6 – AMALIY ISH
Mavzu: Sinflar va ob’yektlar. Konstruktor va destruktor. Sinf usullari
Amaliy ishdan maqsad:
C++ da sinf yaratish va foydalanish bilan tanishish.
Turli sinflarni yaratishni (Dev C++) o’rganish.
Sinf o‘zgaruvchilari va funksiyalarini yaratish bilan tanishish.
Dasturlarda sinflardan foydalanishni o‘rganish.
Amaliy ish vazifalari:
Har bir talaba jurnaldagi tartib raqami bo‘yicha vazifalarning sinfini yaratib dasturiy kod tuzadi.
Har bir vazifani bajarishda foydalanilgan o‘zgaruvchi va funksiyalar haqida hisobotda izoh beriladi.
Hisobot shaklida oldin vazifa, uni bajarishda foydalanilgan funksiyalar, dastur matni va bajarishdan hosil bo‘lgan sinflarni hamda natijalarni olish. 4. Amaliyda beriladigan vazifalarni bitta hisobot shaklida topshiriladi.
Hisobot shakli
Amaliy ishning nomeri, mavzusi (nomi) va maqsadi.
Amaliy ishdagi topshiriq raqami
Topshriqni bajarishda foydalanilgan funksiyalar tavsifi.
Topshiriq dasturiy kodi (rasmda emas).
Topshiriq natijasi.
Dasturning elektron versiyasi (Albatta bu dasturlar kompyuterda o‘qituvchiga ko‘rsatiladi. O‘qituvchini talab va takliflariga ko‘ra dastur to‘g‘rilanadi va so‘ngra hisobot tayyorlanadi.).
Amaliy ish bo’yicha sinov savollari
Dasturlash tilidagi sinf, maydon, metod tushunchalariga izohg bering
Ochiq (public) va yopiq (private) o‘zgaruvchi – a’zolar orasida qanday farq bor?
Sinfning funksiya a’zolari qachon yopiq bo‘lishi lozim?
Sinfning funksiya a’zolari qachon ochiq bo‘lishi lozim?
Qaysi holda sinf usullari joylashtiriluvchi funksiya hisoblanadi?
Konstruktorlar va destruktorlarga izoh bering.
Sinf obyektini hosil qilishda qanday funksiya chaqiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |