6- ma’ruza: nazorat qilish va baholash usullari reja


Ta'lim olganlikni natijalarini tekshirish va baholash tamoyillari


Download 310.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi310.58 Kb.
#202752
1   2   3   4
1.Ta'lim olganlikni natijalarini tekshirish va baholash tamoyillari. 

O‘quvchilarning  ta’lim  natijalarini  tekshirish  va  baholashga  qo‘yiladigan 

pedagog  talablar  (buni  pedagog  olim  N.A.Sorokin  ta’rifida  berishni  ma’qul  deb  topdik) 

ta’lim nazariyasi va amaliyotida quyidagicha belgilangan: 

1) 

har bir o‘quvchining o‘quv faoliyatini nazorat qilishni talab etadigan, sinf 



yoki  guruhning  o‘quv  ishi  natijalari  o‘quvchining  shaxsiy  natijalarining  o‘rnini 

almashtirishga yo‘l bermaydigan nazoratning individual tavsifi

2) 

nazoratni  ta’lim  jarayonining  barcha  bosqichlarida:  boshlang‘ich  idrok 



etishdan to bilimlarni amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida o‘quvchilarning o‘quv 

faoliyatlarining boshqa tomonlari bilan birgalikda olib borishning tizimliligi

3) 

nazoratning o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal etadigan, 



uni olib borishga o‘quvchilarni qiziqtiradigan turli shakllari

4) 


o‘quv  dasturining  barcha  qismlarini  qamrab  olgan,  o‘quvchilarning 

nazariy  bilimlari,  intellektual  hamda  amaliy  ko‘nikma  va  malakalarini  tekshirishdan 

iborat nazoratning keng ko‘lamliligi; 

5) 


o‘quvchilarni  har  jihatdan  bilib  olmasdan  turib,  o‘qituvchining  xato 

xulosalar  chiharish,  sub’ektiv  munosabatda  bo‘lishiga  yo‘l  qo‘ymasligi,  shuningdek, 

o‘zlashtirish natijalarini baholashda baho mezonlariga qat’iy rioya qilishni talab etadigan 

nazoratning xolisligi (ob’ektivligi); 

6) 

har  bir  fan,  uning  bo‘limlarining  maxsus  xususiyatlari,  shuningdek, 



o‘quvchilarning  shaxsiy  qobiliyatlarini  hisobga  olgan  holda  turli  nazorat  metodlarini 

tanlashning tabaqalashganligi; 

7) 

muayyan  sinf  (guruh)  o‘quvchilarining  o‘quv  ishlarini  nazorat  qilishda 



barcha o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladigan talablarning bir xil bo‘lishi. 

YUqorida  ko‘rsatilgan  talablarga  rioya  qilish  orqali  nazoratning  ishonchliligi 

ortadi va yoquv jarayonida o‘z vazifalarini hal qilishga imkon yaratiladi. 


Download 310.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling