1-topshiriq. “Jamoaviy hikoya” metodi
Kichik guruhlarga tarqatma rasmlar asosida hikoya tuzish vazifasi beriladi. Guruh a’zolari rahbar, rassom, muharrir, matn tuzuvchini oʽzlari tanlaydilar. Bu metod ham muloqot odobi, bir maqsadda birgalikda ishlash, bir-birining fikrini eshitish va hurmat qilish xislatlarini tarbiyalaydi.
2-topshiriq. “Maqollar zanjiri” metodi
Maqoldagi nuqtalar o’rniga tushirib qoldirilgan soʽzlarni qoʻyib chiqing.
№
|
Maqollar
|
Javob
|
1.
|
Dilni dilga ... yaqinlashtiradi.
|
(3ta).
|
Yengil
|
2.
|
Intizomli lashkar ...mas.
|
(6ta).
|
Yiqilgan
|
3.
|
Sarishtali uy -... uy.
|
(9ta).
|
Farishtali
|
4.
|
... kurashga to’ymas.
|
(8ta).
|
Til
|
5.
|
... topsa, boʻlib yer,... topsa bosib yer. (5+5ta).
|
Aql, odob Saxibaxil
|
6.
|
Rejali ish - hamisha ....
|
(3ta).
|
Tosh
|
7.
|
Shoshganda ... topilmas.
|
(6ta).
|
Labbay
|
8.
|
... yaltiroqning ... qaltiroq.
|
(5+3ta).
|
Sirti, ichi
|
9.
|
Qoqilsang ...dan o’pkalama.
|
(3ta).
|
Besh Tosh
|
10.
|
... bilan ... egizak.
|
(3+4ta).
|
Saxiy, baxil
|
3-topshiriq. “Ahvolingiz yaxshimi?” kommunikativ psixologik trening.
Oʻtkazish tartibi: Oʻqituvchi doira shaklida o’tirgan har bir talabaga - “Ahvolingiz yaxshimi?” degan savol bilan murojaat qiladi. Ular bu savolga bir-birini takrorlamaydigan, original javoblar variantlarini aytishlari kerak. Talabaning javobi shunchaki oddiy boʻlsa, takroriansa, ma’nosi avvalgilariga juda yaqin boʻlsa, treningdan chiqadi. Oxirida bitta talaba qolguncha oʻyin davom etadi. Trening oxirida javoblar tahlil qilinadi, eng yaxshisi aniqlanadi.
4-topshiriq. Nutqning to‘g‘riligiga putur yetkazuvchi, leksik me’yordan tashqari bo‘lgan so‘zlarga 20 ta misol yozing.
Adabiyotlar ro‘yxati:
Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, -T.: «Fan», 1992, 254 b.
Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.
Rasulov R., Husanov N., Mo`ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |