Muloqot texnikasi - bu kishining Shaxsiy madaniyati, uning bilimlari, uquvi, har tomonlama nazariy tayyorgarligi, ta’lim va tarbiya berish usullarini oʽz nutqi orqali ifodalash demakdir. Muloqot texnikasini san’at va mahorat deb tushunish to‘gʻriroq boʻladi. Chunki nutqiy san’at – bu qandaydir qoʻl bilan tutib boʻlmaydigan, balki fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakatdir. Muloqot texnikasi tugʻma iste’dod yoki nasldan-naslga o‘tuvchi xususiyat emas. Balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Ushbu faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham muloqot mahorati hamma uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir kishining oʽz ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |