5A140501 – “Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)” magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun mutaxassislik(ixtisoslik) fanlaridan kirish imtihonlari dasturi andijon –2021 Annotatsiya


Download 85.69 Kb.
bet4/36
Sana16.06.2023
Hajmi85.69 Kb.
#1504269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
kimyo boss

7-mavzu. Oltinchi guruhning p-elementlari
Elementlarning umumiy tavsifi. Atomlarning tuzulishi. Guruh bo‘yicha atom radiuslari, ionlanish potensiallari, elementlarning elektronga moyilligi. Valentligi va oksidlanish darajalari. Oddiy moddalarning kimyoviy xossalari. Oksidlanish –qaytarilish xossalari. H2E turidagi gidridlar. Ularning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Oltinchi guruh p-elementlarining kislorodli birikmalari. Tuzulishining o‘ziga xosligi. Oksidlovchilik-qaytaruvchilik xossalari. Olinish usullari. Sulfit, selenit va tellurit kislotalar. Sulfit –tellurit kislotalar qatorida oksidlovchilik-qaytaruvchilik xossalarining o‘zgarishi. Sulfat, selenat va tellurat kislotalar. Kislotalik va oksidlovchilik xossalarining o‘zgarishi.
8-mavzu. Beshinchi guruhning p-elementlari
Elementlarning umumiy xossalari. Atomlarning tuzulishi. Guruhda atom radiuslari, ionlanish potensiali, elektronga moyilligi va elektramanfiyliginig o‘zgarishi, atomlarning valentligi va oksidlanish darajalari. Atomlarning yuqori oksidlanish darajasidagi birikmalar barqarorligining o‘zgarishi. Birikmalardagi kimyoviy bog‘lanish tabiati. Azot. Vodorodli birikmalari. Azot (I, II, III, IV, V )oksidlari. Molekulalarning tuzulishi. Oksilovchilik-qaytaruvchilik xossalari. Nitrit kislotasi. Oksidlovchilik –qaytaruvchilik xossalari. Nitrat kislotasi, molekulasi va nitrat ionninig tuzulishi. Konsentrlangan va suyultirilgan nitrat kislotasining oksidlovchilik xossalari.
Fosfor, mishyak, surma va vismut oksidlari. Ularning o‘ziga xos tuzulishiga ega ekanligi. Suv, kislota va ishqorlarga munosabati. Olinish usullari. Fosforning kislorodli kislotalari. Ularning tuzlari. Gipofosfit kislota va gipofosfitlar. Fosfit kislota va fosfitlar. Mega -, pira- va ortofosfat kislotalari va ularning tuzlari. Mishyak, surma (III, V) vismut (III) gidroksidlari. Meta- orto-shakllari. Kislota-asos va oksidlovchilik-qaytaruvchilik xossalari. elementlarning (III, V) galogenidlari. Ularning nisbiy barqarorligi. Mishyak, surma va vismut sulfidlari. Mishyak va surmaning tiotuzlari.



Download 85.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling