6 – mavzu: bug‘doy bilan bog‘liq tajriba o‘tkazishning ilmiy asoslari reja


Download 20.82 Kb.
bet4/4
Sana10.11.2023
Hajmi20.82 Kb.
#1761982
1   2   3   4
Dc
Demak, ushbu nuqtada bitta boshoqdagi donning o‘rtacha soni 30 donani tashkil etadi;

  • O‘simlikni bo‘yi va boshoq uzunligi, sm. o‘simlikning bo‘yi uning xolatiga qarab, mart, aprel, may, iyun oylarining birinchi kunida va oxirgi marta o‘rimdan oldin belgilangan nuqtalarda amalga oshiriladi. Boshoq uzunligi esa, faqat bir marta-o‘rimdan oldin aniqlanadi;

  • Qirqib olingan bog‘lamning og‘irligi, g. bu ko‘rsatgichni aniqlash uchun bog‘lamdagi bug‘doyning tuplanish bo‘g‘ini yuqoriidan 15 sm qoldirilib, qirqiladi va bog‘lam tarozida tortiladi;

  • Bog‘lam boshoqlaridagi don og‘irligi, g. belgilangan maydondan olingan bog‘lamdagi boshoqlar yanchiladi, tozalanadi va tarozida tortiladi. Olingan natijani maxsuldor poyalar soniga bo‘lib, bitta bohoqdagi don og‘irligi aniqlanadi. Masalan; 1m2 dagi don og‘irligi 420 g ni, maxsuldor poyalar soni 310 donani tashkil etsa,

Db
Bunda: Db- bitta boshoqdagi don og‘irligi, g;
a-1m2dagi don og‘irligi, g;
s-maxsuldor poyalar soni, dona.
Db
Demak, bitta boshoqdagi don og‘irligi 1,35 g;

  • Boshoqdagi qatorlar soni va xar bir qatordagi don soni xam belgilangan o‘ha nuqtalardan olingan bog‘lamlardagi boshoqlarda aniqlanadi. Bu amal, ayniqsa, bug‘doyning ekoligik nav sinoviga yo‘naltirilgan tajribalarda amalga oshirilishi muxim axamiyatga ega;

  • 1000 dona don og‘irligini aniqlashda belgilangan xar bir nuqtadan (1m2 dan) olingan xamda yanchilgan dondan sanab ming dona ajratiladi va tarozida tortiladi;

  • Don va somon xosildorligi. Kuzgi bug‘doyning don va somon xosildorligi barcha takrorlashlardagi xar bir variantda aloxida belgilangan 3 nuqtadan olingan o‘simlik namunalarida aniqlanadi. Buning uchun, 3 nuqtadan olingan va yanchilib, tarozida aloxida tortilgan don og‘irligi yig‘indisi uchga bo‘linadi va 1m2 dagi donning o‘rtacha og‘irligi aniqlanadi:

Ay
Bunda: Ay- 1m2 dagi donning o‘rtacha og‘irligi, g;
a1- birinchi nuqtadagi don og‘irligi,g;
a2-ikkiinchi nuqtadagi don og‘irligi, g;
a3-uchinchi nuqtadagi don og‘irligi, g.
1m2 da aniqlangan o‘rtacha don og‘irligi gektar xisobida aniqlanadi:
Dx =Ay x 10000m2 (1ga);
Bunda: Dx- don xosildorligi:
Ao‘-1m2 dagi donning o‘rtacha og‘irligi, g;
Masalan, donning nuqtalar bo‘yicha og‘irliklari 1m2 da a-423, a2-387, a3-410 gramm bo‘lsa, unda o‘rtacha don og‘irligi 406,6 grammni tashkil etadi.
Demak, Ao‘-406,6 g. Bunda Dx=406,6x10000=4066000,0 g. Buni tonnaga aylantirsak 4,066 t, ya‘ni 40,06 sentnerni tashkil etadi.
somon xosildorligi xam shu tarzda aniqlanadi.
Download 20.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling