6- mavzu: Korxonalarda texnika xavfsizligini ta'minlash asoslari. Maqsad


Download 0.59 Mb.
bet3/3
Sana04.12.2020
Hajmi0.59 Mb.
#159270
1   2   3
Bog'liq
Maruza 6


Blokirovkalash qurilmalari. Mashina va mexanizmlarni o'ta xavfli zonalarida xavfsizlikni oshirish maqsadida to'siqlar bilan birgalikda blokirovkalash qurilmalaridan ham foydalaniladi. Blokirovka - bu mashinalar qismini muayyan holatda ushlab turuvchi vositalar va uslublar majmui hisoblanadi.

Ko'pgina mashina va mexanizmlarda xavfsizlikning texnik vositalari kompleks holda ishlatilsada, xavfsizlik to'liq ta'minlanmaydi. Chunki, ko'pgina baxtsiz hodisalar ishchining e'tiborsizligi yoki xavfsizlik qoidalariga amal qilmasligi sababli kelib chiqadi.

Masalan, har qanday mashina yoki traktorni o't oldirishda uzatmalar quttisi ajratilgan holda bo'lishi shart, aks holda turli ko'rinishdagi ko'ngilsiz voqealar sodir bo'lishi mumkin.

Xuddi shuningdek, mashinalarning aylanuvchi yoxud boshqa xavfli zonalardagi himoya kojuxlari ma'lum sabablarga ko'ra echilib so'ngra e'tiborsizlik tufayli o'z joyiga o'rnatilmay qolishi ularni ishlash vaqtida ma'lum xavfli zonalarini keltirib chiqarish mumkin. Blokirovka qurilmalari ana shunday salbiy holatlarini oldini olish maqsadida ishlatiladi va har xil mashina va mexanizmlardan foydalanishda xavfsizlikni oshiradi. Masalan, mashina va mexanizmlar korpusining himoya kojuxi o'rnatiladigan joyiga maxsus kontaktlar o'rnatilib himoya kojuxi echib olinganda kontaktlar elektr ta'minotini uzadi, natijada mashina boshqarish pulti orqali qo'shilganda mashina yoki mexanizm ishga tushmaydi. Himoya kojuxi joyiga qayta o'rnatilganda kontakt qo'shiladi va elektr ta'minoti ulanadi. Ana shu kabi qurilmalarni mashina va traktorlarga o'rnatish mumkinki, natijada uzatmalar quttisi qo'shilgan vaqtda ularning dvigatellari o't olmaydi.



Saqlash qurilmalari. Mavjud talablar bo'yicha na biror mashina, stanok yoki uskuna, ular ishlatishga yaroqsiz hisoblanadi. Saqlash qurilmalarining asosiy vazifasi ish joylarida nazorat qilinishi talab etiladigan ko'rsatkichlar (kuch miqdori, bosim, harorat, siljish va boshqalar) ruxsat etilgan miqdoridan oshgan taqdirida, mashina yoki mexanizmni ishdan avtomatik ravishda to'xtatishdan iborat. Shu sababli saqlash qurilmalarining konstruktsiyalari mashinalar va texnologik jarayonlarning xususiyatlariga bog'liq holda turlicha bo'lishi mumkin.

Ishlab chiqarishdagi xavfli omillarning hosil bo'lishi tabiatigi ko'ra saqlash qurilmalari 4 guruhga bo'linadi.

1. mexaniq zo'riqishlardan saqlovchi;

2.mashinalar qismlarining belgilangan chegarada harakatlanishini ta'minlovchi;

3.bosim va haroratni ruxsat etilgan me'yorlardan oshishini ta'minlovchi;

4.elektr toki kuchini ruxsat etilgan me'yordan oshmasligini ta'minlovchi.

Birinchi guruhdagi saqlash qurilmalariga: muftalar, ko'tarishni cheklovchi moslamalar, uziluvchi shtiftlar va shpilklar, aylanishlar sonini rostlagichlar kiradi; ikkinchi guruh saqlash qurilmalariga mashina mexanizmlarining harakatlanuvchi qismlarini belgilangan chegarada harakatlanishini ta'minlovchi moslamalar; ajratkichlar, tayanch to'xtatkichlar kiradi. Uchinchi guruh saqlash qurilmalariga bosim ostidagi bug', gaz yoki suyuqliklar bilan ishlovchi mexanizmlarida saqlash klapanlari va membranalar misol bo'la oladi. Barcha bug'qozonlari, gidravlik va pnevmatik sistemalar, bosim belgilangan normadan oshib ketganda avtomatik ravishda ishga tushuvchi klapanlar bilan jihozlanadi. Saqlash klapanlaridan foydalanish etarli bo'lmagan sharoitlarda membranalardan foydalaniladi. Membranalar yupqa metall plastinkalardan tayyorlanadi va bosim belgilangan miqdordan oshib ketganda plastinka yorilib, ortiqcha bosim atmosferaga chiqarilib yuboriladi. Shu sababli membrana plastinkasining qalinligi sistemadagi bosimga mos holda tanlanadi.

Mashina va mexanizmlarining normal va rejimda elektr kuchlanishida bo'lishi talab etilmaydigan qismlarida elektr tokining yuzaga kelishi turli xil baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradi. Bunday xavfli vaziyatlardan hamda elektr toki kuchining belgilandan miqdordan oshib ketishini oldini olish uchun eruvchi saqlagichlar ishlatiladi. Bunday saqlagichlar elektr toki me'yoriy miqdoridan oshib ketganda erib uziladi va tok ta'minotini to'xtatadi. O'ta xavfli elektr qurilmalarida avtomatik ajratkichlardan foydalaniladi.




  1. Xavfsizlik belgilari sistemasi

Signal o'zining funktsional vazifasi bo'yicha ogohlantruvchi, avariya, nazorat qiluvchi, gaplashish signallarga bo'linadi.



Ta'sir etish usuli bo'yicha quyidagi signallardan foydalaniladi; yoritish, tovush, rangli va belgi. -davlat standarti quyidagi rang signallari va ularning vazifalarini belgilaydi: qizil-taqiqlovchi, "Stop"- muqarrar xavf; sariq-diqqat, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xavf haqida ogohlantirish; yashil-"xavfsizlik", "ruxsat", "yo'l bo'sh"; ko'k-"ma'lumot".

4-rasm. Xavfsizlik belgilari: a-taqiqlovchi, b-ogohlantiruvchi, v-tushuntiruvchi, g-ko'rsatuvchi.
Yuqori shovqin ostida ishlaydigan uskunalarda yoritish signallari va past shovqinda ishlaydigan uskunalarda (60...70 db gacha) tovushli signallar qo'llanilishi kerak.

Belgili signallar yo'l belgilari ko'rinishida anchadan buyon qo'llaniladi. 1970 yildan boshlab esa belgili signallar mehnat xavfsizligini taminlash uchun ham tobora keng qo'llanilmoqda.

-davlat standarti bo'yicha xavfsizlik belgilari 4 ta guruhga bo'lingan (4 - rasm).

Har bir guruh uchun belgilar formasi, rangi va o'lchamlari mavjud. Har bir belgini o'rnatish joyi belgilangan.

Qayd qilingan standart bilan belgilarni 12 ta variantdagi o'lchamlari belgilangan. Bulardan oltitasi odatdagi (oddiy) va oltitasi kichiklashtirilgan (uskunalarga chizilgan) belgilardir.

Buyruq beruvchi belgining kvadrati tomonlari 28 sm dan 90 sm gacha, ogohlantiruvchi belgining uchburchak tomonlari 28 x 36 dan 90 x 112sm gacha bo'ladi, kichraytirilgan (ishlab chiqarish uskunalariga chizilgan) belgilarda aylana diametri 2...12 sm, uchburchak tomonlari 2,5...16 sm bo'ladi.


Bino-inshootlarda elektr xavfsizligi
Zamonaviy bino-inshootlarning elektr toki qo'llanilishi bilan chambarchas bog'liq. Elektr toki mehnatni engillashtirish bilan bir vaqtda odamlar sog'ligi va hayoti uchun katta xavf manbai hamdir. Boshqa xavf manbalardan farqli, ularoq elektr toki xavfini masofadan, o'lchash asboblarisiz aniqlab bo'lmaydi.

Elektr tokidan jarohatlanish quyidagi har xil sharoitlarda sodir bo'lishi mumkin:

1. izolyasiyasi ishdan chiqqan o'tkazgichlar yoki ochiq tok uzatish qismlarga

tekkanda;

2. yoy orqali elektr toki ta'siridan;

3. tasodifan kuchlanish ostida bo'lgan uskunalarning metall qismlaridan;

4. katta o'lchamdagi mashinalarni elektr uzatish tarmoqlariga ruxsat etilmagan yaqinlikda joylashgan (avtokranlar, g'alla kombaynlari) va boshqa shunga o'xshash hollarda.

Statik ma'lumotlardan ma'lumki, elektr tokidan jarohatlanganlar ichida kishilarning ko'pchiligi elektrotexnik kasbga ega bo'lmagan odamlardir.

Bino-inshootlarning elektr tokidan jarohatlanishlarni tekshirish u narsani ko'rsatadiki, ko'pchilik baxtsiz voqealar elektr uskunasi bilan ishlashga o'qimagan, elektr xavfsizligi haqida ma'lumoti yo'q ishchilarni i shlatish natijasida sodir bo'ladi.

Elektr xavfsizligi - bu odamlarni elektr tokining elektr yoyining, elektromagnit maydon va statik elektr zaryadlarining zararli va xavfli ta'sirlaridan himoyasini ta'minlovchi vositalar, texnik hamda tashkiliy tadbirlar sistemasidir.


Elektr tokidan jarohatlanishning xavfliligi
Elektr tokining inson organizmiga ta'siri murakkab va o'ziga xos formalarda namoyon bo'ladi. Organizmdan elektr toki o'tishi bilan unga kimiyoviy, issiqlik bilan va biologik ta'sir ko'rsatadi. Organizmga elektr tokining kimiyoviy ta'sirida qon va boshqa organiq suyuqliklar parchalanadi. Elektr tokining organizmga issiqlik bilan ta'sirida esa tananing jarohatlangan joylari ko'yishi mumkin. Elektr tokining organizmga biologik ta'sirida esa og'riq, to'qimalari joyidan qo'zgalishi hamda ixtiyorsiz holda muskullarining qisqarishi kuzatiladi. Elektr toki urishi (shoklantirishi) juda xavfli hisoblanadi. Elektr toki inson tanasidan o'tishi bilan butun organizmni zararlaydi va bunda qisman yoki to'liq yurak, nafas olish organlarini va asab sistemasini falaj (shol) qilishi kuzatiladi.

Organizmga elektr tokining ta'siri natijasiga quyidagi qator omillar ta'sir qiladi:

-tok kuchi;

-inson tanasining qarshiligi;

-kuchlanishning kattaligi;

-tok turi va chastotasi;

-tok yo'li;

-tok ta'sirining davomiyligi;

-inson organizmining individual xususiyatlari.

Tok kuchi organizmni jarohatlashda hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Tokning quyidagi ta'sir ko'rinishlarini misol qilib keltirish mumkin.

1.sezilarli tok (2 ma gacha) – organizm orqali o'tganda sezilarli og'riq kuzatiladi;

2.qo'yib yubormaydigan tok (10...25 ma) – organizm orqali o'tganda o'tkazgichni qisgan qo'lni qisqargan muskullarini bo'shatib bo'lmaydi;

3.fibriliyasion tok (50 ma dan yuqori) – organizm orqali o'tganda yurak fibriliyasiyasiga (yurak muskullarining tartibsiz qisqarishiga) olib keladi.

Elektr tokidan jarohatlanishda inson tanasining qarshiligi katta ahamiyatga ega bo'ladi. Tananing elektr tokiga qarshiligi Rz 100000 om dan 1000 om gacha qiymatlarda o'zgaradi va u teri qoplamasi holatiga (quruq, nam, jarohatlangan yoki jarohatlanmaganiga), tegish maydoni va tegish zichligiga, tokni kuchi va chastotalariga hamda uning ta'sirini davomiyligiga bog'liq bo'ladi.

Jarohatlanish natijasiga organizmdagi tokning yo'li ham ta'sir qiladi. Elektr toki qo'l orqali oyoqqa etganda eng katta xavf tug'diradi, ya'ni bunda tok organizmning eng ko'p organlarini (yurakni va o'pkani) qamrab oladi. Elektrdan jarohatlanish statistikasidan ma'lumki, inson qo'lining orqa tomonidan, chakkalardan, umurtqadan, tizzalardan, asab tolalarning birikish joylar va boshqa joylardan nisbatan uncha katta bo'lmagan toklar o'tganda ham halokatlarga olib keladi.

Elektr tokidan jarohatlanish natijasida insonning individual xususiyatlariga sezilarli darajada bog'liq bo'ladi.

Masalan, bir xil miqdordagi tok ikki kishidan o'tganda birinchisida kuchsiz sezgi uyg'otsa, ikkinchi kishining muskullarini qisqarishiga olib kelishi mumkin. Kishiga ta'sir etuvchi tok qiymati insonning jismoniy va ruhiy holatiga bog'liq holda o'zgaradi.

Insonni mast holatida bo'lishi, uning organizmini elektrga qarshiligini kamaytiradi va shunga ko'ra uning jarohatlanishi xavfini ko'paytiradi. Yurak, o'pka, asab kasalliklari bilan xastalangan insonlar uchun tok xavfli ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun elektr qurilmalarida ishlashga tibbiy ko'rikdan o'tgan va maxsus ma'lumotli kishilarga ruxsat etiladi.

Hayvonlar organizmiga elektr toki inson organizmiga ta'sir qilganidek ta'sir qiladi. Hayvonlarda olib borilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, uning massasi qancha katta bo'lsa elektr toki ta'siri xavfi shuncha kam bo'ladi. 100 ma miqdordagi tok kuchi hayvonlarni nafas olishi va yurak faoliyatida hech qanday o'zgarish hosil qilmaydi. Ammo hayvon tanasi qarshiligi inson tanasi qarshiligidan juda kamdir.

Yirik shoxli hayvonlarning oldingi va orqa oyoqlari orasidan qarshiligi 400...600 om bo'lib, hayvon yiqilayotgan holatida tanasini namligiga bog'liq ravishda 50...100 om gacha kamayadi. Hayvon organizmiga doimiy ravishda ta'sir etadigan eng kam kuchlanish ham uning mahsuldorligini kamayishiga olib kelishi isbotlangan. Qoramollarga ta'sir etuvchi kuchlanish miqdori 4...8 V bo'lganda uning sut berishi 20...40% ga kamayar ekan.



Foydalanilgan adabiyotlar

1. I.A. Karimov. "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka ahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari". Toshkent, 1997 y.



2. "Fuqaro muhofazasi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi qonuni. 2000 yil 26 may.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling