5g technology Speed Template


Download 1.57 Mb.
Sana22.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#1043179
Bog'liq
1-mavzu (F)


Tuzuvchi: Umurzoqov Faxriddin
Ta’limda elektron pedagogika va multimedianing qo`llanilishi
Reja:
01.
Elektron pedagogikaning ahamiyati
02. Multimedia vositalari
03. Ta’limda innovatsiya
“Agar bolalar video o`yinlarga kuchli qiziqsa, ularga ta’lim berishning imkoni bor”
Elon Musk
Elektron peddagogika nima?
Elektron pedagogika – bu yosh avlodga ta’lim berishning zamonaviy usullaridan bo`lib, bunda asosan zamonaviy texnika-texnologiyalardan foydalanilgan holda dars berish amalga oshiriladi. Elektron pedagogikaning asosini bolalarda dars mashg`ulotini qiziqarli tarzda o`tish hamda ularning e’tiborini kuchliroq jalb qilgan holda zamonaviy usulda eslab qolishga ko`maklashish nazarda tutiladi.
Xotira kuchi
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, odamlar o`rtacha eshitganlarining 10% ini, o`qiganlarining esa 20% ini eslab qola olishadi. Bu hozirgi zamon talabi uchun juda past. Ayni vaqtda esa bu yangi o`rganish metodlarini o`ylab topishni talab etadi.
10%
eshitish
20%
o`qish
XXI asr – axborot texnologiyalar asri
Multimedia vositalari ayni yuqoridagi vaziyatlarni bartaraf etish uchun o`ylab topilgan. Multimedia - bu foydalanuvchiga kompyuter yordamida navigatsiya qilish, jalb qilish, yaratish va muloqot qilish imkonini beruvchi havolalar va vositalar bilan matn, rasmlar, audio va videolarning taqdimoti.
Multimedia vositalari an’anaviy, biz o`rganib qolgan ta’limdan farqli ravishda, keng imkoniyatlarga ega, va uning imkoniyatlarini yanada kengaytirish ham mumkin. Chunki, bunday turdagi o`rganish vositalari chegara bilmaydi. Ulardan oqilona va ijodiy foydalanish orqali ayni imkoniyatlarni yanada boyitib, yangilab borish mumkin.
Innovatsiya
:0
Notifications full. Tap for options
So`nggi bir necha yil davomida ta’lim tizimida tubdan islohotlar olib borildi. Ularni yaratish hamda joriy etish uchun ko`plab amaliy tajribalar, chet el tadqiqotlariga asoslangan holda tuzilish hamda o`zgartirishlar kiritildi. Bularning barchasi ta’lim sohasi sifatiga e’tibor kuchayganligi, ularda innovatision g`oyalar tobora oshib borayotganligidan dalolat beradi.
Multimedia hamda elektron pedagogika tufayli zamonaviy hayotimizda anchagina yengilliklarni his qilishimiz, ularning natijasidan bahramand bo`lishimiz mumkin. Ularning mashinasozlik, bank, ijtimoiy hamda agrosanoat, qurilish hamda ko`plab boshqa sohalarda qo`llanilishi bizning hayotimizda naqadar zarur ekanligini isbotlab kelmoqda. Shuning uchun bunday yangiliklarni ta’lim hamda o`qitish sohasida ham kengroq joriy qilish lozim.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling