6- §. Zamburug‘lar dunyosi
6- §. Zamburug‘lar dunyosi Zamburug‘lar plastidalari yo‘q geterotrof organizmlardir. Ular
Zamburug‘lar plastidalari yo‘q geterotrof organizmlardir. Ular
qadimgi organizmlar hisoblanadi. Zamburug‘lar parazit va saprofit
holda hayot kechiradi. Zamburug‘larning 100 000 ga yaqin turlari
mavjud. Zamburug‘lar suv o‘tlaridan xlorofillning yo‘qligi, bakteriyalardan esa yadroga ega bo‘lishi bilan farq qiladi. Zamburug‘larning vegetativ tanasi mitselliy deb
atalib, u alohida ipchalar, ya’ni gifalar yig‘indisidan tashkil topgan. Zamburug‘ mitselliysi oziq moddalarni butun yuzasi bilan shimib oladi. Mitselliyda spora hosil qiluvchi organlar hosil bo‘ladi. Ko‘payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy usullarda boradi.
Mitselliyning tuzilishi va ko‘payish usuliga qarab zamburug‘lar
Mitselliyning tuzilishi va ko‘payish usuliga qarab zamburug‘lar
tuban va yuksak zamburug‘larga bo‘linadi. Тuban zamburug‘lar
mitselliysida to‘siqlar bo‘lmaydi. oq
po‘panak), jinsiy ko‘payish suv o‘tlaridagidek boradi. Yuksak zamburug‘lar Epenitsill) mitselliysi to‘siqli, ya’ni ko‘p hujayrali bo‘ladi
(19- betdagi U- rasm) .
Achitqi zamburug‘i — haqiqiy mitselliysi bo‘lmay, tanasi
Achitqi zamburug‘i — haqiqiy mitselliysi bo‘lmay, tanasi
alohida-alohida hujayralardan iborat. Hujayrasi bir yadroli, oval
shaklda bo‘ladi. Bu zamburug‘ kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadiK
Kurtaklanish natijasida hosil bo‘lgan yosh hujayralar uzilib ketmay
zanjir hosil qiladi. Ular shakarli muhitda yashaydi (9- rasm). Achitqi zamburug‘larining faoliyati natijasida shakar spirt va karbonat
angidrid gaziga parchalanadi. Ushbu jarayon pivo, vino va nonvoychilikda katta amaliy ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |