6- mavzu: Muloqot texnikasi va texnologiyasi
Download 40.83 Kb.
|
6-mavzu. Muloqot texnikasi
Mas’uliyatli bo‘ling. Biroq doimo maqsadingiz yodingizda bo‘lsin. Siz bu yerda «gapiruvchi bosh» bo‘lish uchun emassiz, intervyu oluvchingiz savollariga javob bering; siz bu yerda asosiy xabaringizni yetkazish uchun kelgansiz.
Gapni chalg‘itadigan bo‘lmasligingiz kerak, siz doimo ma'lumotingizni berishingiz kerak. SEMINARLAR Seminar bu kichik guruhlar muhokamasi bo‘lib, unda tadqiqot va chuqur o‘rganishlar natijasi og‘zaki va yozma hisobotlar orqali taqdim etiladi. Seminarning asosiy maqsadi bilimlarni almashish va bir xilda bilimli insonlarning qarashlarini bilishdir. Umuman olganda, bir shaxs bosh ma'ruzani o‘qiydi va u bo‘yicha chuqur muhokama davom etadi. Boshqa a'zolar so‘zlovchi bilan notiq taqdimoti bo‘yicha qarashlarini ifodalashda o‘zaro suhbat olib boradilar. Seminar universitetda bo‘ladimi yoki tijorat yo professional tashkilot tomonidan taklif etiladimi asosiysi, o‘quv jarayonida o‘zaro ta'sir shaklidir. Uning funksiyasi vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga kichik guruhlarni yig‘ish, har gal muayyan mavzuga e'tibor qaratib, unda qatnashchuvchi har bir inson faol ishtirok etishi talab etiladi. Bu ko‘pincha seminar yetakchisi yoki instruktori bilan davomli dialog yoki tadqiqotning rasmiyroq taqdimoti orqali amalga oshiriladi. Barcha faoliyatlarning o‘z vaqtida bajarilishi uchun seminar kunidan seminarni tashkillashtirish bo‘yicha vaqt jadvalini tuzing. Odatda, ishtirokchilar muhokama qilinayotgan sohada boshlovchi bo‘lishlari kerak emas. Seminar tizimining g‘oyasi tanlangan predmetning metodologiyasi bilan talabalarni kengroq tanishtirish va tadqiqot davomida doimo kelib chiquvchi amaliy muammolar misollari bilan o‘zaro ta'sir ko‘rsatishlariga ham imkon berishdir. Bu berilgan ma'ruzalar muhokama qilinadigan, savollar ko‘tariladigan va debat(munozara)lar o‘tkaziladigan joydir. U o‘quv ko‘rsatmalar berishning ma'ruza tizimiga qaraganda, nisbatan norasmiy bo‘ladi. Download 40.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling