562-saylov uchastkasi raisi: H
Download 32.5 Kb.
|
27.04.2023
Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 562-saylov uchastkasida o’tkazilgan muddatidan oldin ovoz berish jarayoni to’g’risidagi yig’ilish Bayonnomasi 19.04.2023. Buktaroy MFY
Kun tartibida: 1. O’zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi konstitutsiya loyihasini tasdiqlash bo’yicha 2023-yil,30-aprelda o’tadigan referendumga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni haqida. Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan 562-saylov uchastkasi raisi H.Idiyeva so’zga chiqdi. Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 19-aprelda boshlandi. 562-saylov uchastkasida ham shu kuni 1 nafar saylovchi o’sha kuni ma’lum sabablarga ko’ra saylov uchastkasida bo’la olmasligi uchun ovoz berdi.
1. 562-saylov uchastkasida 19-aprel 2023-yilda muddatidan oldin referendumda arizasiga binoan ovoz bergan 1 nafar shaxsning ovozi qabul qilinsin. 2. Ko’rsatmaga muvofiq referendumda muddatidan oldin ovoz bergan shaxslarning ovozlari konvertlarda uchastka raisining seyfida saqlanishi uchastka raisi tomonidan qat’iy nazorat qilinsin. 3. 2023-yil, 19-aprelda 562-saylov uchastkasida referendumda muddatidan oldin ovoz bergan nafar shaxsning axboroti operator tomonidan SJBATga kiritilsin va axboroti tuman saylov komissiyasi shtabiga yetkazilsin. 562-uchastka komissiyasi raisi: H.Idiyeva 562-uchastka komissiyasi kotibi: M.Abdurahmonova. O’zbekiston Respublikasi Referendumini o’tkazuvchi 562-uchastka komissiyasi majlisi bayoni Raislik qiluvchi: Idiyeva Hokima Referendum o’tkazuvchi uchastka
Kun tartibi: G’ijduvon tuman hokimining topshiriqlariga asosan komissiya a’zolari va Buktaroy mahallaning 5 lik komissiyasini hamkorligida 22-aprel kuni xonadonma xonadon yurib taklifnomalarni tarqatish to’g’risida Eshitildi: 562-uchastka komissiyasi raisi H.Idiyeva so’zga chiqib, komissiya a’zolari va Buktaroy mahallani 5 lik komissiyasining hamkorligida 22-aprel kuni xonadonma-xonadon yurib, taklifnomalarni o’z egalariga tarqatish va har bir fuqaroga referendum kuni oilasi bilan bayram sifatida ishtirok etib, referendum o’tkazish uchastkasiga kelishini ta’minlash topshirig’i berildi va belgilangan topshiriqlari yuzasidan ishlari amalga oshirish kerakligini bildirdi. Shundan so’ng uchastka komissiyasi a’zolari bilan birgalikda mahallaning 5 lik komissiya tarkibi xonadonma- xonadon yurish uchun chiqib ketildi. Qaror qiladi: 1. O’zbekiston Respublikasi Referendumini o’tkazuvchi 562-saylov uchastka komissiyasining komissiya a’zolari va Buktaroy mahallani 5 lik komissiyasining hamkorligida 22-aprel kuni xonadonma-xonadaon yurib taklifnomalarni tarqatish to’g’risidagi topshiriq ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 2. O’zbekiston Respublikasi Respublikasi Referendumini o’tkazuvchi 562-saylov uchastka komissiyasining komissiya a’zolari va Buktaroy mahallani 5 lik komissiyasiga berilgan tuman hokimi tomonidagi tposhiriqlarni vaqtida bajarish va har kunlik ma’lumotni komissiya raisiga topshirish vazifasi 562-referendum uchastka kotibi zimmasiga yuklatilsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish uchastka komissiyasining raisining o’rinbosari F.Hamdamov zimmasiga yuklatilsin. Majlis raisi: 562-uchastka komissiyasi raisi: H.Idiyeva 562-uchastka komissiyasi kotibi: M.Abdurahmonova. Download 32.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling