. Otashdek pok va duraxshon bo’ling! Pokhilqat kishigina Tangri inoyatiga erishadi. Ey Axuramazdo! Seni qalb ko’zi bilan ko’rgandagina hamma narsaning yaratuvchi va boshlovchi, pok ruhning moyasi sen ekanligingni angladim. Ey Axuramazdo! Bizni o’zingning muqaddas aqling moyasidan bahramand et. Jahonga haqorat ko’zi bilan qaraydigan kishilar poktiynatlikdan yiroqdirlar. Poktiynat kishilar to’g’rilik va do’stlik tarafdorlaridirlar. Pok xulqli yurt hamisha yuksalish va taraqqiyotda bo’ladi. Jannat muqaddas mazdoga aql bilan payravlik qilganlarga nasib etadi. Axuramazdagina o’g’il qalbiga Osha ehtiromini jo etadi. Kishilar yaxshi xulq bilan kamolot va mangulikka erishadilar. Yaxshilik odamni mangulik kishvari – jannatga eltadi. Har bir kishi andisha, guftor va kirdorda muqaddas aqlga suyanmog’i lozim. Ey Mazdo! Jahonda sulhu tinchlikni ta’minlaydigan donishmandlikning padari ensan? «Avesto» zardo’shtiylik dinining muqaddas kitobidir. Uning yaratilish vatani – Markaziy Osiyo. Shu sababli bu kitob Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Avesto o’z davrining tarixi, fani, madaniyati, urf-odatlari, adabiyoti, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti to’g’risida ma’lumot beruvchi qomusiy asardir. «Avesto» yaratilgan vaqtda 30 nask - kitob (qismdan) iborat bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Markaziy Osiyoga turli bosqinchilarning kirib kelishi, zardo’shtiylik diniga sig’inuvchilarning ta’qib qilinishi natijasida kitobning ko’p qismi yo’qolib, oz qismi saqlanib qolgan. Bu xususda Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida shunday yozadi: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida «Avesto»ning o’n ikki ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtdan beri «Avesto»ning beshdan uch qismi yo’qolib ketdi. «Avesto» o’ttiz nask edi. Ma’jusiylar qo’lida o’n ikki nask chamasi qolgan». «Avesto»ning qisqargan shakli «Zand Avesto» deb nomlangan. U pahlaviy, sanskrit (qadimgi hind) tiliga tarjima qilingan va sharhlar bitilgan. U bir necha marta Yevropa tillariga, jumladan, rus tiliga ham ag’darilgan. «Avesto»ni o’zbek kitobxonlari A.Mahkam, M.Isoqov va boshqalar tarjimasida o’qishmoqda. Yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash «Avesto»ning bosh g’oyasidir. Yaxshilik ramzi – yakka xudo Axura Mazda, yomonlik ramzi – Ahramandir. Hozirgacha 10«Avesto»ning ikki varianti mavjud. Birinchisi faqat «Avesto»ning o’zidan iborat. Ikkinchisi esa pahlaviy tilidagi sharhli tarjimadan tashkil topgan bo’lib, u bir necha qismlarga ajratilgan. Ular quyidagilar: 1. Vendidot. Axura Mazda bilan Zardushtning savol-javobi tarzida bitilgan. Jami 22 bob. 2. Visparad. Ibodat qo’shiqlari berilgan. Jami 24 bob. 3. Yasna. Qurbonlik qo’shiqlari, xudolar madhiyasi hamda diniy marosimlar tavsifi berilgan. U 72 bobdan iborat bo’lib, 17 bobi gotlar – madhiyalar deb atalgan. 4. Yasht. 22 qo’shiqdan iborat. Qo’shiqlarda zardushtiylik xudolari va ma’budalari madh etilgan. 5. Kichik Avesto. Quyosh, Oy, Ardvisura, Varxra kabi xudo va ma’budalar madh etilgan ibodat qo’shiqlari beriladi. «Avesto» o’zbek ilm-fanida, xususan, N.Mallayev, F.Sulaymonova, B.To’xliyev, T.Mahmudov, N.Norqulovlarning tadqiqotlarida tahlil etilgan. «Avesto» diniy kitob bo’lish bilan birga, eng avvalo, u nodir adabiy yodgorlikdir Asar she’riy yo’l bilan yozilgan. Qadimda yashagan xalqlarning og’zaki adabiy merosi berilgan. Kayumars, Yima, Gershasp, Arjasp, Mitra haqidagi asotir hamda afsonalar qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklardir. «Avesto»da osmon jismlarida ilohiylik belgilarining ko’rsatilishi turkiy xalqlarning diniy e’tiqodlariga yaqin turadi. Jumladan, quyosh xudosi Mitra haqidagi tasavvurlar shunday xususiyatga ega. «Avesto»da qadimgi turkiy qavmlar va ularning hukmdorlari, qahramonlarining badiiy tasvirlari ham ifodasini topgan. Unda turkiylar tur nomi bilan beriladi. Turkiy va forsiy xalqlar adabiyotida Afrosiyob, Siyovush, Kayxisrav haqida yaratilgan turkum rivoyat va afsonalarning dastlabki namunalari «Avesto»da yaratilgan. «Avesto»dagi mifologik obrazlar o’zbek xalq og’zaki ijodi taraqqiyotiga ham sezilarli darajada ta’sir ko’rsatgan. Buni o’zbek xalq og’zaki ijodida mavjud ayrim obrazlarning tug’ilishi zardo’shtiylik bilan bog’langanligi misolida ko’rish mumkin. «Avesto»da ilk foniy odam – Gaya Marta haqida rivoyatlar keltirilgan. U zardo’shtiylikda yer yuzida yashagan birinchi odam sifatida tasavvur etiladi. O’rta asr manbalarida uning nomi Gavomard, Gayomat, Gopat shoh, Qo’bodshoh, Kayumars tarzida bitilgan. Gaya Marta ikki vujudli, ho’kiz va odamdan tashkil topgan. Uni ezgulik xudosi Axura Mazda Dantiya daryosining bo’yidagi Ar’yana Vejada yetmish kun mobaynida yaratgan. Daryoning chap sohilida odam, o’ng qirg’og’ida ho’kiz turgan. Gaya Marta insoniyat dushmani Axriman tomonidan o’ldirilgan. Devlar unga ho’kiz terisini yopib, abadiy qolishni buyurgan. Folklorshunos M. Jo’rayev Jo’mard qassob nomining kelib chiqishini mifologik afsonalar asosida shunday izohlaydi: «Qadim zamonlarda Gavmard ismli kishi bo’lgan ekan. Uning Baqar (Ho’kiz) degan do’sti ham bor ekan. U bir kuni ertalab uyqudan uyg’onib qarasa, hamma yerlar ko’m-ko’k ekan. Shunda u qari kishilardan: «Bu qanday hol?» deb so’rabdi. Qariyalar: «Bu – navro’z, u qish fasli tugaganidan darak berayapti», - debdilar. Shu payt shayton kelib vasvasaga solibdi, Gavmard o’z do’stini o’ldirib, go’shtini pishirib, dasturxonga tortibdi. Boshqa odamlar bo’lsa, yerda ko’kargan o’tlardan ovqat tayyorlab, dasturxonga qo’yibdilar. Gavmardning qilgan ishidan xabar topgan odamlar: «Iloyo juvonmarg bo’l!» - deb qarg’abdilar. Shundan so’ng uning nomi Juvonmarg bo’lib, keyinchalik Jo’mard deb atala boshlangan ekan. Navro’z bayramini nishonlash, dasturxonni ko’katlardan tayyorlangan taomlar bilan bezash va go’shtni iste’mol qilish o’sha vaqtdan qolgan deydilar. Jo’mardni bo’lsa, qassoblar o’zlariga pir deb bilishar ekan». Bu afsona o’zbek xalq og’zaki ijodi mahsulidir. Lekin unda «Avesto»da Angro Maynyu boshchiligidagi yovuz kuchlar Dantiya daryosining chap sohilidagi odam Gaya Marta va o’ng qirg’og’idagi Buqaga qilgan xuruji ma’lum darajada o’z ifodasinitopgan. «Avesto» eramizdan oldingi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan. Uning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-1000 yillarga taalluqli, deb qaraladi. «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan nusxalarida Eron shohi Kayxisrav va Turon shohi Franhrasyan (Afrosiyob) o’rtasidagi munosabatlar ifodasini topgan. Bunday tarixiy voqyelik miloddan avvalgi 620 –yillarga to’g’ri keladi. «Avesto» zardo’shtiylik dinining muqaddas kitobidir. Uning yaratilish vatani – Markaziy Osiyo. Shu sababli bu kitob Markaziy Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligidir. Avesto o’z davrining tarixi, fani, madaniyati, urf-odatlari, adabiyoti, iqtisodiy-ijtimoiy hayoti to’g’risida ma’lumot beruvchi qomusiy asardir. «Avesto» yaratilgan vaqtda 30 nask - kitob (qismdan) iborat bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Markaziy Osiyoga turli bosqinchilarning kirib kelishi, zardo’shtiylik diniga sig’inuvchilarning ta’qib qilinishi natijasida kitobning ko’p qismi yo’qolib, oz qismi saqlanib qolgan. Bu xususda Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida shunday yozadi: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida «Avesto»ning o’n ikki ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o’sha vaqtdan beri «Avesto»ning beshdan uch qismi yo’qolib ketdi. «Avesto» o’ttiz nask edi. Ma’jusiylar qo’lida o’n ikki nask chamasi qolgan». «Avesto»ning qisqargan shakli «Zand Avesto» deb nomlangan. U pahlaviy, sanskrit (qadimgi hind) tiliga tarjima qilingan va sharhlar bitilgan. U bir necha marta Yevropa tillariga, jumladan, rus tiliga ham ag’darilgan. «Avesto»ni o’zbek kitobxonlari A.Mahkam, M.Isoqov va boshqalar tarjimasida o’qishmoqda.11 XULOSA “Avesto”da ajdodlarimizning qadimgi tibbiy va tozalik haqidagi qarashlari mujassamlangan.Ayniqsa, uy-ro’zg’or ozodaligi, atrof-muhit pokizaligi, tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi fkrlar hamon dolzarbdir. Bundan tashqari birinchi tabib va uning faoliyati bilan bog’liq samoviy mif ham batafsil bayon etilgan.”Bundaxshin”dagi dalillarga qaraganda, “Avesto”da yuz-qo’lni, sochni bir kunda bir necha marotaba yuvishga da’vat etilgan. Soch va tirnoqlarni o’z vaqtida tozalab olib turish, ularni odamlar nazari va qadami tushmaydigan, parranda , it va mushuk kavlab olmaydigan darajadagi chuqurlikka ko’mib qo’yish, tushgan tishni ehtiyotlash haqidagi mulohazalar hamon xalqimiz turmush tarzida saqlanib kelmoqda. ”Bundaxshin”dagi tibbiyotga, atrof- muhitni muhofaza qilish, oila va shaxsiy gigeyenaga doir qator mulohazalar yuqoridagi dalillarni yanada to’ldiradi. Demak, «Avesto» faqat diniy kitob emas. U turkiy xalqlarning ham adabiy yodgorliklari va e’tiqodlari ifodalangan, qadimgi o’zbek xalq og’zaki ijodi shakllanishiga samarali ta’sir ko’rsatgan nodir yozma asardir. «Avesto»dagi mifologik obrazlar o’zbek xalq og’zaki ijodi taraqqiyotiga ham sezilarli darajada ta’sir ko’rsatgan. O’zbek mifologiyasida suv xudosi haqida bitilgan afsonalarning boshqa namunalari ham mavjud. Adabiyotshunos N.Mallayev «O’zbek adabiyoti tarixi» darsligida suv xudosi va kishilarni halokatdan qutqaruvchi qahramon Xubbi obrazi yaratilgan quyidagi mazmundagi afsonani keltiradi: Juda qadim zamonlarda Farudin va hatto Jamshid zamonasidan burun Amudaryoda Xubbi degan bir yigit bo’lgan ekan. U bir qo’li bilan baliq tutar, ikkinchi qo’li bilan uni quyoshga tutib turar, baliq bir zumda pishar ekan. Xubbi shu xilda baliq yeb, Amudaryoda yetti yuz yil yashabdi, daryoni qo’riqlabdi, biroq yomon ruh, hattoki chivin ham daryoga yaqin yo’lashga botina olmabdi. Xalq suvga ma’mur bo’lib, shad– xurram yashar ekan. Biroq Jamshid zamonasiga kelib Xubbi g’oyib bo’libdi. Kishilar uni osmon suvlarining hukmroni bo’lgan qiz o’g’irlab ketgan deb faraz qilibdilar. Buni o’zbek xalq og’zaki ijodida mavjud ayrim obrazlarning tug’ilishi zardo’shtiylik bilan bog’langanligi misolida ko’rish mumkin. Shunisi ahamiyatga molikki, “Avesto“da ayollar nomi ham ramziy mohiyatga ega ekanligi izohlangan. Masalan, yodgorlik matnida xotinlar "Rita siyabonu" yoki "Oshabonu" deb atalgan. Buning ma’nosi “Poklik va rostlik nuri"dir. “Bonu“ so’zi ham “Charog’on, yorug’lik“ ma’nosini anglatadi. “Matri”, ya’ni “Ona“ so’zi “tarbiyalovchi“ ma’nosida izohlangan; “Avesto“da singil so’zi “Sovasri“ shaklida qo’llanilgan bo’lib, “muqaddam va xayrixoh “ ma’nosini anglatadi. Xullas, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ajdodlarimizning oila va xotin – qizlarni mukarram tutish haqidagi peshqadam fikrlar o’z ifodasini topgan. Eng muhimi, zardushtiylik e’tiqotidagi bobolarimiz oilani jamiyatning muqaddas bo’lagi, deb bilib, uning rivoju ravnaqi, mustahkamligi uchun kurashishgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling