5-variant 1-topshiriq. Nazariy savollarga javob yozing
Download 17.88 Kb.
|
2 5318783513913208059
5-variant 1-TOPSHIRIQ. NAZARIY SAVOLLARGA JAVOB YOZING. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi haqida nimalarni bilasiz? Odatda, bola olamga kelibdiki, onani taniydi, uning hidini, qadam tashlashini, nafas olishini darhol sezib oladi. Ona bir qadam o’zidan uzoqlashsa harhasha qiladi, yig’laydi. Chunki bu norasida onananing qornidayoq uni o’ziga kashf qilib olgan. Shu onaning ko’magida atrof-muhit bilan, o’zini qurshab olgan olam bilan tanishadi. Onaning allasi, qo’shig’i, ertagi murg’ak qalbida bir umrga muhrlanib qoladi. Folklor va yozma adabiyot namunalarini tinglab, voyaga etayotgan bolalarning o’yinlari, sho’xliklari, xayollari, qiziqishlari, gap-so’zlari... – bular bolalarning ma’naviy dunyosini boyitadigan omillardan biridir. Alla, ertak, topishmoq, maqollarda kuzatganimizdek, odamlarga, jonivorlarga, tabiatga bo’lgan mehr-muhabbat, do’stlik va o’rtoqlikning ilk tuyg’ulari, yaxshilikka nisbatan uyg’ongan dastlabki minnatdorchilik hissi, har narsaga chanqoqlik bilan qiziqib qarash kabilarning barchasi bolaning ma’naviy dunyosini boyitishi, uning xayoli va tasavvurini kengaytirishi lozim. Bu davr bolalar kitobxonligi, asosan, ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o’qish, yozish va chizishni bilmaydiganmaktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan butunlay bexabar bo’ladilar.Shunga qaramay kichkintoylar o’zlarini qurshagan olamni tezroq bilib olishga, uni o’rganishga intiladilar. Bunda ota-onalar va tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, yani ularga badiiy asarlardan parchalar o’qib berishlari lozim. Bu davr bolalariga o’qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo’lishi talab etiladi. Shuningdek, bunday kitoblarning rasmlari rahg-barang, harflari esa yirik-yirik bo’lishi maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning ko’pchiligini alla-qo’shiq, ertak, topishmoq, maqol,tezaytish xalq og’zaki ijodiy asarlari tashkil etadi. Bundan tashqari, yozuvchilar asarlar ham maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun qo’l keladi. Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan asarlar ularga zavq-shavq bag’ishlaydi. Jumladan, bolalar shoiri Anvar Obidjonning “Suhbat”, Shukur Sadullaning “Lola va mushuk” kabi she’rlari misol bo’la oladi.Xulosa qilib aytganda, bolalar o’zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona yurtga mehr-oqibatli bo’lishni, tabiatni asrashni va mehnatni sevishni o’rganadilar, eshitgan ertak qahramonlarini xatti-harakatlarini baholashga o’rganadilar.Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar adabiyoti – o‘ziga xos adabiyot. Bu o‘ziga xoslikning asosini uning o‘quvchilariga emas, asosan eshituvchi tinglovchi bolalarga mo‘ljallanganidan izlash kerak. Bu adabiyotning kattalar, kichik va o‘rta yoshli maktab o‘quvchilari adabiyotiga o‘xshash va farqli xususiyatlari bor. Bu adabiyotning kattalar, kichik va o‘rta ishli maktab o‘quvchilari adabiyotiga o‘xshash va farqli xususiyatlari bor. Bu xususiyatlarning ba’zilari haqida fikr – yuritdik. - Barcha yoshdagi o‘zbek bolalar marsining mavzulari, g‘oyalari, obrazlari nihoyatda xilma – xil. Bu asarlarning pedagogik – tarbiyaviy ahamiyati shundaki, ularda insoniylik, adolatparvarlik, mehnatsevarlik, o‘rtoqlik, do‘stlik, to‘g‘rilik, xalollik, oqillik, qo‘rqmaslik, jasurlik, va boshqa ijobiy fazilatlar ulug‘lanadi: qo‘rqoqlik, munofiqlik, xudbinlik, xosiyolik, dangasalik, aldamchilik, ayyorlik, manmanlik, odobsizlik kabi yomon hulq - atvorlar qoralanadi: Adiblarimiz o‘zlarining eng yaxshi asarlarida badiiylikning asosiy bklgilarini tashkil etuvi aks ettirish va obraz yaratish usullari vositalaridan foydalanganlar va maktabgacha yoshdagi bolalar adabiyotining o‘ziga xosligi masalalariga rioya qilganlar. - Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar narsaning janrlari kattalar va maktab o‘quvchilari nasriga nisbatan unchalik ko‘p emas. Bog‘cha yoshdagi bolalar nasrida yirik hajmli, murakkab qurilmali asarlar – roman qissa janrlarida yozilgan asarlar ham uchramaydi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi jahon bolalar nasriyda bo‘lganidek shu yoshdagi. O‘zbek bolalar nasrining ham eng taraqqiy etgan janrlari ertak va hikoyadir.O‘zbek adabiyotlari insonparvarlik, vatanparvarlik, baynalminal, ahloqiy tarbiyaviy va boshqa g‘oyalarini kichkintoylar qalbiga qiziqarli, ta’sirli shakllarda etkazishda erotak va hikoya janrlarining o‘ziga xos badiiy xususiyatlaridan ijodiy foydalanganlar. Abdulla Avloniy –islohotchi va pedagog sifatida bolalar adabiyotidagi o’rni. Uning pedagogik qarashlari bugungi kunda o`zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur o`rganishga qiziqish ortib bormoqda.U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajrata-di. “Yaxshi xulqlar” deb nomlangan birinchi qismida u 31 fa-zilat, “Yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20 il-latga ta`rif beradi. O`z mulohazalarini dalillash uchun Qur-`on oyatlari va hadislardan, shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa`diy, Mirzo Bedil singari mashhur mutafak-kirlarning fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy katego-riyaga o`z munosabatini bildirgach, o`sha fikrning mazmunini ifodalovchi bayt yo biror maqol-hikmat ilova qiladi. Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni suymak kabi fazilatlarni kiritsa, g`azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning belgilari deb biladi. Avloniyning ma`rifatparvarlik va milliy uyg`onish g`oyalarini kuylagan dastlabki she`rlari o`zbek milliy uyg`onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo`lib qoladi. U bu turkumga mansub she`rlarida o`zbek mumtoz adabiyotidagi she`riy shakllarni katta ijtimoiy mazmun, ma`rifatparvar-lik g`oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi. Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she`r va masallar yozgan. SHoir bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan. Uning ko`pgina she`rlari zamirida Vatanni sevish g`oyasi yotadi. SHoir bu she`rlarida Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o`sha 10-yillarning o`rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta`rifini boshlab, “Tog`laridan konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi o`ta yoqumlik, CHo`llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona diyorga katta mehr uyg`otishga erishadи. Ma`rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she`riya-tida markaziy o`rin egallaydi. SHoir ilm-fanning fazilat-larini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar shoir she`rlarida ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga ko`tariladi, “jaholat” va “nodon-lik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi. Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom” asari ham mavjud. Ushbu asar boshlang`ich maktablarning o`quvchilariga mo`ljallangan. Bu asar birinchi marta 1910 yilda Munavvarqori tomonidan Toshkentda Il’in bosmaxonasida bosilgan. Mustaqillik yillarida esa Zokirxon Afzalov SHokirxon o`g`li tomonidan 1994 yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan. Risolada Odam alayhissa-lomdan Muhammad alayhissalomgacha o`tgan payg`ambarlarning qissalari va zuhuri islom zikr etilgan. Islom tarixi fanida payg`ambarlar tarixi, payg`am-barimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari va Islom dini tarixi, shuningdek, ilk xalifalik davri tarixi uch bosqichda o`rganiladi. Nasiruddin Rabg`uziyning “Qissayi Rabg`uziy”, Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari payg`ambarlar tarixiga oid bo`lsa, Alixonto`ra Sog`uniyning “Tarixi Muhammadiy”si ikkinchi va Rizoud-din ibn Faxrud-dinning “Xulafoi roshidin” asari uchinchi davrni o`z ichiga oladi. Abdulla Avloniy asari mana shu uch davrni mujassam-lashtirgan. Adibning asosiy ko`zlagan maqsadi millat kelajagi bo`lgan bolalarni boshlang`ich sinf-danoq qisqacha bo`lsa-da Islom tarixi bilan tanishtirish, diniy ma`rifatlarni oshirish, ularning qalblariga iymon nurini singdirish bo`lgan. Abdulla Avloniyning bu asari tahsinga sazovordir. Po’lat Mo’minning “Qovoqvoy va Chanoqvoy” dramasi tahlili. 4 Sharl Perroning “Zolushka” ertagidagi ilgari surilgan g’oya? Sharl Perroning barcha personajlari yorqin, pishiq-puxta tasvirlangani bilan ajralib turadi. Ularning ko’pchiligi odamlarni, hayvon-u parrandalarni sevib, erkalab, e’zozlaydigan oliyjanob bolalardir. Zolushkani („Zolushka“) olib ko’raylik. Uni o’gay ona-yu qizlar hush ko’rmaydilar, xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani juda sevadi. Uning o’z baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi. Zolushka juda chiroyli, odobli, shirinso’z, kamtarin, odamlarga, jonivorlar-u parrandalarga nisbatan mehribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, halollik va poklik bilan hayotda o’z o’rnini topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli bo’lishi ertak tinglovchisida yaxshi taassurot qoldiradi. Download 17.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling