6- amaliy ish. Kesh xotira bajardi: Shavkatov Dilmurod


EHMlarning asosiy texnikaviy parametrlari


Download 300.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana15.06.2023
Hajmi300.99 Kb.
#1477779
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dilmurod 6-

EHMlarning asosiy texnikaviy parametrlari. EHMlarning asosiy texnikaviy 
parametrlariga unumdorlik, operativ xotirada saqlash qurilmasi (OXQ)ning 
sig‘imi, informatsiyani kiritish-chiqarish nimtizimining o‘tkazuvchanlik qobiliyati, 
ishini bajarish ishonchliligi kiradi. 
Unumdorlik (тактовая частота) – EHMning eng ahamiyatli ko‘rsatkichlaridan 
biri; vaqt birligida odatda bir sekundda bajariladigan operatsiyalar soni bilan 
o‘lchanadi. Zamonaviy EHMlarda balki ishlanayotgan informatsiyalar 
xususiyatlariga (ishlov berilayotgan so‘zlar razryadligi, sonlarning taqdim 
qilinayotgan shakli – suzuvchi yoki muayyan belgilangan nuqtali, bajarilayotgan 
dasturlarning umumiy oqimida turli operatsiyalarning qaytalanish chastotasi va 
boshqalar) ham bog‘liq. 


OXQ sig‘imi katta hajmli informatsiyaga ishlov beriladigan murakkab dasturlarni 
bajarish bo‘yicha EHM imkoniyatini aniqlaydi. OXQ sig‘imi bitlarda, baytlarda, 
kilobaytlarda, megabaytlarda va sh.k.larda ifodalanishi mumkin. OXQ sig‘imi 
baytlarda, kilobaytlarda (1 Kbayt = 210 bayt =1024 bayt), megabaytlarda (1 Mbayt 
= 1024 Kbayt), gigabaytlarda (1 Gbayt = 1024 Mbayt) baholash mumkin. 
EHM kiritish-chiqarish nimtizimining o‘tkazuvchanlik qobiliyati EHMning turli 
periferiya qurilmalari (PQ) yoki boshqa EHMlar bilan informatsiya almashishdagi 
imkoniyatini aniqlash imkonini beradi. U vaqt birligida kiritish-chiqarish nimtizimi 
orqali uzatilgan informatsiya birligining maksimal miqdori bilan o‘lchanadi. 
Ko‘pincha o‘tkazuvchanlik qobiliyati bir sekundda uzatilgan baytlar, kilobaytlar, 
megabaytlar bilan o‘lchanadi va bir sekundda yuzlab baytdan to bir sekundda 
o‘nlab va yuzlab megabaytlargacha o‘zgaradi. 
• 
Izoh. Ma’lumotnoma adabiyotlarida informatsiyani kiritib-chiqarish 
nimtizimning o‘tkazuvchanlik qobiliyati ko‘pincha kiritish-chiqarish 
kanallarining soni va har bir kanalning ishlash tezligi bilan tavsiflanadi. 
Kiritish-chiqarish nimtizimining maksimal o‘tkazuvchanlik qobiliyati 
bo‘yicha baholash ishonchliroq bo‘ladi, chunki kanallar parallel ishlashi 
mumkinligiga qaramasdan, odatda, o‘tkazuvchanlik qobiliyati EHM hamma 
kanallari ishlashi tezliklari yig‘indisidan kam bo‘ladi. 
EHM ishlashining ishonchliligi ehtimollik tavsifiga ega bo‘lgan bir qator 
ko‘rsatkichlar 
bilan 
baholanadi, 
masalan: 
- berilgan vaqt oralig‘ida (

)da EHMning to‘xtamasdan (buzilmasdan) ishlashi 
ehtimoli P (

); 


- to‘xtaguncha (buzilguncha) ishlashi – buzilmasdan ishlashining o‘rtacha vaqti T
b


EHM 
ishchanlik 
qobiliyatini 
qayta 
tiklash 
o‘rtacha 
vaqti T
v


tayyorlik 
koeffitsienti K
g
=T
b
/(T
b
+T
v

va 
h.k. 

Download 300.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling