6 -амалий машғулот


Download 54 Kb.
bet1/2
Sana08.09.2023
Hajmi54 Kb.
#1674603
  1   2
Bog'liq
5-Amaliy mashgulot (2)


5 -Amaliy mashg’ulot.


Mavzu: Iqtisodiy samaradorlikni aniqlash tartibi
Ishning maqsadi: texnik-iqtisodiy samarani bevosita yoki bilvosita ta’minlovchi ilmiy malumotni ishlab chiqarish yoki istemol soxasiga berish. Iqtisodiyotning ko’pgina sohalarida undan mavjud mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun takomillashtirish yoki yangisini yaratishda foydalaniladi.
Tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish.
Joriy etish - texnik-iqtisodiy samarani bevosita yoki bilvosita ta’minlovchi ilmiy malumotni ishlab chiqarish yoki istemol soxasiga berish.

Ilmiy maxsulot buyurtmachi yoki istemolchiga xisobotlar, yo’riqnomalar, metodika, muvaqqat ko’rsatmalar, texnik shartlar, texnik loyiha va h.k.lar tarzida beriladi.

Iqtisodiyotning ko’pgina sohalarida undan mavjud mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun takomillashtirish yoki yangisini yaratishda foydalaniladi. Bunday holda joriy etish jarayoni ikki bosqichda joriy etiladi:


birinchi bosqich – tajribaviy, ishlab chiqarishga joriy etish, ikkinchisi - seriyali.
Birinchi bosqichda konstruktsiyalar, mashinalar, materiallar va h.k.larning tayyorlangan tajriba namunalari rejalashtirilgan turlicha ishlab chiqarish sharoitlarida, shuningdek, tasodifiy ko’rsatkichlari va harajatlar, ishonchlilik va uzoq muddatlik, tayyorlash va ekspluatattsiya qilishning texnologiyaviyligi, ekologik va antropotexnik ko’rsatkichlar va h.k.larga alohida e’tibor qaratiladi.
Tajriba – ishlab chiqarish natijalari bo’yicha turli xujjatlar bilan tushuntirish xati tayyorlanadi. Bularda tajriba namunalarga konstruktsiyaviy, texnologik, ekspluatattsiyaviy, iqtisodiy, ekologik, ergonomik, tibbiy – gigienik, yong’inga qarshi va boshqa xususiyatlari bo’yicha baho beriladi. Xujjatlar buyurtmachining va ITI ni bajargan ilmiy-tadqiqot tashkilotining vakillari tomonidan imzolanadi.
Joriy etishning birinchi bosqichi katta moliyaviy harajatlarni talab etadi. CHunki tajriba namunasini tayyorlash ko’p mehnat talab qiladi va ko’pincha to’g’rilash qayta o’zgartirishlar qilishga majbur bo’linadi.
Yangi maxsulot namunasi tajriba ishlab-chiqarish sinovidan so’ng ikkinchi bosqichda seriyani ishlab chiqarishga joriy etiladi. Bunda joriy etish xajmi buyurtmachi tomonidan xaridor bozori talabidan kelib chiqilgan holda belgilanadi.
Ilmiy mahsulotni joriy etishni tezlashtirish uchun ilmiy tadqiqot tashkiloti loyixalash tashkiloti bilan birlashadi. Bunday vaziyatda barcha ishlarga bitta markaz rahbarlik qiladi. Natijada joriy etish muddati qisqaradi, mahsulot sifati va raqobatbardoshligi oshadi. Rivojangan mamlakatlarda mazkur muammo texnoparklar yordamida hal etiladi. Texnopark bir yoki bir necha ITI bilan yaqin aloqaga ega, ilmiy va informatsiya muhitini rivojlantirish bilan shug’ullanuvchi, ilmiy mahsulot yangi texnologiyalar bozoriga jadal kirib borishi uchun ilmiy mahsulot ishlab-chiqarish bazasini o’zlashtirishga baza yaratuvchi tashkilot (yuridik shaxs)dir. 90 yillarning boshlarida jahonda 340ga yaqin texnopark tuzilgan edi.

Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling