520-guruh talabasi ergasheva ba'siraning ma'naviyatshunoslik fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 1.02 Mb.
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1201164
Bog'liq
basira

520-GURUH TALABASI ERGASHEVA BA'SIRANING MA'NAVIYATSHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

Ma’naviyotshunoslik tushunchasining mazmuni va mohiyati

1Ma’naviyat tushunchasiga ratsional va irratsional, diniy va ezoterik yondashuvlar. 2. Ma’naviyat – ijtimoiy hodisa. Ma’naviyat obektivlik va subektivlik birligi. Ma’naviyatda immanentlik va transsendentlik. Ma’naviyatga ilmiy -ratsional yondashuvning turlari: metafizik, pozitivistik, semiotik, dialektik va sinergetik yondashuvlar. 3. Ma’naviyat insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyati. Ma’naviyat tuzilmasi: ma’naviy ong, ma’naviy madaniyat, iroda va ma’naviy muhit. 4. Ong va ma’naviyat. Ma’naviy ong. ljtimoiy ong va ma’naviy ong nisbati. Ma’naviy ongning tuzilmaviy shakllari. Ma’naviy madaniyat - ma’naviy ongning predmetlashgan shakli. 5. Iroda erkin tanlash sifatida. Irodaning shaxs va millat yuksalishida tutgan o‘ri. Mustaqil taraqqiyotning ma’naviy asoslari. 6. Ma’naviyat tushunchasining ta’rifi, uning tarkibiy qismlari. Ma’naviy muhit ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida.


Reja:

Ma’naviyat arabcha ma’ni (ma’no) sо‘zidan, u esa “a’no” о‘zagidan yasalgan deb hisoblanadi. A’no – birlamchi, tub mohiyat mazmunini anglatadi. “Ma’naviya” arab tilida juda kо‘p mazmunga ega tushuncha. Lug‘atlarda uning 8-10 tagacha mazmuni qayd etilgan. Uning arabchadan kelib chiqqaniga, arabcha о‘zakdan yasalganiga shubha yо‘q. Lekin atamaning bugungi mazmuni shakllanishiga juda kо‘p ijtimoiy-madaniy va lisoniy omillar ta’sir kо‘rsatgan. Jumladan boshqa tillar va madaniyatlar. Faraz qilish mumkinki, ma’naviyat atamasi shakllanishiga “ma’ni” bilan bir qatorda sanskrit tilida mavjud bо‘lgan “ma’nas”tushunchasi ham ta’sir kо‘rsatgan. Atamaning ushbu shaklda tarqalishiga tasavvuf ilmi, xususan Jaloliddin Rumiyning “Masnavii ma’naviy” asari katta ta’sir kо‘rsatgan bо‘lish ehtimoli yuqori.

  • Ma’naviyat tushunchasiga qaytamiz. Ayrim mualliflar, yuqorida aytilganidek, ma’naviyatning mohiyatini ilohiy deb talqin qilmoqdalar. Ular tо‘liq diniy-mistik nuqtai nazarga о‘tib ketmasa-da, diniy yondashuv tarafdoridir. Ma’naviyatni ular ongning tо‘liq tushuntirib berish mumkin bо‘lmagan sirli jihatlari, insonning ruhiy kuchi, undagi tug‘ma diyonat, vijdon, iymon, Xudo insonning kо‘ngliga solgan ijtimoiy va ijodiy moyillik, intilish, deb talqin qiladilar. Bu qarashlarga muvofiq ma’naviyat ilohiy yoki tabiiylikdan ustun hodisadir.

Chop etilayotgan ba’zi kitoblarda ma’naviyat ba’zan ongning, ba’zan axloq va e’tiqodning, kо‘pincha ma’naviy madaniyatning sinonimi, ma’nodoshi, ba’zan hatto ularning hammasini ifodalaydigan yig‘ma tushuncha sifatida ishlatiladi. «Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan madaniyatning insoniyat, shaxs ongida ifodalanishidir. Madaniyat mazmun jihatdan nihoyatda keng bо‘lib, har bir tarixiy davrdagi ma’naviyat uning barcha tomonlarini qamrab ololmaydi», — deb hisoblaydi E. Yusupov. Kо‘rinib turibdiki, ma’naviyat bu erda ongning madaniyatni aks ettirishiga kо‘ra, mazmun jihatdan nisbatan ajralib turadigan bir bо‘lagi, ideal hodisa deb tо‘g‘ri, ammo biroz torroq talqin qilinmoqda.
E. Yu. Yusupov. Hadislarda dunyoviy va diniy g‘oyalarning bog‘liqligi. — J. «O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar», 1994, 5-son.
  • Ma’naviy muhit ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida. Insonga jamiyat tomonidan qо‘yiladigan mafkuraviy talablar axloqiy, huquqiy, estetik, diniy me’yorlar, ma’naviy muhitni tashkil qiladi. Ma’naviyatning mohiyatini «ma’naviy muhit» tushunchasisiz teran anglab olish mushkul. Sog‘lom ma’naviy muhit shaxsni ham, butun avlodni ham muayyan yо‘nalishda tarbiyalaydi, ijobiy xislatlarini yuzaga chiqaradi, ularni nomaqbul ta’sirlardan himoya qilishga urinadi. Chunki ma’naviy muhit har qanday yutuqlar va kashfiyotlarning (chetdan qabul qilinganlarining ham) taqdirini belgilaydi: yo rivojlantiradi, yo unutilishga mahkum etadi, yoki deformatsiya qilib, о‘ziga moslashtiradi. Aksincha, nosog‘lom ma’naviy muhit odamlar bir birdan begonalashtiradi

Ma’naviy muhit siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga, boshqaruv rejimiga bog‘liq. Agar siyosiy tuzum, boshqaruv usullari zо‘ravonlikka asoslansa, jamiyatda odamlar, tashkilotlar faoliyati ustidan yoppasiga mafkuraviy nazorat о‘rnatiladi. Bir mafkuraning hukmronligi qaror topadi. Unga xilof keladigan har qanday fikr va qarashlar tan olinmaydi, ta’qib qilinadi va taqiqlanadi. Taqiqni buzganlar jazolanadi, qatag‘on qilinadi. Bunday sharoitda odamlar bir biridan chо‘chib, ishonmasdan yashaydi. Kо‘ngildagini ochiq aytolmaydi. Mavjud tuzum kamchiliklarini tanqid qilolmaydi. Ba’zi hollarda bir birlari ustidan tegishli idoralarga chaqimchilik qilib turadi. Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy erkinlik yо‘qligi shaxs kamoloti va jamiyat rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Va, aksincha, jamiyatda erkinlik va demokratik boshqaruv darajasi qanchalik baland bо‘lsa, ma’naviy muhit shunchalik yaxshilanadi, uning inson kamoloti va jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta’siri shunchalik kuchayadi. О‘zbekiston kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari rivojlanmoqda. Bu jarayon ma’naviy muhit yanada yaxshilanishini taqozo etadi va bunga zarur shart-sharoitlarni yaratadi.


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling