Tovar belgisidan qancha muddat davomida uzrli sababsiz foydalanmaslik natijasida uning ro’yxatdan o’tkazilganligi bekor qilinishi mumkin?
5yil FK 1104
Agar seleksiya yutug‘ini bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil ravishda yaratgan bo‘lsa, patent olish huquqi kimning foydasiga hal etiladi.
2.15-modda, Seleksiya yutuqlari to’g’risida Qonun. Patent olish huquqi patent berish haqidagi talabnomani Agentlikka oldinroq topshirgan shaxsga, basharti bu talabnoma chaqirib olinmagan yoki rad etilmagan bo‘lsa, tegishlidir.
Tovar belgisiga bo’lgan huquqning boshqa shaxga o’tkazish qay tartibda va qaysi organ orqali amalga oshiriladi?
3 FK 1105 modda, shartnoma yoki huquqiy vorislik orqali Intellektual mulk agentligi orqali.
Firma nomi o’zgartirilganda uning huquqiy muhofaza masalasi qanday bo’ladi? Fikringizni asoslang.
4”Firma nomlari to’g’risida”gi Qonun, 10-modda.Firma nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish yuridik shaxs tugatilgan yoki uning firma nomi o‘zgartirilgan taqdirda, tugatiladi.
5Mualliflik huquqi obyekti hisoblanmaydigan materiallarni sanab bering.
1)Rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, to‘xtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
2 rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);
3 xalq ijodiyoti asarlari;
4 oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar;
6 . Muallifning vafotidan keyin birinchi marta e’lon qilingan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi qancha muddat davomida amal qiladi?
Asar e’lon qilingandan boshlab 70 yil
7 Kontrafakt nusxalar deganda nimani tushunasiz?
7 Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusxalari kontrafakt nusxalardir.
8 Ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasiga tashkiliy yoki texnikaviy yordam bergan shaxs hammualliflikka da’vo qilishi mumkinmi?
8 FK 1086-modda, Noijodiy yordam berish hammualliflikka sabab bo’lmaydi.
Turdosh huquqlarning muhofaza belgilari?
9 FK 1076-modda, aylana ichida R harfi, mutlaq turdosh huquq egasi nomi, birinchi marta chiqarilgan yili.
Xizmat asaridan foydalanishga bo’lgan mutlaq huquq kimga tegishli hisoblanadi?
10.FK 1062-modda, shartnomada boshqacha nazarda tutilmagan bo’lsa ish beruvchiga tegishli
Do'stlaringiz bilan baham: |