6 – laboratoriya ishi yorug‘likning qutblanish hodisasini o‘rganish
To‘lqinning qaytishi va sinishidagi qutblanishi
Download 196.29 Kb.
|
2 5238035105091424674
To‘lqinning qaytishi va sinishidagi qutblanishi
Yorug‘lik to‘lqini ikki dielektrik muhit chegarasiga tushganida ikki hodisa ro‘y beradi. Birinchisi yorug‘likning qaytishi (), ikkinchisi yorug‘likning sinishi. n21, Bu yerda n1 va n2 birinchi va ikkinchi muhitlarning absolyut sindirish ko‘rsatkichlari. Ikkala holda ham yorug‘lik to‘lqinining tarqalish yo‘nalishi o‘zgaradi. Frenel elektromagnit to‘lqin nazariyasiga asoslanib, dielektrikdan aks etgan to‘lqin intensivligi tushayotgan yorug‘lik to‘lqinining qutblanish holatiga, tushishi burchagiga, hamda nisbiy sindirish n21 ko‘rsatkichining kattaligiga bog‘liqligini ko‘rsatdi. E elektr vektori tushish tekisligiga ko‘ndalang yo‘nalishida tebranayotgan yoruqlik ikki muhit chegarasiga tushayotgan bo‘lsa, aks etgan yorug‘likning I intensivligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi IIo . (12.3) Bu yerda Io tushayotgan yorug‘likning intensivligi. Agar tushayotgan to‘lqin tushish tekisligida chiziqli qutblangan bo‘lsa, qaytgan yorug‘likning I|| intensivligi quyidagi munosabat bilan aniqlanadi: I||Io . (12.4) Tushish va sinish burchaklarining kichik qiymatlarida II|| shart bajariladi, lekin va larning kata qiymatlarida II|| bo‘ladi. Shunday qilib ikki muhit chegarasidan aks etgan va singan nurlarning intensivligi tushayotgan nurning qutblanish holatiga bog‘liq ekan, demak bu chegaraga qutblanmagan, ya'ni tabiiy nur tushayotgan bo‘lsa, aks etgan va singan nurlar qisman qutblanadi. Bu holda aks etgan nurda tushish tekisligiga ko‘ndalang yo‘nalishda tebranishlar ko‘proq bo‘lsa, singan nurda tushish tekisligiga parallel bo‘lgan tebranishlar ko‘proq bo‘ladi. Agar /2 (12.5) shart bajarilsa tg() va I||0, ya'ni aks etgan nurda tushish tekisligiga ko‘ndalang bo‘lgan tebranishlar bo‘ladi. Aks etgan nur to‘la qutblangan bo‘lsa, bu holda n2n1n21 va (12.5) formuladagi shartdan quyidagi ifodani olamiz tgBn21 (12.6) Agar nurning tushish burchagi B Bryuster burchagiga teng bo‘lsa, aks etgan yorug‘likda faqat tushish tekisligiga ko‘ndalang yo‘nalishda tebranuvchi to‘lqin qoladi va bunday burchakka to‘la qutblanish burchagi deyiladi. (12.6) formula bilan ifodalangan munosabatni Bryuster qonuni deyiladi. (12.6) formuladan kelib chiqadigan natijani ko‘raylik. Bryuster qonuniga asosan yassi qutblangan to‘lqin (lazer nurlanish) ikki muhitga Bryuster burchagi B ostida tushayotgan bo‘lsin va unda E elektr maydon vektori tushish tekisligida tebranayotgan bo‘lsa aks etgan nur intensivligi nolga teng bo‘ladi. Download 196.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling