6- mavzu : Transformatorlar va avtotransformatorlar sovutish sistemasiga xizmat ko’rsatish
Download 45.79 Kb.
|
Transformatorning sovutish tizimiga xizmat ko
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovutish tizimini ko’zdan kechirish
- Texnink parvarish.
- M va Д –tip uchun
6- mavzu : Transformatorlar va avtotransformatorlar sovutish sistemasiga xizmat ko’rsatish. Transformatorning sovutish tizimiga xizmat ko’rsatishda asosiy vazifalar quyidagilardir : Kuzatish Texnik parvarish Sovutish tizimini ko’zdan kechirish transformatorni ko’zdan kechirish bilan bir vaqtda bajariladi. Bunda sovutish tizimining barcha qismlari sozligi tekshiriladi, jumladan , Moy oqimining mavjudligi Radiatorlarning ishlashi ( ularning qizish darajasi ) Sovutgichlarning holati ularning qizishiga ko’ra va moy haydovchi nasoslar yaqiniga o’rnatilgan manometrlarning ko’rsatgichiga ko’ra tekshiriladi Adsorbsion filtrning holati qo’l bilan ushlab ko’rib tekshiriladi Ventilyator,nasos,trubalar,sovutgichlarning mahkamligi, ularda vibratsiya darajasi, g’ichirlashning yo’qligi tekshiriladi Sovutish tizimini avtomatik boshqarish shkaflarining ko’rigida ularda qizishning yo’qligi, kontaktlarning korroziyaga uchramaganligi , shuningdek apparatura tok o’tkazuvchi qismlari izolyatsiyasining shikastlanmaganligi, shkaf eshiklari nam va chang o’tkazmayotganligi tekshiriladi. Shkaflardagi avtomatik o’chirgichlarning ko’rigi har qisqa tutashuvdan o’chgandan so’ng tekshirilishi kerak. Kommutatsion apparatlar kontaktlari ventilyator va nasoslarning elektr dvigatellarining avtomatik o’chishidan so’ng tekshirilishi kerak. Texnink parvarish. sovutish tizimining Texnink parvarishi o’z ichiga quyidagilarni oladi : Yeyilgan detallar ( nasoslar lopatkalari, ventilyator parraklari, podshipniklar)ni almashtirish Ventilyator va sovutgichlarni tozalash Podshipniklarni moylash Elektr dvigatellarning izolyatsiya qarshiligini tekshirish Ц – sovutish tipida trubalar va suv kameralari loy va boshqa iflosliklardan tozalanadi. sovutish tizimining Elektr dvigatellari ta’minot sxemasi va AVR ning holati grafik bo’yicha 1 oyda kamida bir marta tekshiriladi. sovutish tizimi ishining umumiy samaradorligi transformator moyining yuqori qatlamidagi haroratga ko’ra baholanadi. Soz holatdagi sovutish tizimida moyning maksimal temperaturasi quyidagicha bo’lishi kerak : M va Д tipi uchun 95 °C ДЦ - tipi uchun : 250 MVA gacha quvvatda 80 °C, 250 MVA dan katta quvvatlarda 75 °C Ц- tipi uchun 70 °C. Moyning bu maksimal haroratlari transformator nominal yuklama bilan ishlaganda bak qopqog’I ostidagi moy harorati olinadi. nominal yuklama bilan ishlash muddatlari quyidagicha : M va Д – tipi uchun 10-12 soat ДЦ- tipi uchun 6-8 soat Bunda atrof-muhit harorati o’zgarmas va 40 C holat nazarda tutilgan. Nominal yuklama bilan ishlaganda yuqori qatlamlardagi moy harorati kamdan kam holatlarda maksimal haroratgacha ko’tariladi. Moy haroratining me’yoridan oshish sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin : M va Д –tip uchun : radiatorlardagi kranlarning yopiqligi yoki to’liq ochilmaganligi; radiatorlarni moy bilan to’ldirish vaqtida radiatorning yuqori kollektorlarian havoning chiqarib yuborilmaganligi ; radiatorlar tashqi yuzasining kuchli ifloslanishi. Д –tip uchun : hamma ventilyatorlarning ishlamayotgani ; ventilyatorlarning parraklari teskari tomonga aylanayotgan bo’lishi mumkin. ДЦ –tip uchun : nasosning ishchi g’ildiragi teskari tomonga aylanayotgan bo’lishi mumkin ; ishchi ventilyatorlarning soni yetarli emasligi ; ventilyatorlarning parraklari teskari tomonga aylanayotgan bo’lishi mumkin ; sovutgich trubalari tashqi yuzasining kuchli ifloslanishi. Agar ko’rikdan biror nosozlik aniqlanmasa , u holda moyning ortiqcha qizishiga transformatorning o’zidagi nosozliklar sabab bo’lishi mumkin. 1-rasm. Radiator qurilmasi uchun ventilyatorning o’rnatilishi : Bak devori Ventilyatorning dvigateli Tortib turuvchi rastyajka Kronshteyn Moy va suv bilan sovutiladigan transformatorlarda sovutish tizimi transformator yoqilgandn so’ng ishga tushiriladi, bunda avval moy nasosi ishga tushiriladi va moyning sovutgichdagi sirkulyatsiyasi tekshiriladi so’ngra sovutuvchi suv oqimi beriladi va moy bilan suv bosimlari tekshiriladi. Zarur hollarda bosim rostlanadi. Moy-suvli sovutish sistemasini o’chirish transformator o’chirilgandan so’ng amalga oshiriladi : avval moysovutgichdagi suvning oqimi to’xtatiladi so’ngra esa moy nasosi o’chiriladi. 2-rasm. Moy-suvli sovutish sxemasi ( Ц- sistemasi ) transformator baki elektr nasos sovutgich adsorbsion filtr setkali filtr differensial manometr ,8- manometrlar 9-, 10- termometrlar Download 45.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling