5 variant Tijorat banklari buxgalteriya hisobining hisob varaqalar rejalari va ularning tavsifi


Download 35.33 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi35.33 Kb.
#1058581
  1   2   3
Bog'liq
5 v


5 variant


  1. Tijorat banklari buxgalteriya hisobining hisob varaqalar rejalari va ularning tavsifi

  2. Banklarda buxgalteriya balansi shakli

  3. Bankning operatsion ish kuni



  1. Hisobvaraqlar rejasi deb, belgilangan tamoyillar asosida tartibga solin-gan hisobvaraqlar ro`yxatiga aytiladi. Yangi hisobvaraqlar rejasi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - buyrug`i bilan tasdiqlanib, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yilning 23 oktyabrida 1181-son bilan ro`yxatga olindi va 2002 yilning 2 noyabridan boshlab qonuniy kuchga kirdi. Yangi hisobvaraqlar rejasiga o`tishning zaruriyati quyidagi asosiy sabablar bilan tavsiflanadi:

Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o`tishni boshlashi munosabati bilan xorijiy saromoyadorlarni jalb qilish va buning uchun ularga tushunarli bo`lgan buxgalteriya hisobini yuritishning zarurligi;
davlat mulkini xususiylashtirilishi va buning natijasida yangi xo`jalik birlashmalari va hisob ob`ektlarining yuzaga kelishi (masalan, moliyaviy qo`yilmalar, gudvill, kursdagi farqlar va boshqalar);
korxonalar faoliyatiga baho beruvchi ko`rsatkichlarni jahon miqyosida taqqoslanuvchanligini ta`minlash.
Hisobvaraqlar rejasidan foydalanishning maqsadi barcha xo`jalik yuri-tuvchi subьektlarda yuz berayotgan xo`jalik muomalalarini buxgalteriya hisobining hisobvaraqlarida bir xil tarzda aks ettirishdan iborat.

Hisobvaraqlar rejasini tuzishning tamoyillari va uning tuzilishi


Hisobvaraqlar rejasini tuzib chiqishda bir qator muhim tamoyillarga rioya qilishga tavsiya etiladi. Masalan hisobvaraqlar rejasi:
asosiy moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun qulay bo`lishi;
kelgusida kompaniya faoliyati tarkibi va doirasini o`zgarishini hisobga olib kengayishga moyil tarzda egiluvchan bo`lishi;
moliyaviy hisobot elementlarining harakati to`g`risida batafsil maьlumot bera olishi lozim.
Bundan tashqari yana bir muhim tamoyil, bu moliyaviy hisobot element-larining likvidlilik darajasi. Ayrim mamlakatlarda, masalan AQShda milliy buxgalteriya hisobi standarti (GAAP)ga asosan oddiy hisobvaraqlar rejasining tuzilishi quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:

Download 35.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling