51 Ilmiy Maqolaning asosiy qolipi nimalardan iborat?


Download 51.9 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi51.9 Kb.
#1597315
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
51-66

Kalit soʻzlar (Keywords)
Kalit soʻzlar maqolani bazalarda qidirish uchun kerak. Mazmuni va
maʼnosi nuqtai nazaridan, kalit soʻzlar annotatsiya va maqolaning mazmuniga yaqin boʻlishi lozim. Kalit soʻzlar bosh kelishikdagi so'zlar orqali ifodalanadi. Kalit soʻzlar soni odatda 10 dona atrofida
boʻlishi tavsiya etiladi va odatda jurnal talablari tomonidan belgilanadi.
Kirish Asosiy qism:
Kirish boʻlimida tadqiqotning zarurligi va dolzarbligi uchun asoslar
keltirilishi kerak. Odatda, kirish boʻlimi toʻrt qismga boʻlinadi:
1) Ilmiy kontekstni yaratish (establishing a context)
2) Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish ( reviewing the literature)
3) Adabiyotlarni oʻrganish natijasida aniqlangan muammolar, oʻrganilmagan
muammolar va oʻrganilmagan boʻshliqlar tavsifi (establishing a research gap)
4) Aniqlangan muammolar va boʻshliqlar asosida tadqiqot maqsadini va
vazifalarini aniqlash (stating a purpose)

53)Ilmiy maqolaning tuzilishiga nisbatan qoʻyiladigan talablar qanday?


Ilmiy kontekstni yaratish:
Ushbu boʻlimda maqolada keltirilgan tadqiqotni katta muammoning qanday bir qismligini koʻrsatish kerak.
Mavzuingizga doir iloji boricha koʻproq maqolalarni oʻqing. Boshqa maqolalarda mualliflar ilmiy kontekstni qanday tasvirlayotganiga katta eʼtibor bering. Ushbu ilmiy kontekstning aniqligi yoki aniq koʻrsatilmaganligi, sizning tadqiqotingizni dolzarbligini aniqlaydi. Agar siz muammoni aniq bayon qila olmasangiz, unda oʻquvchida maqolani oʻqishga qiziqish oʻygʻonmasligi mumkin. Agar muammoni tushunmagan oʻquvchilar maqolani oxirigacha oʻqishni harakat qilsalar ham, siz aʼlo darajada hal qilgan muammo ularda hech qanday taassurot qoldira olmaydi. Bu jihatdan ilmiy maqola yozishni oddiy jurnal yoki gazeta uchun maqola yozish bilan taqqoslash mumkin. Jurnal oʻquvchilari maqolani oxirigacha oʻqishlari uchun dastlab diqqatni jalb qilish kerak.
Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish:
Ushbu boʻlim sohadagi boshqa tadqiqotchilar tomonidan nima va qanday amalga oshirilganligi haqida umumiy maʼlumotga bagʻishlangan. Sizning maqolangizda sizning tadqiqotingizga bevosita tegishli boʻlgan barcha manbalarni taqdim etish lozim. Sizning tadqiqot ishingizni tushunish uchun zarur boʻlgan va faqat maqolaning maqsadi va vazifalarini, tadqiqotning gipotezasini, ishlatilgan tadqiqot usullarni asoslashga xizmat qiladigan barcha nashrlarni (manbalarni) tasvirlab bering. Maqolangiz xalqaro jurnallarning taqrizchilari tomonidan ijobiy baholanishi uchun keltirilgan manbalarni tanlashda juda ehtiyotkor va sinchkov bo'ling.
54)Scopus bazasi degani nima?
Scopus - bibliografik va referativ berilganlar bazasi va ilmiy nashrlarda chop qilingan maqolalarga murojaatlarni kuzatib borish uchun vosita.
Scopus klassifikatsion tizimi 24 tematik bo’limni oladi. Tematik qamrab olinishi taxminan qiyidagicha taqsimlangan:

  • Fizik fanlar (32 %)

  • Meditsina fanlari (31 %)

  • Hayot haqidagi fanlar (20 %)

  • Sotsial-gumanitar fanlar (17 %)

Scopus turli tillarda nashr qilinadigan ilmiy manbalarni indekslaydi. Bunda ilmiy maqolaning ingliz tilidagi annotatsiyasi bo’lishi shart. Nashriyotchilarning dunyo regionlari bo’yicha geografik qamrab olinishi quyidagicha:

  • Yevropa, O’rta Sharq va Afrika (52 %);

  • Shimoliy Amerika (36 %);

  • Osiyo-Tinch okeani regioni (9 %);

  • Janubiy Amerika (3 %).

Foydalanivchilar Elsevier kompaniyasining Scopus berilganlar bazasida maqolaning nafaqat annotatsiyasi va bibliografiyasini, balki ilmiy olamda uning nufuzi darajasini (ixtiboslik indeksi) bilishi va uni o’qiganlar ishlari bilan ham tanishishlari mumkin.
SCOPUS qidiruvninng bir necha turini taklif qiladi: oddiy qidiruv, muallif bo’yicha qidiruv, tashkilot bo’yicha qidiruv, kengaytirilgan qidiruv.
Еlsevier kompaniyasining Scopus berilganlar bazasida maqolaning nafaqat annotatsiyasi va bibliografiyasini, balki ilmiy olamda uning nufuzi darajasini (iqtiboslik indeksi) bilish va uni oʻqiganlar ishlari bilan ham tanishish mumkin.
SCOPUS qidiruvning muallif boʻyicha va manba boʻyicha qidiruvni taklif qiladi.

Download 51.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling