6- mavzu: Muloqot texnikasi va texnologiyasi


Download 40.83 Kb.
bet8/16
Sana05.01.2022
Hajmi40.83 Kb.
#230771
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
6-mavzu. Muloqot texnikasi

Yigʻilishlar oʻzaro muloqotning eng mashhur metodidir. U bevosita, yuzma-yuz muloqotni osonlashtiradi va tashkilotning turli darajalarida asosiy bo‘ladi. Yigʻilish a'zolari orasida ogʻzaki muloqot manbasi sifatida xizmat qiladi. Shunday bo‘lsada, ular xodimlarni birga jamlash uchun e'lon, yigʻilish kun tartibi, ko‘rilgan ishlarning bayonnomasini yozib borish va yuqori lavozimdagi shaxslarga ma'lumotlar hisobotini berish kabi yozma muloqot orqali osonlashtirib turiladi.

Yigʻilish bu muayyan muddatga berilgan vazifani bajarilish yo‘llari va vositalarini muhokama qilish uchun jamlangan shaxslar guruhidir. Guruh a'zolari umumiy tajriba, umumiy muammmo va umumiy qiziqishlarini bo‘lishadilar. V.X.Nyumanning fikriga ko‘ra, «ba’zi ma'muriy harakatlarni bajarish uchun maxsus tayinlagan odamlar guruhi qo‘mitasidir. U faqatgina guruh sifatida ish olib boradi va oʻz a'zolari o‘rtasida gʻoyalarning erkin almashinuvini talab etadi».

Xiks va Gullet atamaga quyidagicha ta'rif berishadi: «Qo‘mita reja bo‘yicha muayyan mavzuni muhokama qilish va qaror qilish uchun yigʻilgan odamlar guruhidir. Qo‘mita reja asosida yigʻilgani uchun, qo‘mitaning ta'rifiga beixtiyor yoki norasmiy tarzda kelib chiqqan guruhni qo‘shmaymiz». Yigʻilish katta guruhga taalluqli masalani muhokama qilish maqsadida rasman yigʻiladi.


Download 40.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling