5Ozbekistonning yangi tarixi 5-mavzu rejadagi savollarga javoblar


Download 33.09 Kb.
bet1/3
Sana01.03.2023
Hajmi33.09 Kb.
#1240264
  1   2   3
Bog'liq
RB ozb eng yangi tarixi 5 mavzu


5Ozbekistonning yangi tarixi 5-mavzu rejadagi savollarga javoblar
Savollar

  1. Milliy davlat boshkaruv tizimi. Mustaqil Ozbekistonda hokimiyatlar bolinishi tamoyili.

  2. 2. Ozbekistonda kop partiyalik tizimining shakillanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar xizmatidagi o`zgashaliklar.

  3. Ozbekistonda parlament tizimi va ondagi isloxotlar. Huquq organlari va sud tizimidagi o`zgarishlar .

Javoblar
1 Bundan salkam chorak asr oldin o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston mana bugungi kunda tarixiy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2010 yilning 12 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida “Tariximizga kirib kelayotgan bu buyuk marra munosabati bilan o‘tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o‘zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‘ilmoqda”[1] – deya ta’kidlab o‘tdi. 
Tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu davrda qiyinchiliklarga to‘la murakkab, hamda shon-sharafga to‘la bosib o‘tilgan yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, mamlakat ozodligi naqadar mashaqqatli va tinimsiz kurashlar, xalqimizning qanday og‘ir va fidokorona mehnati, mamlakat etakchisining uzoqni ko‘ra bilish va taraqqiyotni ta’minlab beradigan strategik qarorlar qabul qilish qobiliyati evaziga qo‘lga kiritilgani, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirgan ishlarimiz, erishgan natijalarimiz beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi.
Bu haqda gapirganda, birinchi galda, taraqqiyot yo‘lining dastlabki yillarida O‘zbekistonda barcha sobiq ittifoq respublikalaridagi singari ayanchli vaziyat hukm surganini esga olishga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumki, sobiq sovet tizimi qat’iy markazlashtirilgan, kaltabin siyosatdonlar qarichi asosida rejalashtirish va xuddi shu yo‘l bilan taqsimlash siyosati asosida boshqarilar edi. Bu esa respublikamiz iqtisodiyotini asosan xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilishiga, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligining misli ko‘rilmagan darajaga etishiga olib kelgandi.
Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy, mineral-xomashyo va mehnat resurslariga, insoniy salohiyatga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq Ittifoqda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlarda qolaverar edi. Ayniqsa, oxirgi yillarda aholini oddiy ehtiyoj mollari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ham o‘ta og‘ir masalalardan biriga aylanib qolgan edi. Eng dahshatlisi- ocharchilikning vujudga kelish ehtimoli tobora aniq va ravshan tus ola boshladi. Bundan tashqari, ittifoqning kaltabin siyosati hosilasi sifatida korrupsiya, jinoyatchilik, ma’naviy tanazzul, millatlararo ziddiyatlar, ijtimoiy emirilish kabi holatlar halokatli tarzda keng yoyilib bormoqda edi.
Bunday murakkabliklarga, iqtisodiy inqirozga va ocharchilikka, chek qo‘yish, shakllangan xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay izdan chiqishiga barham berish, ishsizlikning yanada ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik mamlakat rahbariyatining oldida turgan favqulodda masalalardan biri edi. Mazkur muammolarni bartaraf etish, mamlakatni yorqin taraqqiyot sari olib chiqish vazifalari Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan a’lo darajada bajarilganligining, nafaqat mamlakat, balki Markaziy Osiyoning taqdiri ham halokatdan qutqarib qolinganligining bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotganligi barchamizga yuksak g‘urur baxsh etish bilan bir qatorda, ulkan mas’uliyat ham yuklaydi.
Davlatimiz rahbari yuqorida nomi keltirib o‘tilgan ma’ruzasida “...bosib o‘tgan yo‘limiz va to‘plagan tajribamizni xolisona baholash, qo‘lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha biz tanlagan modelning naqadar to‘g‘ri ekanini va shu yo‘ldan bundan buyon ham og‘ishmay qat’iyat bilan borishimiz zarurligi” alohida ta’kidladi.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olingan O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, uning afzalliklari haqida jahondagi nufuzli siyosatchi va iqtisodchilar, ekspert va tahlilchilar tomonidan ko‘plab haqqoniy fikrlar, yuksak baholar bildirilgan. Asosiy negizini iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligini nazarda tutadigan pragmatik iqtisodiy siyosat; davlatning bosh islohotchilik vazifasini o‘z zimmasiga olishi; qonun ustuvorligini ta’minlash; kuchli ijtimoiy siyosat olib borish; islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyil tashkil etadigan ushbu taraqqiyot modeli “2008-2010 yillarda, ya’ni dunyoning aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish sur’atlari sezilarli ravishda tushib ketgan, ishlab chiqarish pasaygan bir vaqtda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 2008 yilda 9 foizni, 2009 yilda 8,1 foizni tashkil etgani, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 8,5 foizga etishi kutilayotgani, kelgusi 2011 yilda esa 8,3 foiz darajasida bo‘lishi belgilab berilayotgani ko‘pgina xalqaro tizimlar, ekspert va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda”[2]. Bu holat esa mamlakatimizning taraqqiyot modelining ustunligini yana bir bor isbotladi.
Alohida ta’kidlashga loyiq masalalardan yana biri bu - O‘zbekistonning 7chetdan tiqishtirilgan, “shok terapiyasi” deb atalgan usullardan, “bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi boshqaradi” qabilidagi soxta qarashlardan avvalboshdanoq voz kechib, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tishda inqilobiy emas, balki tadrijiy rivojlanish yo‘lini tanlaganligidir. Ayniqsa, “YAngi uy qurmay turib, eskisini buzmang”, “Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan, bugun ko‘pchilikka yod bo‘lib ketgan hayotiy shiorlar negizida yangi davlat, yangi jamiyat poydevorini barpo etish yo‘lida qanday yutuqlarga erishayotganimizni bugun har sohada ko‘rishimiz va xulosa chiqarishimiz mumkin.
Faqat mustaqil taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy tizimdagi chuqur o‘zgarish va islohotlar tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotining ana shunday jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lganini bugun har qaysi yurtdoshimiz o‘z hayoti misolida ko‘rmoqda.
O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil qadam tashlab bormoqda. SHu maqsadlar yo‘lida o‘zligimizni anglash, yurt ravnaqi, inson manfaati, erkinligi va farovonligini ta’minlash talabi aniq va ravshan belgilab olingan. Ushbu vazifalarni bajarish avvalo islohotlar jarayonini izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga bog‘liq. Prezident Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat — engilmas kuch” asarida ta’kidlangani kabi: “Jamiyat hayotida shunday davrlar bo‘ladiki, ... barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish zarurati eng muhim ehtiyoj, kerak bo‘lsa, hayot-mamot masalasi sifatida kun tartibiga chiqadi”.
O‘tgan davrni YUrtboshimizning “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” asari asosida tahlil qilish uni ikki davrga bo‘lish mumkinligidan dalolat beradi. O‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich — 1991-2000 yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o‘tish davri tom ma’noda tarixiy ahamiyatga ega davr bo‘ldi.
2001 yildan 2007 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan ikkinchi boskich — faol demokratik o‘zgarishlar, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilk bosqich (1991-2000 yillarda) jamiyatda kechayotgan muayyan o‘zgarishlarning murakkabligi va sur’atiga muvofiq ravishda shakllanib bordi. Siyosiy islohotlarning mazkur bosqichida asosiy vazifalar tashkiliy-huquqiy tavsif kasb etib, ular quyidagi maqsadlarni qamrab olgan edi: yangicha siyosiy tizim rivoji uchun huquqiy asos yaratish; siyosiy boshqaruv va siyosiy rejimning shakliga muvofiq keladigan mustahkam siyosiy institutlar (vakolatli hukumat organlari, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlari, saylov tizimi va hokazolar)­ni tashkil etish; siyosiy munosabatlar, siyosiy kuchlar muvozanatining o‘zaro aloqalar va bordi-keldilari tizimini shakllantirish; siyosiy mafkura, yangi qadriyatlar, nazariya va qarashlarni shakllantirish va rivojlantirish.
Mazkur davrning muvaqqat chegaralari qilib belgilangan sana ko‘rsatkichlari quyidagi voqelar bilan bog‘liq: birinchidan, 1991 yil mamlakat o‘z mustaqilligini e’lon qildi, shu yilning 29 dekabr kuni respublikaning davlat mustaqilligi haqidagi masala yuzasidan referendum va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Xalq O‘zbekiston xalqi mamlakatning mustaqillik yo‘lidan borishini xohlab ovoz berdi. Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qilib saylandi. 1995 yilga kelib esa totalitar siyosiy tizimning ishdan chiqqan tuzilmalari o‘rniga zarur bo‘lgan milliy siyosiy institutlar shakllantirildi va respublikaning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan asosiy tamoyillar ishlab chiqildi; ikkinchidan, 1995 yilning mart oyi oxirida o‘tkazilgan umumxalq referendumi jamiyatda bo‘lib o‘tayotgan o‘zgarishlar xalq manfaatlariga muvofiq ekanligini ko‘rsatdi. Referendum mamlakat Parlamenti va Prezidentining vakolat muddatlariga muvofiqlik, qonunchilik va ijro hokimiyatlari faoliyatida yakdillik o‘rnatdi.
2. Ko’ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitusiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko’ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi asoskor tamoyillarini o’zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o’rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi.
Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishda, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o’z qobiliyatini to’la ro’yobga chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o’z xohish-irodasini erkin ifoda etish, o’z manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlarini ro’yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo’lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda ko’ppartiyaviylik tizimi muhim rol o’ynaydi.
Ko’ppartiyaviylik tizimini yanada mustahkamlash va partiyalararo raqobatni rivojlantirish uchun partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i, “davlat va jamiyat qurilishining asosiy masalalari, mamlakatda yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat bo’yicha aniq-ravshan pozisiyasi bilan, saylovda mazkur partiya uchun ovoz beradigan odamlar manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qodirligi bilan saylovchilar o’rtasida obro” qozonmog’i eng muhim shartlardan hisoblanadi.
Shuningdek, mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yo’nalishlarini belgilab olishda siyosiy partiyalarning rolini keskin kuchaytirish, mamlakatimizni isloh etish va modernizasiya qilish bo’yicha strategik vazifalarni hal etishda ularning ishtirokini kengaytirish” izchil amalga oshirilayotgandemokratik yangilanishlarning muhim omili hisoblanadi.
Partiya” so’zi lotincha “part” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “ish”, “qism” degan ma’nolarni anglatadi. Siyosiy partiya — aholining, sinfning, ijtimoiy qatlam yoki qatlamlarning bir qismi. Ilmiy nuqtai nazardan siyosiy partiyalar uchun berilgan quyidagi ta’rifni asos sifatida qabul qilish mumkin: siyosiy partiya– fuqarolarning eng faol, mushtarak mafkura asosida bog’langan, davlat hokimiyatini qo’lga kiritish, uni saqlab qolish va amalga oshirishga intiluvchi qismi, ixtiyoriy ittifoqi. Siyosiy partiyalar jamoat birlashmasi shaklida tashkil etiluvchi va faoliyat yurituvchi fuqarolik jamiyatining o’ziga xos instituti bo’lib, u muhim ijtimoiy-siyosiy va vakillik vazifalarini amalga oshiradi.
Zamonaviy siyosatshunoslikda siyosiy partiyaning o’ziga xosligini ifodalovchi quyidagi bir qator jihatlari ajratib ko’rsatiladi:
- har qanday partiya aholi guruhlari va aniq ijtimoiy qatlamning manfaat va intilishlarini ifoda etuvchi mafkura egasi va uning targ’ibotchisi hisoblanadi;

Download 33.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling