6- mavzu elektron pochta. Reja: Elektron pochta tarixi. Elektron pochta texnologiyasi
Download 1.12 Mb.
|
6-MAVZU
2.Elektron pochta texnologiyasi.
Xabarlarni uzatish va qabul qilish. Tashkil qilingan elektron pochta orqali boshqa elektron manzilga xat jo‘natish ketma-ketligini ko‘rib chiqamiz: dastlab, mail.ru Web sahifasi ishga tushiriladi va ekranda hosil bo‘lgan ishchi oynaning Imya darchasida foydalanuvchi elektron manzili va Parolь darchasida paroli kiritiladi va Voyti tugmachasi bosiladi. Komu darchasiga xat jo‘natilishi kerak bo‘lgan elektron manzil, Kopiya darchasiga, agar shu xat boshqa manzilga ham jo‘natilishi kerak bo‘lsa, o‘sha manzil, Tema darchasiga xat mavzusi yoziladi. Xat mazmuni pastki bo‘sh oynaga yoziladi va Otpravit tugmachasi bosiladi. Agar xat to‘g’ri jo‘natilgan bo‘lsa, u holda ekranda Uspeshno otpravlen ma’lumoti paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi elektron manzil orqali kompьyuter xotirasidagi ixtiyoriy fayllarni ham jo‘natishi mumkin. Buning uchun Prikrepit tugmachasi bosiladi. Agar bir nechta faylni jo‘natish kerak bo‘lsa, qolgan fayllar ham shu tartibda tanlanadi. Foydalanuvchi elektron pochtasiga kelgan xatlarni ko‘rishi uchun Vxodyaщie buyrug’i tanlanadi. Ekranda pochtaga kelgan xatlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Unda xat kimdan, mavzusi, pochtaga qachon kelib tushgan va fayl o‘lchami to‘g’risida ma’lumot saqlangan. Foydalanuvchi xatni o‘qishi uchun, Tema bandida sichqonchaning chap tugmachasi bosiladi. Ekranda xat mazmuni paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi xatni o‘qishi va agar zaruriyat bo‘lsa FaylPechatь buyrug’i orqali printerda chop qilishi mumkin. Elektron pochtadagi keraksiz xatni o‘chirish uchun dastlab u belgilanadi va Udalitь tugmachasi bosiladi. o‘chirilgan fayl Korzinaga borib tushadi. Korzinani tozalash Ochistitь Korzina buyrug’i orqali amalga oshiriladi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling