5A310902–“Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” mutaxassisiligi magistranti Botirov O’tkir Qo’ldosh o’g’lining


§.Uy – joy majmuasida energiya sarfini hisobga olishni avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligi


Download 0.88 Mb.
bet17/21
Sana04.02.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1159220
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
3.3.§.Uy – joy majmuasida energiya sarfini hisobga olishni avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligi
Elektrenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va tejamkorlikning samarali tizimini joriy etish muhim ahamiyatga ega. Zero, iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada kuchaytirish, aholi farovonligini yuksaltirishda mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr energiyasi va energiya resurslaridan oqilona foydalanish muhim o‘rin tutadi.
Kontrollerlar asosida yaratilgan elektr ta'minotini tekshirish va nazorat qilishning zamonaviy tizimi elektrenergo istemolini tejashga qaratilgan tizim xisoblanadi. Bu tizim turli korxona, ofis va yashash uy xonadonlar uchun qo’llaniluvchi tizim xisoblanib, ulardagi turli kotta xisob-kitob xujatlarni, turli o’girliklarni ishchi kuchini yo’qotishga olib keladi.
Ko‘rilayotgan bu kabi chora-tadbirlar o‘z samaralarini bermoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida mamlakatimiz bo‘yicha 24,4 million kvt.soat elektr energiyasi tejalgani buning dalilidir. 
Energetika tizimi barqarorligini ta’minlash maqsadida sohaga oid qonunchilikning bugungi kun talabidan kelib chiqib takomillashtirilgani elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish va iste’mol qilishda xo‘jalik aloqalariga bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etishni chuqurlashtirish imkonini bermoqda.
“Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish tizimi elektr energiyasidan oqilona foydalanishda tarmoqlarga ulanish, energiyani hisoblash va sarflangan energiya uchun hisob-kitob qilishda shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarmoqlari va respublikamizdagi barcha elektr energiyasi iste’molchilari zamonaviy, elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan bog‘langan elektron hisoblagichlar bilan jihozlanadi.
Mamlakatimizda elektr energetikasi sohasida barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda qat’iy tejamkorlik tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu nafaqat resurslarni tejash, balki shuning hisobidan tovarlar, xizmatlarning narxini pasaytirish, iqtisodiyotimizning yanada yuksalishi va xalqimiz farovonligining oshishiga xizmat qiladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling