520-guruh talabasi soxibova durdona ning tayorlagan


Download 0.55 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1535399
Bog'liq
TERDU EKSTRAKSIYA.

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

520-guruh talabasi

SOXIBOVA DURDONA ning

tayorlagan

Slaydi.

EKSTRAKSIYA JARAYONINING QONUNIYATLARI.

Ekstraksiya (eritmalardan bir yoki bir necha tarkibiy qismlarni maxsus selektiv suyuq ekstragentlar yordamida ajratib olish) usuli plastik massalar ishlab chiqarishda polimerlar eritmalaridan yoki reaksiya aralashmalaridan boshlang‘ich xom ashyoning reaksiyaga kirishmagan qoldiqlarini, sintez maxsulini va boshqa komponentlarni ajratib olish uchun kullaniladi.


Ekstraksiya jarayonlarida muvozanat. Ekstraksiya jarayonlarida ikki suyuq, bir-birini eritmaydigan yoki juda oz miqdorda eritadigan fazalar va bu fazalar o‘rtasida taqsimlanuvchi modda qatnashadi. Taqsimlanuvchi moddaning bir suyuq faza (dastlabki eritma)dan boshqasiga (ekstragent) o‘tishi muvozanat hosil bo‘lguncha, ya’ni fazalardagi kimyoviy potensiallar tenglashgunga qadar davom etadi.
Ekstraksiya jarayonlaridagi muvozanat taqsimlanishi koeffitsienta φ bilan ifodalanib, u ekstraksiyalanayotgan moddaning ikkala suyuq fazalaridagi, ya’ni ekstrakt va rafinatdagi teng vaznli konsentratsiyalarning nisbatiga tengdir. Eng oddiy sistemalarda, ya’ni doimiy temperatura Bertlo-Nernst qonuniga bo‘ysunuvchi, etarli darajada suyultirilgan eritmalarda taqsimlanish konsentratsiyasiga bog‘liq emas: φ = ur/x (ur, x - taqsimlanayotgan moddaning ekstrakt va rafinatdagi teng vaznli konsentratsiyasidir.

Sanoat sistemalarida taqsimlanish koeffitsienti odatda ekspriment yo‘li bilan aniqlanadi. Suyuqlik-suyuqlik tipidagi turli sistemalarda muvozanat to‘g‘risidagi ma’lumotlar adabiyotlarda keltirilgan. Bir bosqichli ekstraksiya. Sanoatda taqsimlanish koeffitsienti yukori bo‘lgan holatlarda bir bosqichli ekstraksiya sullaniladi. Bu usul davriy va uzluksiz sxemalar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Ekstraksiyaning bu eng oddiy usulida foydalaniladigan uskunalar aralashtirgich apparat va emulsiya taqsimlagichidan iborat.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling