6- амалий иш


Download 8.94 Kb.
Sana22.10.2023
Hajmi8.94 Kb.
#1715221
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Ishlab chiqarish amaliyoti geodeziya, kartografiya va kadastr yo`nalishi talabalari uchun o`quv jarayoning asosiy qismi bo`lib Geodeziya yo`nalishida muayyan masalalarni yechishda umumiy maqsadni ko`zlagan xolda mutaxasislarni keng malakali bo`lib zamon talabiga javob beradigan darajada tayyorlashda asosiy o`rin tutadi
“Samarqand aerogeodeziya” korxonasi Urganch topografiya-geodeziya ekspeditsiyasi 1988-yilda tashkil topgan bo’lib dastlabki nomi AgroITI bo’lib asosan qishloq joylari va shaharchalarda topogeodezik va injenerlik geologiyasi yo’nalishi bo’yicha qidiruv ishlarini bajarib kelgan.
1990-yildan boshlab “Uzgeodeziya”ning filiali ya’ni quyi amudaryo hududiy bo’limi Urganch topografiya-geodeziya ekspeditsiyasi tashkil etilgan.
1993-yilda “Samarqand aerogeodeziya” korxonasi tashkil qilinib UTGE shu korxona tarkibiga kiritilgan.
Urganch topografiya-geodeziya ekspeditsiyasi faoliyatining asosiy maksadi bo‘lib Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 529-son karori bilan tasdiklangan "O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tӳg‘risidagi Nizom" bilan belgilangan tegishli vazifalarni amalga oshirish xisoblanadi. Kuyidagilar korxona faoliyatining asosiy vazifalari xisoblanadi: jismoniy va yuridik shaxslarni belgilangan tartibda geodeziya ma’lumotlari va kartografiya maxsulotlari, aeros’yomka materiallari, geodeziya o‘lchamlari natijalari bilan ta’minlash; davlat maqsadidagi hamda maxsus maksaddagi grafik, raqamli, fotosuratli xamda topografik xarita va planlarni yaratadi va yangilaydi; sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimining ishlashini ta’minlash uchun geodezik ma’lumotlari, kartografik materiallarini yaratadi xamda yangilab boradi.
Urganch topografiya-geodeziya ekspeditsiyasining asosiy vazifalaridan biri mamlakat xalq xo’jaligini sifatli va eng yaxshi va yangi geodeziya topografiya hamda kartografiya materiallari bilan taminlashdir. Bundan tashqari aholiga va korxonalarga shartnoma asosida quyidagi pullik xizmatlarni ko’rsatib kelmoqda:

  • Qurilish osti maydonlarini topografik suratga olish;

  • Loyihani joyaga ko’chirish;

  • Qurilish ostini injener-geologik holatini tekshirish va shu asosda xulosa taqdim etish;

  • Bino va inshoatlarni cho’kish va tashqi tasirlar natijasini aniqlashda yuqori aniqlikdagi geodezik ishlarni bajarish;

  • Yer maydonlari va shaharlar chegarasini aniqlash hamda boshqa geodezik, kartografik ishlarni bajaradi.

Urganch topografiya-geodeziya ekspeditsiyasining tashkiliy tuzilmasi quyidagicha:

  • Ekspeditsiya rahbari;

  • Bosh muhandis;

  • Texnik nazorati bo’yicha mutahassis

  • Geodeziya, topografiya va muhandislik qidiruv ishlari bo’limi;

  • Maxfiy qism texnigi;

  • Bosh hisobchi;

  • Kadrlar bo’yicha inspector;

  • Yangi texnika texnigi;

  • Referent kotiba;

  • Xizmat ko’rsatish va xo’jalik bo’limi.

Download 8.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling