51-mavzu tabiat – onamiz!


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1033604
  1   2
Bog'liq
51 - мавзу



https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
51-mavzu 
 
TABIAT 
– ONAMIZ! 
O‘tgan asrlarda ishlab chiqarishning rivojlanishi, yangi yerlar 
o‘zlashtirilishi, zamonaviy qurollar yaratilishi bilan boshlangan ekologik 
muammo XXI asrda yanada avj oldi. 
Ona zamin o‘ylamasdan va tartibga 
solinmagan texnogen ta’sirlardan juda qattiq aziyat chekyapti. Ekologik 
muammolarning achchiq oqibatlari haqida gapirganda, uzoqqa borish 
shart emas. Birgina Orol dengizining qurib qolishi qanchalik talafot va 
inqirozlarni keltirib chiqarganiga bugun har birimiz guvohmiz. 
Odamzod tabiatan g‘alati mavjudot. Suv – obihayot deydi-yu, lekin 
tonna-tonna chiqindini dengiz-u daryolarga oqizib uni ifloslantiradi. Yashillikni, 
fusunkor tabiatni xush ko‘radi-yu, ammo o‘ylab ham o‘tirmay, yashnab turgan 
daraxtlarga qiron keltiradi. Atom urushidan qo‘rqishadi, biroq minglab gektar 
joyda sinov tariqasida bomba portlatib, ekologiyaga, o‘z tamadduniga jiddiy 
zarar yetkazadi. Aslida daryolarni quritgan, unumli yerlarni, o‘rmonlarni 
cho‘llarga aylantirgan, portlatgan, zaharlagan, xullas, ona zaminni og‘ir 
asoratlar bilan jarohatlayotgan yagona tirik mavjudot insondir. 
Aslida ekologik muammo, atrof-muhit muhofazasi masalasi birdaniga 
paydo bo‘lib qolmagan. Yillar, asrlar davomida yetilib kelgan muammo ilk 
marotaba 1972-
yilda Stokgolmda o‘tkazilgan BMT konferensiyasida 
muh
okama qilingan. Mazkur konferensiyada «Inson farovon va yuqori qadr-
qimmatga ega hayotni taqozo etadigan muhitda yashamog‘i lozim» g‘oyasi 
ilgari surilgan. BMT tomonidan 1992-yil Rio-de-
Janeyroda o‘tkazilgan 
konferensiyada esa ekologiya muammosi yana jahon afkor ommasining diqqat 


https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
markazida bo‘lib, unda ikkita muhim hujjat: «Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy 
konvensiya» hamda «Bioxilma-xillik bo‘yicha konvensiya» qabul qilingan. 
Davlatimiz mazkur xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda 
qonunchilik bazasi yaratilgan. 
Hech kimga sir emas, ekologik muammoga butkul barham berishning 
yagona yo‘li – ona tabiatni ko‘z qorachig‘idek asrashdir. Lekin har bir odamda 
ekologik madaniyat bo‘lmasa, bari befoyda. Mavjud resurslardan oqilona 
foydalanish ko
‘nikmasi shakllanmas ekan, ekologik xavf-xatarlar biz bilan 
yonma-
yon bo‘laveradi. Suv toshqinlari, o‘rmon yong‘inlari, chang-bo‘ron va 
boshqa tabiiy ofatlar yuz beraveradi. Shuningdek, ekologiyani yaxshilash, 
yashil tabiatni asrab qolish uchun u qonunan q
at’iy himoya qilinishi
qonunbuzarliklarning oldini olish choralari ko‘rilishi lozim. 
Jazo
ning qat’iyligi va hammaga birdek qo‘llanishi jinoyat sodir etish 
darajasining kamayishiga olib kelishi shubhasiz. Agar bu qoidalar ishlamasa, 
bunday jinoyatlar yana va yana sodir etilaveradi, ekologiyaga jiddiy zarar 
yetaveradi. Negaki, ba’zi jinoyatlar aynan jazo turining mukammal 
bo‘lmaganligi, yengilligi va boshqa ko‘rinishlari sabab tez va qayta sodir 
bo‘laveradi. Bunday vaziyat qasddan ushbu ishga qo‘l uruvchilarning jazodan 
ko‘ra, qilgan jinoyatlaridan ko‘proq manfaatdorlik topishlari ortidan bo‘lishi 
mumkin. Masa
lan, bir tadbirkor muayyan joydan ko‘p qavatli uy qurishga ruxsat 
oldi, lekin o‘sha yerda yuzlab daraxtlar bor. Agar qonun mukammal bo‘lmasa, 
tadbirk
or o‘sha daraxtlarni osonlikcha kesib tashlab, uyini quraveradi. Chunki 
u bu yerdan oladigan daromadi daraxtlarni kesgani uchun to‘laydigan 
jarimalardan ancha ko‘pligini yaxshi biladi. 
Shu o‘rinda ayrim xorijiy davlatlarda ekologiyaga zarar yetkazish 
qanchaga tushishiga bir qur nazar tashlasak. Eng qattiq ekologik qonunchilik 
Germaniyada amal qiladi. Qasddan sodir etilgan jinoyatlar 
– besh yilgacha, o‘ta 
og‘ir qilmishlar uchun – o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Mabodo ehtiyotsizlik or
qasidan ekologiyaga zarar yetkazib qo‘ysangiz, uch 
yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishingiz mumkin. Belgiyada esa yerga 
tashlangan har qanday chiqindi uchun 50 yevro, axlatdon yoniga tashlangan 
chiqindi uchun esa 150 yevro to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Buyuk Britaniyada 
bunday qonunbuzarlik uchun 100, ifloslanishni nazorat qilish qonunini 
buzganlik uchun esa 400 funt sterlinggacha jarima solinadi. 
Fransiyada 2008-yilda atrof-muhitga zarar yetkazuvchi transport 
vositalari egalari uchun jarimalar tizimi joriy etilgan. Har bir kilometr harakatda 
atmosferaga 160 g dan ortiq karbonat angidrid chiqaradigan yangi avtomobil 
sotib olgan avtoulov egasi 2600 yevrogacha jarima to‘lashi kerak. Elektr 
transport vositalarining egalari «super bonus» – 5000 yevro olish huquqiga 
ega. AQShda suv, havo sifati va chiqindilar to‘g‘risidagi qonunlarni qasddan 
buzish 25 ming dollargacha jarima yoki 1 yilgacha qamoq jazosiga olib kelishi 
mumkin. Agar qoidabuzarlik takror sodir etilsa, jarima miqdori 50 ming 
dollargacha, qamoq muddati e
sa 2 yilgacha ko‘tariladi. 
Yurtimizda esa tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish sohasidagi munosabatlar «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi 


https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
qonun, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ma’muriy 
javo
bgarlik to‘g‘risidagi kodeksning qator moddalarida atrof-muhitga zarar 
yetkazish bilan bog‘liq g‘ayriqonuniy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy 
javobgarlik choralari belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, amaldagi Jinoyat 
kodeksining to‘rtinchi bo‘limi «Ekologiya sohasidagi jinoyatlar»ni, XIV bobi esa 
«Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi 
jinoyatlar»ni o‘ziga jamlagan. 
Qonun talabiga ko‘ra, atrof-tabiiy muhitga zarar yetkazgan korxona, 
tashkilot va muassasalar, shuningdek, shaxslar yetkazilgan zararni, shu 
jumladan, boy berilgan foyda o‘rnini qoplashi shart. Bu borada Ichki ishlar 
vazirligi tomonidan qilinayotgan ishlarni ham aytib o‘tish joiz. Joylarda tegishli 
mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda ishlaydigan «ekologik politsiya» 
atamasi vujudga keldi. Profilaktika inspektorlariga o‘z hududida atrof-muhitga 
zarar yetkazish bilan bog‘liq holatlarga bayonnoma rasmiylashtirish vakolati 
berildi. 
Xulosa qilib aytganda, muqaddas tuproq, toza havo, zilol suv, o‘z nurini 
saxiylik ila sochayotgan quyosh 
– barcha-barchasi tabiatning betakror 
mo‘jizasi. Ularni o‘z holicha saqlab, kelajak avlodga yetkazish siz-u bizga 
bog‘liq. Buning uchun esa yuqorida ta’kidlanganidek, har birimiz ona yerimizni, 
tabiatni ardoqlashimiz, ekologik madaniyatli b
o‘lishimiz talab qilinadi. 
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Avlodlarimiz bizdan keyin ham munosib tabiiy 
muhitda yashashlari uchun biz tabiatga mehr va e’tibor berishimiz, u bilan 
uyg‘un bo‘lib yashashimiz kerak. Bu nima degani? Bu – tabiatni toza-ozoda 
tut
ish, yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash, daraxt ekib, bog‘ yaratish 
degani. Eng muhim masala 
– aholining ekologik madaniyatini oshirish haqida 
jiddiy bosh qotirishimiz zarur». 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling