6- ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: Multimediali ta’lim va uni tadbiq etish. Reja
Download 18.11 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-maruza BT
6- Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: Multimediali ta’lim va uni tadbiq etish. Reja: 1. Multimedia haqida ma’lumot. 2. Multimediali dasturiy ta’minotlar. 3. Multimedia mahsulotlari. 4. HTML tili. 5. Multimedia vositalari bilan ishlash. 90-yillarga kelib shaxsiy kompyuterlarning quvvati yetarlicha rivojlangach, kompyuterning ovoz va video bilan ishlash masalasi o‘rtaga tashlandi. Bu muammolarni hal qilish uchun foydalanuvchilar orasida multimedia deb nom olgan texnik uskunalar yaratildi. Bu uskunalar tarkibiga ovoz kartasi, ovoz kuchaytirgich va karnay hamda kompakt disk nomini olgan doimiy tashqi xotira diskyuritkichi kiradi. Bu uch qurilma bilan ta'minlangan kompyuterlar multimedia kompyuterlari deb ataladi. Ovoz bilan video kompyuter imkoniyatlarini qanchalik kengaytirganligini sezish uchun kompyuteringizning ovoz karnaylarini o‘chirib qo‘ying va ovozsiz ishlashga qancha vaqt sabringiz yetishini tekshirib ko‘ring. Aminmanki, bir soat ham o‘tmay ovozni yana yoqib qo‘yasiz. Multimedia so‘zi nimani anglatadi? Media so‘zi juda ko‘p uchraydi va u ko‘pincha muhit deb tarjima qilinsa-da, muloqot degan ma'noda ham ishlatiladi. Kompyuter multimediali bo‘lishi uchun birinchidan, multimedianing texnik ta'minoti, ikkinchidan, uning dasturiy ta'minoti va uchinchidan, multimedia axborotlari mavjud bo‘lishi kerak. Dasturiy ta'minotlar Windows operatsion sistemasi tarkibiga kirgan bo‘lib, ularni chaqirish uchun Pusk tugmasini bosib, Programmы bo‘limiga kiramiz; undan Standartnыe bo‘limiga o‘tib, undagi Razvlecheniya bandiga kiramiz va undan kerakli dasturni tanlab, ishga tushiramiz. Hozirgi paytda multimedia bilan ishlash uchun mo‘ljallangan ko‘plab dasturlar mavjud. Ularga misol qilib, musiqani eshitish uchun mo‘ljallangan Winamp (Windows amplifier – Windows ovoz kuchaytirgichi); video ko‘rinishidagi axborotlarni tahrir qilish uchun mo‘ljallangan Adobe Premier dasturlarini keltirish mumkin. Multimedia mahsulotlari deb tarkibiga oddiy axborot – matn va grafikadan tashqari ovoz va video axborotlar ham kirgan va bundan tashqari, oddiy videodan farq qilib, tarkibiga axborotlar oqimini boshqarish farmoyishlari ham kirgan dasturiy vositalarga aytiladi. Multimedia mahsulotlari juda ommaviylashib ketishining asosiy sababi ham ularda ana shu boshqarish farmoyishlarining mavjudligidir. Bu farmoyishlar haqida to‘liqroq ma'lumotga ega bo‘lish uchun quyidagi misolga murojaat qilamiz. Oddiy kitob, masalan, informatika bo‘yicha darslik varaqlar ketma-ketligidan iborat, bu kitobning elektron variantini butunlay boshqacha qilish mumkin. Masalan, kitob mundarijasiga kirib, kerakli bobni tanlab, kiritish tugmasini bossak, elektron kitob ana shu bobni ekranga chaqiradi va biz u bilan tanishishimiz mumkin. Bu bobdagi biron-bir tushuncha bizga notanish bo‘lsa, uni ajratib yana kiritish tugmasini bossak, bu tushuncha batafsil tushuntirilgan varaq ekranga chiqadi va u bilan tanishib, qaytish tugmasini bossak, yana avvalgi bobga qaytib o‘tamiz. Elektron kitob matnidagi bu kabi bir joydan ikkinchi joyga o‘tishlar giperbog‘lanishlar deb ataladi. Giperbog‘lanishlar bilan to‘ldirilgan matn gipermatn deb ataladi. Multimedia mahsulotlari ana shu gipermatnlarning o‘zidir, faqat uning tarkibiga matn va grafik axborotlar bilan birga ovoz va video axborotlar ham kiradi. Masalan, zoologiya darsligida bulbullar haqidagi mavzu bilan tanishib chiqayotib, uning ovozini eshitish yoki geografiya darsida o‘lkaning ekologik ahvolini o‘rganayotib, daryo qirg‘oqlarining yemirilishi jarayoni aks etgan videolavhalar bilan tanishish bir tomondan darsning qiziqarliligini oshirsa, ikkinchi tomondan uning samaradorligini ko‘taradi. Multimedia mahsulotlariga – elektron kataloglar; – elektron kitoblar; – birgalikda malaka oshirish, o‘qish, o‘rganish; – tijorat va marketing taqdimotlari; – o‘quv trenajyorlari; – kompyuter o‘yinlari va boshqalar misol bo‘la oladi. Multimedia internet tarmog‘ida juda keng qo‘llaniladi. Gipermatn va multimedia mahsulotlari tarkibiga kiruvchi giperbog‘lanishlar HTML3 deb nom olgan til yordamida yaratiladi. Bu til ommaviylashib ketishining asosiy sabablaridan biri uning yordamida nafaqat bitta faylda joylashgan matnlar orasida, balki turli fayllarda va hatto turli kompyuterlarda joylashgan matn, hujjat va ob'ektlar orasida bog‘lanish yarata olish mumkinligidir. O‘qitish jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish o‘qitish sifati va samarasini oshirishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimedia vositalari yordamida olib borilgan audio-video muloqot o'quvchining darsga bo'lgan qiziqishini va bilim olishga bo'lgan havasini oshiradi. Multimedia vosita- lariga, jumladan, audiokolonka, mikrofon, videoproyektor, Web kamera, TV tuner, CD-ROM va boshqalar kiradi. Multimedia vositalari o‘quvchiga yakka tartibda shug‘ullanish imkonini beradi. O‘quvchi 0‘qituvchining bevosita ishtirokisiz ham materialni mustaqil o‘zlashtirishi mumkin bo'ladi. Hozir multimedia so‘zi kundalik ilmiy-ixtisosiy faoliyatimizda juda ko‘p ishlatilmoqda. Ta’limda multimedia texnologiyalarini tatbiq etish uchun dastlab «Multimedia nima o‘zi?» degan savolga javob beraylik. Turli kasb mutaxassislari bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib, multimediaga shunday ta’rif berish mumkin: Multimedia — bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari yordamida o‘quv materiallarini tinglovchilarga to‘liq yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir. Multimedia hozir juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyalaridan bo‘lib, u quyidagi an’anaviy axborot turlarini: matn, jadval, turli xil bezaklar hamda original axborot turlarini: nutq, musiqa, telekadrlar, videofilmlardan parchalar, lavhalar, animatsiya ko‘rinishidagi axborotlami o‘z ichiga oladi; — video va audio axborotlami kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessoming harakatchanligini, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyatini, tezkor va video-xotira hajmini, katta sig'imli tashqi xotirani, kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuv tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi; — «inson — kompyuter — inson» interfaol muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi nazarda tutiladi. Foydalanuvchi texnik muloqot jarayonida ancha keng va har tomonlama mukammal axborotlami olishi osonlashadi va tezlashadi. Multimedia vositalarining afzalliklari va uni ta’limda qo'llash muammolari. Hozirgi amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida tinglovchilami o‘qitish an’anaviy ta’limdan ikki barobar samarali bo‘lmoqda. Ta’lim sohasida multimedia vositalari yordamida tinglovchilaiga bilim berish afzalliklari quyidagilardan iborat: — ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyatining mavjudligi; — ta’limning turli shakllaridan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyatining paydo bo'lishi; — boshqa fan sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada oshishi; — dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo'linishi; — olingan bilimlami kishi xotirasida uzoq muddat saqlab qolish va uni amaliyotda qo'llash imkoniyati. Multimediani ta’lim jarayoniga qo'llashning ayrim muammolari ham mavjud, jumladan: — ta’lim uchun zarur bo'lgan o'quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko'rsatmalami elektron qo'llanma shaklida yoki o'quv kompyuter dasturlari ko'rinishida ishlab chiqish; — ishlab chiqilgan o'quv kompyuter dasturlari uchun multimedia elementlarini qo'llash. Multimediali o'quv materiallarini ishlab chiqishda hozir respublika ilmiy metodik markazlarida uni ta’lim jarayonida qo'llash bo'yicha tadqiqot ishlari boshlab yuborilgan. Bunga yetakchi mutaxassislar jalb qilingan va ta’lim o'quv materiallari yo'nalishlari bo'yicha yaratilmoqda. Download 18.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling